Foydalanilgan adabiyotlar
Neville, Adam M. Properties of concrete / A.M. Neville. -- 5th ed. p. cm. ISBN 978-0-273-75580-7 (pbk.)
Akramov X.A., Nuritdinov X.N. Beton va temir-beton buyumlari ishlab chiqarish texnologiyasi. Darslik. T., 2011.
Akramov X.A., Nuritdinov X.N. Beton texnologiyasi. O‘quv qo‘llanma. I va II qism. TAQI T., 2012.
Akramov X.A., Nuritdinov X.N. Beton texnologiyasi. O`quv qo`llanma. I va II qism. TAQI T., 2012.
Akramov X.A., Nuritdinov X.N. Beton va temir-beton buyumlari ishlab chiqarish texnologiyasi. O‘quv qo‘llanma. I va II qism. T., 2012.
10-modul: Beton chidamliligiga suv gaz, kislota ta’siri
Reja:
Karbonat angidritli korroziya
II tur korroziya jarayoni rivojlanishi
Karbonat angidritli korroziya sharoitida bo‘ladigan korroziya jarayoniga xulosa yasab aytib o‘tish kerakki, agressiv N2SO3 qancha ko‘p bo‘lsa aralashmaning kislotalik xususiyatlari ortib korroziya tezlashadi.
Betonga noorganik kislotalarning ta’siri ham II tur korroziyaga sabab bo‘ladi va beton sement toshini to‘la emirib I tur korroziyaga o‘tishi mumkin.
Ca (OH)2+2HCl (H2SO4, 2HNO3vaboshqalar)
SaCl2 [CaSO4, Ca(NO3)2vaboshqalar]+2H2O;
nCaO ּ mSiO2 + HCl + aq = nCaCl2 + mSi (OH)4 + aq va hokazo.
Kislotaning turiga qarab reaksiya vaqtida turli tuzlar hosil bo‘ladi. Sement toshining emirilishi kalsiy tuzlarining eruvchanligiga bog‘liq bo‘ladi. Reaksiya moddalarining eruvchanligi yuqori bo‘lganda sement toshining emirilishi tezroq bo‘ladi. bu holatdagi korroziya tezligi agressiv muhitning reaksiyaga kirishuv darajasi, uning beton yuzasida almashinishi va muhit bilan sement toshi bir-biriga ta’sir qiluvchi yuza bilan chegaralanadi. Agar reaksiya moddalari kam eruvchan bo‘lsa ular reaksiya joyida, ya’ni beton yuzasida qolib agressiv muhitni beton ichkarisiga kiritmay korroziya tezligini sekinlashtiradi.
II tur korroziya jarayoni rivojlanishiga sement toshi yuzasida aralashma almashinish tezligi katta ta’sir qiladi. Almashinish tezligi va kislota konsentratsiyasi kam bo‘lganda (rN>4) kislotaning kalsiy gidroksidi bilan ta’siri to‘la davom etadi
2HCl+Ca(OH)2=CaCl2+2H2O.
SHundan so‘ng rastvor neytrallashib Sa(ON)2 eriydi, SaSO3 hosil bo‘ladi va shundan so‘ng II tur korroziya jarayoni I tur korroziya jarayoni bilan almashadi. Katta tezlik sharoitida agressiv aralashma bilan sement toshining tutashish maydoni hamda agressiv muhitning oqish tezligi korroziya tezligini chegaralovchi omil bo‘ladi. Sementni kam konsentratsiyali kislotalarga chidamliligi bo‘yicha quyidagi tartibda joylashtirish mumkin: giltuproqli, putssolanli, portlandsement va bu tartib I tur korroziya bilan bir hildir. Buning sababi II tur korroziya I tur korroziya bilan birga bo‘ladi va bu jarayonda I tur korroziya asosiy rol o‘ynaydi. Kislotalar konsentratsiyasi oshganda sementlar chidamliligi orasidagi farq deyarli bilinmaydi. Bundan sharoitda kislotaga chidamli maxsus sement chidamli hisoblanadi.
Himoya vositalari sifatida bunday holatda maxsus bog‘lovchilarni ishlatish va yuza qismni bo‘yoq, qoplama va boshqa materiallar bilan izolyasiya qilish vositasidan foydalaniladi.
III tur korroziya beton kapillyarlari va g‘ovaklarida kam eriydigan tuzlar hosil qilib ular o‘z navbatida beton strukturasini buzuvchi bosimni keltirib chiqaradi. Betonga sulfatlar ta’sir qilgandagi shunday mahsulotlardan gips va kalsiy gidrosulfoalyuminatni aytib o‘tish mumkin va ular ikki hil ko‘rinishda uchraydi:
va
.
III tur karroziyasining boshlanishida kristallsimon tuzlar hosil bo‘lganligi bois beton zichlashib boradi. Zich betonda tuzlarning ko‘payishi sekin boradi va korroziya bo‘layotganligini ba’zan bir necha yildan so‘nggina bilish mumkin. G‘ovakli betonda jarayon tezroq borib bir necha hafta yoki oydan so‘ng to‘la ko‘rinishga o‘tadi.
Mikro va makro g‘ovaklar, ochiq g‘ovaklarning mavjudligi III tur korroziyasining rivojlanishiga katta ta’sir qiladi. Biroq sement toshining agressiv muhitga ta’siridagi maydon o‘lchami va uning kimyoviy tarkibi ham muhim rol o‘ynaydi. Sulfat tarkibli suv hamma joyda uchraydi. CHuchuk suvli ko‘l va daryolarda tahminan 60 mg/l miqdorida bo‘lishi mumkin. 100 mg/l bo‘lgan suv juda kam uchraydi va mavjudlari ham ma’danli suvlar hisoblanadi. Tarkibida tuz miqdori 33-35 g/l bo‘lgan dengiz suvida 2500-2700 mg/l bo‘ladi.Tabiatdagi suvda miqdori Sa, Na, Mg larni erishi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Suvda sulfatlarning bo‘lishi sement toshi tashkil etuvchilarini eruvchanligini oshirib I tur korroziyani tezlashtiradi va almashinish reaksiyasiga olib kelib II tur korroziyaga sabab bo‘ladi. Ma’lum sharoitlarda III tur korroziya rivojlanadi.
Tarkibida sulfat darajasi CaSO42100 mg/l bo‘lgan suvga tekkan beton unga to‘yinib CaSO4 2H2O hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |