Aholisi- asosan, qoraqalpoq va oʻzbeklar, shuningdek, qozoq, turk-man, rus, tatar, koreyslar va boshqa yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km²ga 9,4 kishi. Shahar aholisi 48,5%, qishloq aholisi 51,5%. Davlat tillari – qoraqalpoq va oʻzbek tillari. Etnik tarkibi – 32,1 % Qoraqalpoqlar, 32,8 % Oʻzbeklar, 32,6 % Qozoqlar, 4,2 % boshqa millatlar. Dindorlari – musulmon sunniylar. Yirik shaharlari: Nukus (siyosiy ahamiyati boʻyicha Toshkentdan keyin 2-oʻrinda), Toʻrtkoʻl, Taxiatosh, Xoʻjayli, Qoʻngʻirot, Chimboy.[1]
Tabiati-Qoraqalpogʻiston Qizilqum choʻlining shimoli-gʻarbiy, Ustyurt platosining janubi-sharqiy qismi va Amudaryo deltasida joylashgan. Orol dengizining janubiy qismi Qoraqalpogʻiston hududida. Qizilqumning shimoli-gʻarbiy qismi Orol dengizi tomon pasayib boruvchi keng yassi tekislik boʻlib, qator tepa va qumli bar-xanlar (balandligi 75 m dan 100 m gacha) uchraydi. Alohida togʻ massivlari (eng, yirigi – Sulton Uvays togʻi, choʻqqilari 473 m va 485 m) bor. Sugʻoriladigan yerlar va sugʻorish kanallari, asosan, deltaning oʻng sohilida. Gʻarbida bir nechta botiqli (Borsakelmas, Asakaovdon botiqlarining balandligi 29–101 m) Ustyurt platosi joylashgan. Plato Orol dengizi va Amudaryo deltasiga tik yon bagʻirli jarlik – chinklar hosil qilib tushgan. Ustyurtdan janubi-sharqda Sariqamish soyligining shimoliy chekkasi joylashgan.
Foydali qazilmalardan osh tuzi va glauber tuzi, mineral xom ashyo hamda qurilish materiallari va boshqalar bor. Iqlimi keskin kontinental, yozi quruq va qishi nisbatan sovuq, qor kam yogʻadi. Yanvar oyining oʻrtacha temperaturasi janubda –4,9°, shimolida – 7,6°, iyulda janubida 28,2°, shimolida 26°. Yillik yogʻin 110 mm, asosan, qish va bahor oylarida yogʻadi. Vegetatsiya davri 194–214 kun. Eng yirik daryosi–Amudaryo (quyi oqimi). Amudaryo havzasi qadimdan sugʻoriladigan hudud sifatida maʼlum. Daryo suvidan sugʻorishda foydalaniladi. Nukus shahrida joylashgan suv xoʻjaligi boshqarmasi Taxiatosh gid-rouzeli, Qipchoq gidropostidan Orol dengizigacha boʻlgan (283 km) hududdagi daryoning barcha suv chiqarish inshootlarini nazorat qiladi. Oʻrta va yuqori oqimlarda daryo suvi sugʻorishga koʻp sarflanishi natijasida hozirgi Amudaryo Orol dengiziga bevosita quyilmaydi.
Qoraqalpogʻistonning eng yirik koʻli – Orol dengizi, shuningdek, Xoʻjakoʻl – Qora-jar koʻllar sistemasi bilan bogʻlangan Sudochye koʻl sistemasi hamda Orol dengizining qurib qolgan qismida tashkil etilgan sunʼiy suv havzalari ham mavjud. Soʻnggi 40 yil ichida Amudaryo va Sirdaryo havzalarida sugʻoriladigan yerlarning kengayishi natijasida Orol dengizi suv sathi 2005-yil boshida 23 m pasaydi. Qoraqalpogʻistonning barcha suv havzalaridan baliq ovlanadi, ularda baliq xoʻjaliklari tashkil etilgan.[1]
Respublikada 3 maxsus qoʻriqlanadigan tabiiy hudud: "Badaytoʻqay" davlat qoʻriqxonasi, "Saygʻoq" va "Sudochye" buyurtma qoʻriqxonalari tashkil etilgan. Qoʻriqlanadigan hududlarning umumiy maydoni 1056,5 ming ga.[1]
Hududiy boʻlinishi[
Do'stlaringiz bilan baham: |