1-Laboratoriya ishi. Ishlab chiqarish xonalari va ish joylaridagi mikroiqlim kо‘rsatkichlarini aniqlash Ishning maqsadi



Download 0,61 Mb.
bet1/10
Sana26.02.2022
Hajmi0,61 Mb.
#471364
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1- Laboratoriya


1-Laboratoriya ishi. Ishlab chiqarish xonalari va ish joylaridagi mikroiqlim kо‘rsatkichlarini aniqlash
Ishning maqsadi: Talabalarni ishlab chiqarish xonalari va ish о‘rinlaridagi mikroiqlim kо‘rsatkichlarini aniqlash uslublari va ularni aniqlash asboblarining tuzilishi, ishlash mohiyati bilan tanishtirish.
Ishning vazifasi:
1. Mikroiqlim kо‘rsatkichlari va ularning inson organizmiga ta’siri bilan tanishish.
2. Mikroiqlim kо‘rsatkichlarini aniqlash asbob-uskunalarining tuzilishi, ishlash mohiyati va ular bilan о‘lchashlar о‘tkazish uslublarini о‘rganish.
3. Ish xonasidagi mikroiqlim kо‘rsatkichlarini о‘lchash, olingan natijalarni gigiyenik meyorlar bilan solishtirib xulosa qilishni va takliflar berishni о‘rganish.
Kerakli asbob-uskunalar:
1. Barometrlar va barograflar.
2. Termometrlar va termograflar.
3. Aktinometrlar.
4. Anemometrlar va elektroanemometrlar.
5. Katatermometrlar.
6. Gigrograflar, gigrometrlar.
7. Assman va Avgust psixrometrlari.
8. Sekundomer va pipetka.
9. Hisoblash mashinalari.
10. Covuq suv va harorati 70 °S bо‘lgan issiq suv.
Laboratoriya ishini bajarishda amal qilinishi lozim bо‘lgan texnika xavfsizligi talablari.
1.Elektr toki bilan ishlaydigan asboblarni ishlatganda elektr toki xavfsizligi talablarini bajarish lozim.
2. Har qanday, ayniqsa shishadan yasalgan, о‘lchash asboblari bilan juda ehtiyotkorlik bilan muomala qilish talab etiladi.
3. Simobli asbobning buzilishi oqibatida simobning atrofga tarqalishi tо‘g‘risida darhol о‘qituvchiga xabar berish lozim.
4. Talabalarning simobni yig‘ish va yо‘qotish ishlarini bajarishi ta’qiqlanadi.
1. Asosiy ma’lumotlar.
Inson faoliyat jarayonining har qanday turida, shu jumladan ishlab chiqarishda mehnat qilayotganda ham, о‘zini о‘rab turgan muhit ta’siri ostida bо‘ladi. U shu muhit bilan har doim о‘zaro energiya, issiqliq ma’lumot va h.q almashinuvi vositasida aloqada bо‘ladi. Muhitning kо‘rsatkichlari, ayniqsa, meteoroligik kо‘rsatkichlari majmui, inson organizmining funksional holatiga, ish unumdorligiga va sharoitiga, hamda mehnat xavfsizligiga katta ta’sir kо‘rsatadi. Meteorologik kо‘rsatkichlar atmosfera bosimi, havo temperaturasi, havoning harakat tezligi, havoning namligi va qizdirilgan jismlardan tarqalayotgan issiqlik nurlanishi bilan xarakterlanadi. Agarda meteorologik kо‘rsatkichlarni biror-bir chegaralangan fazoga, joyga va h.q nisbatan о‘rganilsa, ular mikroiqlim kо‘rsatkichlari deb ataladi.
Ishlab chiqarish xonalari va ish о‘rinlaridagi mikroiqlim kо‘rsatkichlari majmui turli omillarga (yil fasli, sutkaning vaqti, bino turi, ishlab chiqarish turi, texnologik jarayon turi va h.q) bog‘liq bо‘lganligi sababli ular doimo о‘zgarib turishi mumkin. Bu holat insonning tana temperaturasini rostlab turish (termoregulyatsiya) jarayonida yuklanish hosil qilib, uni izdan chiqarishi va oxir oqibat organizmda salbiy о‘zarishlar keltirib chiqarishi mumkin.
Inson organizmi temperaturasi har doim 36,6±0,5 oS bо‘lishi kerak Bu daraja inson organizmining termoregulyatsiya mexanizmi bilan boshqarilib turiladi. Termoregulyatsiyaning ikki xil turi mavjud: a)kimyoviy; b) fiziq
Kimyoviy termoregulyatsiya inson organizmida kechayotgan biokimyoviy jarayonlarni jadallashtirish (bunda issiqlik hosil bо‘lishi kо‘payadi) yoki susaytirish (bunda issiqlik hosil bо‘lishi kamayadi) hisobiga bо‘ladi. Fizik termoregulyatsiya esa tanadan atrof-muhitga issiqlik uzatilishini boshqarish bilan olib boriladi. Atrofga issiqlik uzatishning quyidagi turlari mavjud:
a) issiqliq nurlanishi; b) konveksiya; v) terlash; g) konduksiya.
Qanaqa usulda qancha miqdorda issiqlik uzatilishi havo temperaturasiga bog‘liq. Agarda havo temperaturasi 18...20 °S bо‘lsa 44 % issiq­lik nurlanish bilan, 33 % issiqlik konveksiya bilan, 23 % issiqlik esa terlash bilan uzatiladi. Agarda havo temperaturasi 30 °S atrofida bо‘lsa 50 % issiqlik terlash bilan, kolgan 50 % nurlanish va konveksiya bilan uzatiladi. Agarda havo temperaturasi 30 °S dan yuqori bо‘lsa tanadagi ortiqcha issiqlikning hammasi faqat terlash bilan uzatiladi. 1 gramm terning bug’lanishi 2,5 kilojoul issiqlik yutilishi bilan kechadi.
Inson shunday sharoitda о‘zini komfort sharoitda deb his qiladiki, qachonki uning tanasida hosil bо‘lgan ortiqcha issiqlik miqdori atrofga uzatilayotgan issiqlik miqdoriga teng bо‘lsa
Ishlab chiqarish xonalari va ish о‘rinlaridagi mikroiqlim kо‘rsatkichlari yilning davriga, ish og‘irligiga (1-ilova), ish о‘rni turiga bog‘liq ravishda GOST 12.1.005-88 tomonidan eng maqbo’l va yо‘l qо‘yiladigan mikdorlar bо‘yicha meyorlangan (2 -ilova).
Ishlab chiqarish xonalaridagi mikroiqlim kо‘rsatkichlari davriy ravishda о‘lchashlar о‘tkazib tekshirib turilishi va zarur hollarda kо‘rsatkichlarni talab darajasiga olib kelish uchun chora-tadbirlar ishlab chiqilishi lozim.
Mikroiqlim kо‘rsatkichlarini о‘lchash maxsus asbob-uskunalar bilan olib boriladi.

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish