Toshkent 2021
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT ARXITEKTURA –QURILISH INSTITUTI
Xayrullayev R. S.
1-mavzu: Qurilish Jarayonlari texnologiyasi bo’yicha asosiy tushunchalar va qoidalari - 1. Hozirgi zamon qurilish ishlab chiqarishining asosiy prinsiplari.
- 2. Qurilish texnologiyalarining strukturasi, tarkibi va o‘ziga xos xususiyatlari.
- 3.Qurilish ishtirokchilari. Qurilish jarayonlari va ishlari.
- 4.Qurilish texnologiyalarining moddiy elementlari, mehnat resurslari va texnik vositalari.
- 5. Qurilish-montaj ishlari sifatini nazorati. Qurilishda mehnatni muhofaza qilish.
R e j a :
1 . Hozirgi zamon qurilish ishlab chiqarishining asosiy printsiplari - Tizimlilik ob’ekt qurilishining ishlab chiqarish jarayonini murakkab ierarxik tuzilishga ega, bir-biri bilan va tashqi muhit bilan konstruktiv, texnologik, tashkiliy va iqtisodiy aloqalar bilan bog‘liq katta miqdordagi elementlardan iborat murakkab ierarxik tuzilmaga ega yagona qurilish tizimi sifatida ko‘rib chiqishni anglatadi.
- Havfsizlik ob’ektni qurishda va foydalanishda qabul qilinadigan hajmiy – rejaviy, konstruktiv, tashkiliy – texnologik yechim(qaror)larning atrof tabiiy va ijtimoiy sharoitlariga muvofiqligini ta’minlovchi va ob’ektning mustahkamligini kafolatlovchi, shu jumladan favqulodda va ekstremal holatlar yuzaga kelganda ta’minlovchi printsipdan iborat.
- Moslashuvchanlik ob’ektni barpo etish ishlab chiqarish jarayonining maydonchadagi ishlarni amalga oshirishda tez-tez o‘zgaruvchan sharoitlariga moslashishi, keng diapazonda tashkiliy, texnologik va resursli parametrlarning o‘zgarishiga javob bermoq va bunda loyihaviy ko‘rsatkichlarni saqlagan holda pirovard natijaga erishish qobiliyatini anglatadi.
1 . Hozirgi zamon qurilish ishlab chiqarishining asosiy printsiplari - Resurs tejamkorlik qurilish ob’ektini barpo etishning barcha bosqichlarida moddiy, energetik, mehnat, moliyaviy resurslarni maqbullashtirishga va sarflanishini tejashga yo‘naltirilgan printsipni ifoda etadi.
- Sifat qurilish jarayonlari barcha parametrlarining loyihaviy qiymatlarga mos kelishi, shuningdek ob’ektni qurish va foydalanishning barcha bosqichlarida uzluksiz nazorat qilish tizimi asosida amaldagi norma(me’yor)lar, standartlar, tartiblarga muvofiq kelishini anglatadi
- Samaradorlik ob’ekt qurilishining loyihalangan parametrlarini qurilish maxsulotini yaratishdagi resurslarning qiymati, muddatlari, sifati, sarfini belgilab beruvchi pirovard yoki oraliq ko‘rsatkichlarga mosligini miqdoriy baholashdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |