Qurilish fakulteti


mavzu Mustaqillik yillarida Qoraqalpogiston Respublikasi



Download 3,63 Mb.
bet84/237
Sana16.01.2022
Hajmi3,63 Mb.
#373697
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   237
Bog'liq
УМК11

10.mavzu
Mustaqillik yillarida Qoraqalpogiston Respublikasi.

Reja:

1.Qoraqalpoqlar tarixi.

2.Qoraqalpog’iston Respublikasining davlat boshqaruv shakli.

3.Mustaqillik yillarida Qoraqalpogiston Respublikasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar.
1-Reja.

Qoraqalpoqlar tarixi.

Qoraqalpogʻiston hududida odam soʻnggi paleolit davridan yashay boshlagan. Miloddan avvalgi 5-ming yillik – 2-ming yillik boshlarida aholi, asosan, Amudaryo deltasi va Orol, Kaspiy dengizlari yon atroflaridagi choʻllarda joylashgan. Miloddan avvalgi 2-ming yillik oxirida bu hududda sugʻoriladigan dehqonchilik paydo boʻlgan. Miloddan avvalgi –6-asrlarda Qoraqalpogʻiston hududida qadimgi davlatchilik markazlari yuzaga kelgan. Miloddan avvalgi 4-asrda Axamoniylar saltanati tarkibidan ajralib chiqqach, yagona qadimgi Xorazm davlati tashkil topdi. Qoʻyqirilgan qalʼa, Oyboʻgʻir va Burliqalʼa shaharlari xarobalarini qazish vaqtida qadimgi yozma yodgorliklar (miloddan avvalgi 4-asrga oid), Qoʻyqirilganqalʼa va Oqshoxon qalʼada qadimgi tasviriy sanʼat va haykaltaroshlik yodgorliklari topildi. Xorazmshoxlarning Tuproqqalʼa (milodiy 3– 4-asr boshlari) saroyi soʻnggi antik davrning eng ulkan yodgorliklaridan biri hisoblanadi. 8-asrda arablar olib kelgan islom dini zardushtiylik aqidalarini surib chiqardi. 12–13-asrlarda buyuk Xorazmshohlar davlati Gʻarbiy Osiyo va O’rta Sharqda eng yirik va kuchli davlat edi. 13-asrda moʻgʻullar istilosidan soʻng bu davlat parchalanib ketdi. 14-asrda Xorazm Oltin Oʻrdaning eng boy va madaniy viloyatiga aylandi. Qoraqalpogʻiston hududidan Osiyodagi qoʻshni mamlakatlar, Dashti Qipchoq va Volga boʻyiga muhim savdo yoʻllari oʻtgan va xalqaro savdoda muhim ahamiyatga ega boʻlgan. Qoraqalpoqlar etnogenezining qadimiy bosqichlari bizning eramizdan avvalgi VII-IV asrlarda Orol-Kaspiy sahrosi va Amudaryo deltasining hududlarida yashab oʻtgan sak va massagetlar qabilalari bilan bogʻliq. VI-VIII asrlarda bu yerdagi aholi bilan turkiy qabilalar qisman qorishadilar. VIII-X asrlarda bijanaklar va ogʻuzlar orasida qoraqalpoqlarning shakllanishi boshlangan. Bijanaklar bir qismi Irtishdan kelgan qipchoqlar bilan qorishib, asta-sekin ularning tilini qabul qila boshlagan. Qoʻlyozma manbalarda (rus yilnomalarida) “Chyornie klobuki”, “Qavmi kulaxi-siyax” (Rashid ad Din) toʻgʻrisida maʼlumotlar berilgan. Qoraqalpoqlar Sirdaryoning oʻrta va quyi oqimlarida, Amudaryoning quyi qismida yashaganlar hamda Orol oʻzbeklari bilan birgalikda davlat barpo etadilar (Orol-hukmronligi), uning poytaxti dastlab Qoʻngʻirot, keyinchalik Shoxtemir (hozirgi Chimboy tumani) boʻlgan. Qoraqalpoqlar yarim koʻchmanchi, chorvachilik va irrigatsion dehqonchilik hamda baliqchilik bilan shugʻullanadi. 1811-yildan b oshlab Qoraqalpoqlar Xiva xonligiga qaram boʻlganlar. 1873-yilda chor qoʻshinlarining Xivaga yurishi va Gandimyon shartnomasi tuzilgandan soʻng Amudaryoning oʻng sohilida joylashgan Qoraqalpoqlarning hududi Rossiyaga qoʻshildi. Bu yerda Turkiston General–gubernatorligi Sirdaryo viloyatining Amudaryo boʻlimi paydo boʻladi. Amudaryo boʻlimi 2 ta uchastkaga boʻlinadi: Petro-Aleksandrovsk qalʼasi markazi boʻlgan Shoʻraxon uezdi (hozirgi Toʻrtkoʻl shahri) va markazi Chimboy boʻlgan Chimboy uezdi. 1924-yilda millatlarni eʼtiborga olgan holda hududga boʻlish jarayonidan keyin Qoraqalpoq avtonomiyasi tashkil topib, Qozoq avtonom respublikasi tarkibiga kiritiladi.

Qoraqalpoqlarning aksariyat qismi XVII–XVIII-asrning oʻrtalarida Sirdaryoning oʻrta va quyi oqimlarida yashagan. 18-asrning oʻrgalarida siyosiy voqealar, yaʼni qozoq xoni Abulxayrxon qoraqalpoq yerlariga hujum qilishi oqibatida ular Sirdaryo deltasidagi gʻarbiy tarmogʻi–Janadaryo boʻylariga koʻchib oʻtdilar va Amudaryoning quyi oqimida yashovchi qoraqalpoqlar orol oʻzbeklari bilan birlashib, markazi dastlab Qoʻngʻirot, soʻngra Shohtemir (hozirgi Chimboy) boʻlgan davlat (Orol mulkini) tuzdilar. Qoraqalpoqlar asosan, chorvachilik, dehqonchilik va baliq ovlash bilan shugʻullanganlar.1811 yilda qoraqalpoqlar Xiva xonligiga tobe boʻldi. 1873 yilda rus podsho qoʻshinlarining Xivaga qilgan yurishidan soʻng va Gandimiyon shartnomasi tuzilgach, Amudaryoning oʻng sohilidagi qoraqalpoqlar yashaydigan hudud Rossiyaga qoʻshib olingan va bu yerda Turkiston general-gubernatorligining Sirdaryo viloyati Amudaryo boʻlimi tashkil etilgan. Amudaryo boʻlimi 2 uyezd: markazi Toʻrtkoʻl qalʼasi boʻlgan Shoʻraxon va markazi Chimboy boʻlgan Chimboy uyezdiga ajratildi. Shunday qilib, qoraqalpoqlar yashaydigan hudud 2 ga ajratib tashlandi. Chap sohil qismi Xiva xonligi tarkibida qoldi. Bu esa qoraqalpoqlarning siyosiy va milliy birlashuviga gʻov boʻldi. Mustamlakachilik zulmi 20-asr boshlarida zoʻrayib ketdi. 1916 yilda Chimboy, Toʻrtkoʻl va boshqa joylarda podsho Rossiyasi siyosatiga qarshi qoʻzgʻolonlar boʻldi. 1917 yilda podsho hukumati agʻdarilgach, oʻng sohil qismi Turkiston ASSR tarkibiga kirdi, 1918 yilda bu yerda shoʻrolar hokimiyati oʻrnatildi. 1919 yilda Chimboy volostida xalq qoʻzgʻolonlari boshlandi. 1920 yilda Amudaryo boʻlimi Turkiston ASSRning Amudaryo viloyatiga aylantirildi. 1920 yil aprelda Xiva xonligi hududida Xorazm Xalq Sovet respublikasi tuzildi va uning tarkibiga qoraqalpoqlar yashaydigan joylar ham kiritildi. 1924 yil aprelda Qozogʻiston Qoraqalpogʻiston muxtor viloyati tuzildi. O’sha yilda chap va oʻng sohil birlashib, yagona Qoraqalpoq muxtor viloyati maqomida qozogʻiston muxtor respublikasi tarkibiga kirdi. 1924 yil oktabrda Oʻrta Osiyo sovet respublikalarida milliy-davlat chegaralanishi davomida Turkiston ASSR tarkibidagi Qoraqalpogʻiston muxtor viloyati tuzildi.

1929 yilda Taxtakoʻpirda koʻplab mahalliy aholi kolxozlashtirish siyosatiga qarshi chiqdi. Bu voqea Qoraqalpogʻistonni Rossiya Federatsiyasiga bevosita qoʻshib olish uchun asosiy sabab boʻldi. 1932 yil martda Qoraqalpogʻiston muxtor viloyati muxtor respublikasiga aylantirildi. 1936 yildan Oʻzbekiston tarkibida Qoraqalpogʻiston bir qancha repressiyalarni boshdan kechirdi: 1917 – 1922, 1928-1930, 1932-1933, 1934-1936, 1936-1938, ikkinchi jahon urushi va urushdan keyingi yillarda. Oʻsha davrlarda anʼanaviy jamoat, xoʻjalik va madaniy munosabatlar yoʻq qilindi, bir necha oʻn ming kishi qatagʻonga uchradi.1950–1980 yillarda Qoraqalpogʻistonda totalitar boshqaruv tizimi hukmron boʻldi. Paxta yak-kahokimligi, qishloq xoʻjaligidagi maʼmuriy buyruqbozlik siyosati atrof muhitning buzilishi va Orol dengizining qurishiga olib keddi. Orol fojiasi regionda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni keltirib chiqardi, aholi sogʻligʻining yomonlashuviga olib keldi. 1990 yil 14 dekabrda Qoraqalpogʻiston Respublikasi suvereniteti eʼlon qilindi. 1991 yil 31 avgustda bu holat "Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida"gi Qonunda oʻz aksini topdi. 1993 yil 4 dekabrda davlat madhiyasi tasdiqlandi. Milliy mustaqillik davrida respublika suverenitetining meʼyoriy-huquqiy asoslari mustahkamlandi, yangi maʼmuriy hokimiyat tuzilmalari faoliyati oʻrnatildi. Respublikada 17 shahar va tuman hokimiyati, fuqarolarning mahalliy oʻz-oʻzini boshqarish organlari tashkil etildi, 200 dan ortiq jamoat tashkilotlari ishlab turibdi.Asosiy siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari va boshqa jamoat tashkilotlari Qoraqalpogʻistonda Oʻzbekiston Xalq Demokratik partiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi tashkiloti (1995.25.12), "Adolat" Sotsial Demokratik partiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi tashkiloti (1996.27.02), "Fidokorlar" Milliy Demokratik partiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi tashkiloti (1999.22.01), Oʻzbekiston tadbirkorlar harakatining Liberal Demokratik partiyasi Qoraqalposhston Respublikasi tashkiloti (2004.23.01) hamda "Yoshlar ittifoqi" harakatining Qoraqalpogʻiston Respublikasi tashkiloti faoliyat koʻrsatadi. Dastlabki kasaba uyushmalari tashkilotlari 20-asrning 20-yillarida tashkil etilgan. 1991 yilning avgust oyida Qoraqalpogʻiston viloyat kasaba uyushmalari kengashi tashkil topgan. 2005 yilning mart oyida kasaba uyushmalari kengashi Qoraqalpogʻiston Respublikasi kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi deb qayta nomlandi. Uning tarkibiga ishchi-xizmatchilarning 11 dan ortiq kasaba uyushmasi kiritilgan: agrosanoat majmuasi, avtotransport va pul xoʻjaligi, aloqa,taʼlim va fan, sogʻliqni saqtash, davlat muassasalari, madaniyat, mebel sanoati va kommunal-xoʻjalik korxonalari, yoqilgʻi energetika, geologiya va kimyo sanoati, kichik biznes. isteʼmolchilar kooperatsiyasi, savdo va tadbirkorlar, qurilish va sanoat qurilishi materiallari 1930-yil 20-iyulda Qoraqalpoq avtonomiya boʻlimi RSFSR tarkibiga kiradi.

1932-yil 20-martda u Qoraqalpoq ASSRga oʻzgaradi.



1936-yildan boshlab u Oʻzbekiston ASSR tarkibiga kiradi.

1991-yilda Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng Qoraqalpoq xalqi uchun yangi hayot boshlandi. (Nukus, Moʻynoq, Xoʻjayli, Taxiatosh, Beruniy, Ellikqal'a, Toʻrtkoʻl).Xoʻjaligi va Sanoati-Qoraqalpogʻiston xoʻjaligi rivojlangan respublika shunga qaramay O'zbekistoning Dotatsiyon mintaqasi hisoblanadi. Qoraqalpogʻiston hududida foydali qazilmalardan gaz, gaz kondensati, neft, qurilish va qoplama toshlar, gips va ohaktosh, keramzit, sement, kon-ruda va kon-texnika xom ashyosi olinadi.Sanoatida ishlov beruvchi va xom ashyo yetkazib beruvchi tarmoqlar mavjud boʻlib, ular quyidagʻilardan iborat: elektro energetika; yoqilgʻi sanoati; kimyo va neft kimyosi; mashi-nasozlik va metallsozlik; oʻrmon. yogʻochni qayta ishlash va sellyuloza-qogʻoz; un-yorma va aralash yem; poli-grafiya sanoatlari.Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi respublika va qoʻshni viloyatlarning elektr energiyasiga bo’lgan talabini qondiradi (stansiyaning oʻrtacha yillik quvvati 443,4 MVt). 1996 yilda Qoʻngʻirot tumanida "Ustyurtgaz" korxonasining ishga tushirilishi bilan yoqilgʻi sanoati vujudga keldi. 2004 yilda respublika bo’yicha 1697,1 mln. m1gaz va 30,4 ming t kondensat yetkazib berildi. 1993 yilda "Nukus kabel" ishga tushirilishi bilan kabel sanoati vujudga keldi. Mustaqillik yillarida Qoʻngirot un zavodi (1993), "Toʻrt-koʻldon" (1997), kichik novvoyxonalar va makaron ishlab chiqarish korxonalari bunyod etildi.Yirik sanoat korxonalari Amudaryo tumanida (paxta zavodi va ip pigiruv va toʻqimachilik fabrikasi), Beruniy tumanida (paxta, yogʻ-moy zavodlari, toʻqi-machilik korxonasi). Qungʻirot tumanida (paxta, un-yorma zavodlari, "Ustyu rtgaz"), Toʻrtkoʻl tumanida (paxta, un tortish zavodlari), Xoʻjayli tumanida (paxta, yogʻ-moy, taʼmirlash-me-xanika va gisht zavodlari). Chimboy tumanida (paxta, yogʻ-moy, unyorma zavodlari), Ellikqalʼa tumanida (paxta zavodi, "Elteks" aksionerlik jamiyati va "Yuniver" qoʻshma korxonasi), shuningdek, Nukus shahrida (vino zavodi, poligrafiya kombinati, "Kateks", "Nukus non", "Daunt" korxonalari, un-yorma zavodi, 2 ta qurilish sanoati korxonasi) va taxiatosh shahrida (taʼmirlash-mexanika va uyayorma zavodlari) faoliyat koʻrsatadi. Respublikada benzin, kerosin, dizel yonilgʻisi, ohaktosh, qoplama materiallar, yigʻma temir-beton buyumlari, mebel, ip tolasi, paxta, tikuvchilik mahsulotlari. toʻqimachilik galantereyasi, oʻsimlik moyi, goʻsht va goʻsht mahsulotlari. non, qandolatchilik va makaron mahsulotlari, un, yorma va boshqa ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan. Qishloq xoʻjaligi, asosan. paxtachilik, gʻallachilik (sholi va bug-doy yetishtirish) va chorvachilik (goʻsht, sut, qorakoʻlchilik)dan iborat. Qishloq xoʻjaligining yalpi mahsuloti hajmida paxta 22,4%, gʻalla ekinlari 22,1%, chorva mahsulotlari 36,4% ni tashkil etadi. 2004 yilla umumiy ekin maydoni 251,2 ming ga, shundan 92,9 ming ga maydonga donli ekinlar, 102,9 ming ga yerga paxta. 13 ming ga yerga sabzavot-poliz, 34,2 mingga yerga yem-xashak ekinlari ekildi. Chorvachilik, asosan, goʻsht-sut yetishtirishga ixtisoslashgan. 2005 yilda barcha toifadagi xoʻjaliklarda 437,7 ming qoramol, 539,9 ming qoʻy va echki, 844,7 ming parranda, 15,8 ming ot boqildi.

2-Reja.
Qoraqalpog’iston Respublikasining davlat boshqaruv shakli.

Qoraqalpogʻiston, Qoraqalpogʻiston hududi — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi respublika maqomidagi O'zbekiston Respublikasi subyekti. 1924-yil 14-oktabrda bosqinchi bolsheviklar tomonidan Turkiston ASSR tarkibida Muxtor viloyat sifatida tashkil etilgan. Maydoni 166,6 ming km². Aholisi 1869,7 ming kishi (2019). Boshkenti – Nukus shahri, tarkibida 16 tuman, 12 shahar, 14 shaharcha va 124 fuqarolar yigʻini bor.Qoraqalpogʻiston – parlament boshqaruv shakliga ega boʻlgan O'zbekiston respublikasi tarkibidagi hudud. Qonun chiqaruvchi oliy davlat vakolatli organi – koʻp partiyaviylik asosida 5 yil muddatga saylangan deputatlardan iborat Qoraqalpogʻiston hududi Joʻqorgʻi Kengeshi (QR JK). Qoraqalpogʻiston hududi Joʻqorgʻi Kengeshi raisi respublika rahbari hisoblanib, u Joʻqorgʻi Kengesh deputatlari orasidan 5 yil muddatga saylanadi. Davlat hokimiyatining oliy ijro etuvchi-boshqaruvchi organi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, yaʼni Qoraqalpogʻiston Respublikasi hukumati hisoblanadi. Qoraqalpogʻistonda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan bir vaqtda Qoraqalpogʻiston Oliy kengashining 1993-yil 9-apreldagi 12-chaqiriq 12-sessiyasida qabul qilingan Qoraqalpogʻiston Hududi Konstitutsiyasiga amal qilinadi. Qoraqalpogʻiston oʻz davlat ramzlari: gerb, madhiya va bayrogʻiga ega.Davlat boshqaruvi-Qoraqalpogʻiston Respublikasining Joʻqorgʻi Kengesi oliy davlat vakillik organi hisoblanadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Qoraqalpogʻiston Respublikasining eng yuqori lavozimli shaxsi hisoblanadi. U bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Raisining oʻrinbosari hamdir. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi davlat hokimiyatining oliy ijro etuvchi-boshqaruvchi organi hisoblanadi.


Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish