MODUL. QURILISH MATERIALLARI KORXONALARI IQTISODIYOTI VA UNING TASHKILIY AXAMIYATI.
1-MAVZU: Qurilish sanoati korxonalari iqtisodiyoti va tashkil etilishi
Reja:
1.1.Qurilish sanoati korxonalari iqtisodiyoti va tashkil etilishi
1.2.Qurilish sanoatini O‘zbekiston iqtisodiyotidagi o‘rni va roli
1.3.Qurilish buyumlari va konstruksiyalari sanoati tarmoq tarkibi
Atamalar ro`yxati Qurilish, kapital qurilish, sanoat korxonalari.
Qurilish buyum va konstruksiyalari, Kiyosiy iqtisodiy samaradorlik, infrostruktura.
.Qurilish sanoati korxonalari iqtisodiyoti va tashkil etilishi
Qurilish - turli maqsadlar uchun muljallangan bino, inshootlarni qurish va ta’mirlash ishlarini amalga oshiruvchi, moddiy ishlab chiqarishning tarmog‘i. qurilish mahsuloti deb, ko‘rib bitirilgan va foydalanish uchun tayyor xolga keltirilgan ishlab chiqarish korxonalariga, turar joy binolariga, ijtimoiy bino, inshootlarga aytiladi. O‘zbekiston Respublikasi qurilish kompleksining strukturasi, uning tarmoqlararo o‘zaro chambarchas bog‘lik bo‘lgan aloxida tizimlardan tashkil topishini ko‘rsatadi. qurilish kompleksiga quyidagi asosiy xususiyatlar xos:
kompleksining yagonaligini ta’minlash, qurilishda maxsuslashganlik
va hamkorlikni ta’minlash maqsadiga intilish;
o‘z moddiy texnik bazasiga ega bo‘lish;
o‘zaro aloqalarning ko‘p turliligi. Kapital qurilish moddiy ishlab chiqarish va aholi xizmatlarini hamma turlari bilan uzluksiz bog‘langan inson faoliyatining o‘ziga xos sohasi. sanoat korxonasi qachonki ishlab chiqarish xonalari, bino va inshootlari, transportni ta’minlash uchun yo‘llar va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari, quruvchilar uchun turar joylar, kasalxonalar, sanoat inshootlari va boshqalarni qurilganidan sung faoliyat ko‘rsatadi.
Zamonaviy qurilish faoliyati, qurilish tashkilotlari va ko‘p sonli sanoat korxonalari bilan chambarchas bog‘langan. Bunday bog‘lanishlar natijasi qurilish tashkilotlari faoliyatining muvaffaqiyatlarini ular bilan bog‘lik bo‘lgan xom ashyo, material, konstruksiya, uskunalar bilan uz vaqtida ta’minlash hisoblanadi. katta ahamiyatga ega bo‘lgan ishonchli ishni ta’minlovchi kooperatsiyalanish rivojlangan tizimini tashkil etadi.
1.2.Qurilish sanoatini O‘zbekiston iqtisodiyotidagi o‘rni va roli
Qurilish kompleksining yuqori rivojlangan moddiy texnik bazasi uch bo‘limdan tashkil topadi: qurilish montaj, sanoat-ishlab chiqarish va infrastruktura bo‘limlar.
Qurilish-montaj bo‘limiga kerakli mehnat vositalari va qurollariga ega bo‘lgan umumqurilish va maxsuslashgan qurilish montaj tashkilotlari kiradi. bu bo‘lim tayyor qurilish mahsulot chikishini ta’minlaydi va bu bilan qurilish ishlab chiqarish siklini yakunlaydi.
Sanoat - ishlab chiqarish bo‘limi butun qurilish tarmog‘ini va xususan moddiy-texnik bazasining jadval rivojlanishining asosini tashkil etadi. bu bo‘lim qurilish ishlab chiqarishga kerakli moddiy resurslar qurilish buyumlari, materiallari va konstruksiyalari bilan ta’minlaydi.
Infrastruktura bo‘lim yuqoridagi ikki bo‘limining normal faoliyatini ta’minlaydi.
Bu bo‘limga quyidagi ikki tur faoliyati harakterlidir:
injener va transport tarmoqlarini ekspluatatsiya kilish; qurilish ishlab chiqarish - texnologik ta’minoti; mashina va mexanizmlarning ta’miri va kullanilishi;
ijtimoiy - iktisodiy rivojlanish ya’ni, kerakli maishiy - ijtimoiy sharoitlarni yaratish, ishchilarni kasbiy tayyorgarligi, injener texnik xodimlarining malakasini oshirish kabi ishlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |