2. Qurilish texnologiyalarining strukturasi, tarkibi va o‘ziga xos xususiyatlari. - Qurilish texnologiyasi atamasi ostida ijrochilar (mehnat resurslari) vositasida boshlang‘ich tabiiy va sun’iy material (material elementlar)larga ishlov berish, ularning tavsiflarini, holatini va fazodagi vaziyatini (konstruktsiya) o‘zgartirib loyihaviy qurilish maxsulotini yaratish maqsadida yo‘naltirilgan harakatlar (qurilish jarayoni), usullar va vositalar (texnik vositalar)ning yig‘indisini tushunish lozim.
- Qurilish maxsuloti – bu: a) qurilish tugallangan va foydalanishga belgilangan vaqt oralig‘ida topshirilgan bino va inshootlar; b) loyihaviy arxitektura – rejaviy, konstruktiv, tashkiliy – texnologik yechimlar bilan aniqlanuvchi bino va inshootlarning ayrim qismlari (navbatlari, oraliqlari, sektsiyalari); v) ma’lum vaqt oralig‘ida bajarilgan ishlar hajmlari (m2, m3, dona).
3. Qurilish ishtirokchilari. Qurilish jarayonlari va ishlari. Xususiy investitsiyalarni jalb qilish aniq bir qurilish maxsulotini yaratishdan manfaatdor bo‘lgan investorlar orqali amalga oshiriladi. Davlat yoki xususiy investor buyurtmachi hisoblanadi, ya’ni qurilish maxsulotini yaratishga buyurtma beruvchi fuqarolik munosabatlarining sub’ekti hisoblanadi. Qurilish maxsulotini yaratishda buyurtmachining manfaatlari – loyihani g‘oyadan boshlab qurilgan ob’ektni foydalanishga topshirgunga qadar rivojlanishni buyurtmachi–quruvchi loyihaning barcha ishtirokchilarini ishlarini muvofiqlashtirishni amalga oshiruvchi ixtisoslashgan tashkilot ifoda etadi, bunga qurilishga dastlabki - ruxsat etuvchi hujjatlarni davlat organlari bilan kelishish, qurilish ustidan texnik nazorat o‘rnatish, qurilgan ob’ektni foydalanishga topshirish kiradi. Buyurtmachi – quruvchi oldida turuvchi asosiy vazifalardan biri ob’ekt qurilishini investitsiyaga qadar tayyorlash hisoblanadi 3. Qurilish ishtirokchilari. Investitsiyaga qadar tayyorgarlik deganda loyihani texnik, tashkiliy, iqtisodiy va huquqiy, hamda asoslanishini shakllaydigan tadbirlar majmui tushuniladi. - Bevosita loyihalash jarayoni uchun buryurtmachi tanlab oladigan asosiy ishtirokchilar bosh loyihachi va bosh pudratchi hisoblanadi. Bu tashkilotlarning vakolatini loyihaviy va qurilish – montaj ishlarining ayrim turlarini bajarishga davlat litsenziyasiga ega bo‘lganligi, shuningdek shunga o‘xshash ob’ektlarni qurish tajribasiga ega bo‘lish tasdiqlaydi.
- Odatda pudratchi tashkilotlar qurilish va maxsus ishlarning barcha turlarini bajarishga qodir bo‘lmaydilar va bunda ular ixtisoslashgan tashkilotlar – sanitariya – texnika, elektromontaj va boshqa ishlarni bajaruvchi subpudratchi tashkilotlar bilan shartnomalar tuzishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |