Qurilish fakulteti



Download 3,63 Mb.
bet87/237
Sana16.01.2022
Hajmi3,63 Mb.
#373697
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   237
Bog'liq
УМК11

Ta’lim soxasida 2004/05 oʻquv yilda Qoraqalpogʻistonda 763 umumiy taʼlim maktabi faoliyat koʻrsatib, ularda 338 mingdan ziyod oʻquvchiga 36,1 ming oʻqituvchi taʼlim beradi. "Pro-T4-Sh gress" taʼlim va taraqqiyot markazi Oʻzbekistondagi 21-asr maktabining andozasi sifatida tan olindi. Oʻqitishning noanʼanaviy uslublaridan foydalanish, eng yangidarsliklar, oʻquv dasturlari, audio va videotexnikalarni qoʻllash oʻquvchilarga ingliz tilini oʻrganishga yordam beradi. Uning filiallari Qoʻngʻirot, Toʻrtkoʻl, Xoʻjayli tumanlarida ochilgan. Oʻquvchilarning kompyuter savodxonligini oshirishga alohida eʼtibor berilgan. 6 yoshdagi bolalarni kasbiy yoʻnaltirish va ularni maktabdagi oʻqishga tayyorlash maqsadida shahar va tuman xalq taʼlimi boʻlimlari qoshida "Diagnostika markazlari" tashkil etilgan. 72 kasb-hunar kolleji, 5 akademik litsey bor. Bu oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida 60,6 ming oʻquvchi oʻqiydi. Qoraqalpogʻistonda Qoraqatoq universiteti, Nukus pedagogika instituti hamda Toshkent tibbiyot pediatriya instituti bilan Toshkent agrar universitetining filiallari bor. Ularda 9 mingga yaqin talaba taʼlim olmoqda.

35 ilmiy muassasa, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimiga qarashli 6 ta boʻlinma (Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimining tabiiy fanlar kompleks instituti, Bioekologiya instituti, Orolboʻyi ijtimoiy-iqtisodiy muammolar instituti, N.Dovqorayev nomidagi Til va adabiyot instituti, Tarix, arxeologiya va etnografiya instituti, Qoraqalpogʻiston klinik va eksperimental tibbiyot ilmiy tadqiqot instituti), Botanika bogʻi ishlab turibdi.[1]

2004 yilda tashqi savdo aylanmasining umumiy hajmiga nisbatan asosiy ta.shqi savdo hamkorlari: Xi-toy – 33.4%. Yeyermaniya – 14,6%, Buyuk. Britaniya – 8,1%, Shveysarnya – 6,4%. Avstriya – 5.7%. Italiya – 4.1%. Fransiya - 2,9%. AQSh – 2.5%. Potsha –2,3%, Belgiya – 1.7%ni tashkil qi.t.ti. Asosiy savlo hamkorlari boʻlib yaqin xori-jiy mamlakatlardan Rossiya (13.1%) va Qozogʻiston (1.0%) hisoblanadi.

Xarita
Eksportdagi asosiy oʻrinni paxta tolasi egallaydi, uning ulushi umumiy eksportga nisbatan 85,3%, shundan uzoq xorij mamlakatlariga eksport 87,1% va yaqin mamlakatlarga 12,9%ni tashkil qiladi. Import strukturasida asosiy ulush mashina va asbob uskunalari – 78,3%, kimyo mahsulotlari –6,7%, qora va rangli metallar – 5,9%, oziq-ovqat mahsulotlari – 3,2%ga toʻgʻri keladi.Geografiyasi-Qoraqalpogʻiston Qizilqum sahrosining shimoliy-gʻarbiy qismini, Ustyurt platosining janubiy-sharqiy qismini, Amudaryo deltasini egallaydi. Orol dengizining janubiy qismi Qoraqalpogʻiston hududida joylashgan. Maʼmuriy – hududiy qurilishi 14 tumandan iborat: Amudaryo, Beruniy, Qoraoʻzak, Kegeyli, Qoʻngʻirot, Qanlikoʻl, Moʻynoq, Nukus, Taxtakoʻpir, Toʻrtkoʻl, Xoʻjayli, Chimboy, Shumanay, Ellikqalʼa, Nukus va Taxiatosh shaharlari hamda tumanlarga qarashli shaharlar, elat va qishloqlardan iborat.



Qoraqalpog’iston Respublikasi O’zbekistonning shimoli-g’arbiy qismida, Amudaryoning quyi qismi, Orol dengizining janubiy sohilida joylashgan. Respublika janubi-g’arb tomondan Qoraqum sahrosiga tutashgan. Uning shimoli-g’arbida Ustyurt pasttekisligi, shimoli-sharqiy tomonida esa Qizilqum sahrosi yastanib yotibdi. Orol dengizining janubiy hududi qoraqalpoq zaminida joylashgan. Qoraqalpog’iston umumiy yer maydoni 166,6 ming kvadrat kilometrdan iborat bo’lib, u hududining kattaligi jihatdan O’zbekiston Respublikasi viloyatlari o’rtasida birinchi o’rinda turadi. Respublikaning aholisi 1 881,9 ming kishidan ziyoddir. Qoraqalpog’iston Respublikasida ham mustaqillik yillarida keng ko’lamli islohotlar amalga oshirildi. Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi farovonligini yuksaltirishga qaratilgan alohida e’tibor yuksak samaralar berdi. Puxta o’ylangan, boqichma-bosqich amalga oshirilayotgan izchil islohotlar tufayli Qoraqalpog’iston Respublikasi oddiy agrar o’lkadan zamonaviy ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasi, transport-kommunikasiya tarmoqlari rivojlangan mintaqaga aylandi. Respublikaning ma’muriy-hududiy tuzilmasi 16 ta tuman va 1 ta shahardan iborat: Amudaryo, Beruniy, Bozatov, Ellikqal’a, To’rtko’l, Kegeyli, Chimboy, Qorao’zak, Taxtako’pir, Qonliko’l, Sho’manoy, Qo’ng’irot, Mo’ynoq, Xo’jayli, Taxiatosh, Nukus tumanlari va poytaxt – Nukus shahridir.Qoraqalpog’iston Respublikasi O’zbekiston Respublikasi tarkibidagi parlament boshqaruv shakliga ega bo’lgan suveren Respublikadir. Qoraqalpog’iston o’z Konstitusiyasi, bayrog’i, gerbi va madhiyasiga ega. Qoraqalpog’istonning Konstitusiyasi va qonunlari O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan va ular shu asosda amal qiladi. Respublikada umumiy rahbarlik Jo’qorg’i Kenges Raisi – Qoraqalpog’iston Respublikasi parlamenti tomonidan amalga oshiriladi.Respublikaning oliy ijroiya hokimiyati Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi tomonidan tasdiqlangan Vazirlar Kengashi hisoblanadi. Respublika Vazirlar Kengashi tarkibiga Kengash Raisi, Raisning o’rinbosarlari, vazirlar, davlat qo’mitalari raislari, yirik konsern va birlashmalar rahbarlari kiradi. Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, o’z vazifasiga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tarkibiga kiradi. O’zbekiston Respublikasi poytaxti – Toshkent shahrida, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining doimiy vakolatxonasi faoliyat yuritadi.Mustaqillik yillarida qishloq xo’jaligi sohasida mutlaqo yangi va samarali iqtisodiy munosabatlar joriy etildi. Yer o’z egasini topdi. Bugun Qoraqalpog’iston fermerlari qishloq xo’jaligi mahsulotlarining asosiy qismini yetkazib berish bilan birga, qishloq taraqqiyotida hal qiluvchi ijtimoiy-siyosiy kuchga aylanib bormoqda. Qishloq xo’jaligi yerlarining uzoq muddatli ijara mulki qilib berilishi va qishloqda bozor munosabatlarining joriy qilinishi fermer xo’jaliklarini shakllantirish hamda rivojlantirishning eng muhum omil va asosi bo’ldi.Ushbu fermer xo’jaliklarining qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirishdagi ulushi 99,5 foyizni tashkil qildi. O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov mustaqillik yillarida Qoraqalpog`iston iqtisodiyotni tubdan tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiya qilish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, zamonaviy bozor infratuzilmasini shakllantirish, eksport qiluvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijasida hududiy korxonalar tomonidan amalga oshirilgan eksport miqdori o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 12,8 foiz o‘sishi ta’minlashini, Qoraqalpog‘iston Respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor, yaratilayotgan tashkiliy-huquqiy shart-sharoit yaratilsagina o‘zining yuksak samaralarini berishi kerakligini taklifini kiritgan edilar. Bugun Qoraqalpog’istonda hayot butunlay o’zgarmoqda. Barcha shahar va tumanlar, qishloqlar, mahallalar yangicha qiyofa kasb etmoqda. Zamonaviy korxonalar, ta’lim, tibbiyot, madaniyat, sport va ijtimoiy sohaning boshqa obyektlari, kommunikasiya tarmoqlari qurilmoqda. Bu esa, Qoraqalpog’iston Respublikasining mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi tutgan o’rnining tobara oshib borayotganligidan darak beradi.Mamlakatimizning shimoliy mintaqasi – Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham mustaqillik yillarida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi farovonligini yuksaltirishga qaratilgan alohida e’tibor yuksak samaralar berdi. Puxta o‘ylangan, boqichma-bosqich amalga oshirilayotgan izchil islohotlar tufayli Qoraqalpog‘iston Respublikasi oddiy agrar o‘lkadan zamonaviy ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasi, transport-kommunikatsiya tarmoqlari rivojlangan mintaqaga aylandi.

Mustaqillik yillarida bu zaminda amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlari, ro‘y bergan o‘zgarish va yangilanishlar haqida uzoq gapirish mumkin. Markaziy Osiyoda yagona, sahro bag‘ridagi mo‘jiza –Qo‘ng‘irot soda zavodi, Xo‘jayli shisha zavodi, “Markaziy Osiyo bezak toshlari” qo‘shma korxonasi, Qo‘ng‘irot karbid, Nukus marmar va kabel zavodlari, O‘rga gaz koni, “Elteks” va “Kateks” kabi zamonaviy ishlab chiqarish obyektlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Toshkent axborot texnologiyalari universititetining Nukus filiali, Olimpiya zaxiralari kolleji binolari, o‘nlab umumta’lim maktablari, litsey va kollejlar, bolalar sporti, bolalar musiqa va san’at maktablari... Bunday muhtasham inshootlar istiqlol sharofati tufayli barpo bo‘ldi.

Istiqlolning dastlabki yilidayoq minglab aholini ichimlik suvi bilan ta’minlagan 243 kilometrlik Tuyamo‘yin-Nukus-Chimboy-Taxtako‘pir suv tarmog‘i ishga tushirildi. 1991-2010-yillarda hududda gaz va gaz kondensati, shisha, kungaboqar yog‘i, kalsiylashtirilgan soda, vermikulit konsentrati, talkomagnezit, glitserrizin ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

Xalqimizning uzog‘ini yaqin, og‘irini yengil qilish borasida amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlari eng savobli ishlardan bo‘ldi. Bu sohada ham islohot islohot uchun emas, avvalo, inson uchun, uning manfaatlari uchun degan ezgu g‘oya doimiy ustuvor vazifa bo‘lib kelmoqda.

2000-yili Nukus shahrini Xo‘jayli tumani bilan bog‘laydigan ulkan ko‘prik, 2001-yilda 345 kilometrlik Nukus-Sultonuvaystog‘-Miskin-Uchquduq-Tinchlik-Navoiy temir yo‘li ishga tushirildi. Yuzlab kilometr avtomobil yo‘llari rekonstruksiya qilindi. Bu ravon yo‘llarning uzunligi 4 ming 100 kilometrdan oshib ketdi. Bu yo‘nalishdagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Er osti boyliklarini izlash, qazib olish va ulardan samarali foydalanishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Xorijlik sheriklar bilan “Jel”, “G‘arbiy Orol” kabi istiqbolli konlar ochildi. “Ustyurt va Orol dengizi atroflarida geofizika ishlarini amalga oshirishni kuchaytirish” dasturiishlab chiqildi. Unga ko‘ra, Ustyurt kengliklarida seysmik tadqiqotlar jadal olib borilmoqda. Ayniqsa, “O‘zbekgeofizika” aksiyadorlik jamiyatining “Ustyurt geofizika ekspeditsiyasi” filiali jamoasining sa’y-harakatlari tahsinga munosib. Hozir kuniga 45 ming kubometr gaz berayotgan “Tillali”, “Sayxun”, “In’om”, “Arslon” singari yangi konlar ana shu ekspeditsiya izlanishlarining samarasidir.

Bugun dunyo xalqlarining e’tiborini tortayotgan, havasli, hayratli nigohlariga sabab bo‘layotgan Ustyurt gaz-kimyo majmuasi Prezidentimiz tashabbusi bilan barpo etildi. Asrlar osha qaqrab yotgan bepoyon dashtda ulkan ishlab chiqarish quvvati qad rostladi. Korxona jahonning nufuzli nashrlari tomonidan 2012-yilning eng yaxshi loyihasi, deb topildi.

2014-yili nufuzli “Infrastructure Journal” xalqaro nashri mazkur loyiha qurilishini “2014-yilning neft-gaz sohasidagi eng yirik bitimi”, deb e’lon qildi. Umumiy qiymati 4 milliard AQSh dollarini tashkil etgan bu mashhur loyiha amalga oshirilishi mamlakatimiz sanoati rivojini yangi bosqichga ko‘tarishi shubhasiz. Hozir bu yerda yiliga 4,5 milliard kub metr gaz qayta ishlanmoqda. Buning samarasida xalqimiz ehtiyoji va eksport uchun 3,7 milliard kub metr gaz, 387 ming tonna polietilen, 83 ming tonna polipropilen, 102 ming tonna piroliz distillyati va boshqa qimmatbaho mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida yengil sanoatni rivojlantirish, jumladan, paxta yetishtirishda zamonaviy texnologiyalarni, madaniy o‘simliklarning yangi navlarini sohaga joriy etish asosida ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilayotir. 2016-yilda bu yo‘nalishda uchta yangi korxona tashkil etilib, to‘rttasi modernizatsiya qilinadi.

Shu yilning ikkinchi choragida momiq ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan “Bunyodbek-Xo‘jayli” oilaviy korxonasi foydalanishga topshiriladi. Yil oxirigacha “Yoqubova Gavhar” fermer xo‘jaligi kalava ip ishlab chiqara boshlaydi. Ellikqal’ada “Global national-tex” sho‘ba korxonasida jinsi mato ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Amudaryo tumanidagi “Kameks-KK” korxonasida momiq, Kegeyli tumanidagi “Avto Qayip mayshi” mas’uliyati cheklangan jamiyatida oyiga 50 ming juft paypoq ishlab chiqariladi. “To‘rtko‘l omad tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyatida zamonaviy texnologiyalar joriy etilib, yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin.

Mustaqillik yillarida qishloq xo‘jaligi sohasida mutlaqo yangi va samarali iqtisodiy munosabatlar joriy etildi. Yer o‘z egasini topdi. Bugun Qoraqalpog‘iston fermerlari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy qismini yetkazib berish bilan birga, qishloq taraqqiyotida hal qiluvchi ijtimoiy-siyosiy kuchga aylanib bormoqda.

Mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham Prezidentimiz tashabbusi bilan barpo etilayotgan namunaviy loyihalar asosidagi uy-joylarga talabgorlar tobora ko‘paymoqda. Barcha sharoitlarga ega bunday zamonaviy uylarda minglab oilalar baxtli hayot kechirmoqda. Uy to‘ylariga kelin to‘ylari ulanib ketayotir.

Yosh avlodning hech kimdan kam bo‘lmagan sharoitlarda ta’lim-tarbiya olishi, iste’dod va salohiyatini yuzaga chiqarishi uchun zarur sharoit yaratish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. O‘tgan davr mobaynida hududda zamonaviy sharoitlar yaratilgan 99 kasb-hunar kolleji, 9 akademik litsey foydalanishga topshirildi. 2015-yilda 9 ming 700 o‘rinli 22 ta zamonaviy maktab binosi barpo etildi. Ayni paytda hududdagi 370 umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablarda 170 mingdan ziyod o‘g‘il-qizlar zamonaviy bilimlarni o‘rganmoqda.

O‘tgan yili Nukus shahri markazida 2,5 milliard so‘mlik loyiha asosida bunyod etilgan va barcha qulayliklarga ega “Baxt uyi” foydalanishga topshirildi. Inson baxt uchun dunyoga keladi. Bu borada mamlakatimizda yoshlarga doimiy g‘amxo‘rlik ko‘rsatilmoqda. Prezidentimizning 2014-yil 6-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori ijrosi doirasida Nukus shahri, Amudaryo, Ellikqal’a, Beruniy, Xo‘jayli tumanlarida ijtimoiy hayotda faol bo‘lgan yuzlab yosh oilalarga “Kamolot” uylari topshirildi.

Nukus shahrida ham keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi va bu boradagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Temir yo‘l vokzali, I.Savitskiy nomidagi san’at muzeyi tanib bo‘lmas darajada zamonaviy qiyofa kasb etdi. Shaharning Qoraqalpog‘iston, Amir Temur, To‘lepbergen Qaipbergenov ko‘chalarida qad rostlagan ko‘p qavatli zamonaviy uylarga ko‘chib o‘tgan yuzlab oilalar hayotiga o‘zgacha shukuh kirdi. Shahar markazidan oqib o‘tuvchi Do‘stlik kanalining ikki qirg‘og‘i bo‘ylab 2,5 kilometr masofada ko‘plab ko‘ngilochar, dam olish obyektlari ishga tushirildi.
– O‘tgan yilgi investitsiya dasturiga ko‘ra, yangi uy-joylarga qo‘shimcha 117 ijtimoiy obyektda rekonstruksiya va qurilish ishlari amalga oshirildi, – deydi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Azimjon Qurbonboyev. – O‘nlab kasb-hunar kollejlari, umumta’lim maktablari, tibbiyot muassasalari va boshqa ijtimoiy soha obyektlari qurildi. Ko‘plab suv tarmoqlari tortildi.

Mintaqada ekologik barqarorlikni ta’minlash masalasi davlatimiz rahbarining doimiy e’tiborida bo‘lib kelmoqda. Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq Prezidentimiz Islom Karimov bu masalaga jahon hamjamiyati e’tiborini qaratdi. Xalqaro Orolni qutqarish jamg‘armasi ana shunday olijanob sa’y-harakatlar samarasida tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha 2013-2017-yillarga mo‘ljallangan dasturi bu boradagi ishlarni yangi bosqichda davom ettirishda muhim ahamiyat kasb etayotir. Dasturda Orolbo‘yini ekologik sog‘lomlashtirish ishlariga alohida e’tibor qaratilgan. Xususan, cho‘llanishning oldini olish, Orol dengizining qurigan hududlarida sun’iy o‘rmonlar barpoetish uchun keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Dasturga ko‘ra, mazkur ishlarga 89,39 milliard so‘m, 1635,55 million AQSh dollari va 57,63 million yevro mablag‘ yo‘naltirish ko‘zda tutilgan.

Xalqaro Orolni qutqarish jamg‘armasi Nukus filiali tomonidan 2014-yilda Mo‘ynoq tumanida, Orol dengizining Axantay qismida 1500, Oqqum qismida 34 gektarlik saksovulzor – sun’iy o‘rmon barpo etildi.

Ayni paytda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda 90 million AQSh dollari miqdoridagi loyiha asosida Orol dengizining qurigan qismida cho‘llanishdan himoyalovchi mitti o‘rmonlar bunyod etishga kirishilayotgani ham hudud aholisi turmush farovonligini yuksaltirish borasidagi ezgu ishlarning davomidir.

Mustaqillik inshootlaridan yana biri Qo‘ng‘irot soda zavodidir. Ko‘plab sohalar uchun zarur xomashyo – kalsiylashtirilgan soda ishlab chiqarayotgan ushbu yirik korxona o‘z mahsulotining aksariyatini eksportga yo‘naltirmoqda. O‘tgan yili korxona xorijlik buyurtmachilarga 24 ming tonna mahsulot yetkazib berdi. Ichki bozorda “Kvars”, “Asl oyna” aksiyadorlik jamiyatlari, “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati, “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi Qo‘ng‘irot soda zavodining asosiy buyurtmachilaridir.

Mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samarasida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligi tubdan yaxshilandi. Bugun olis ovullar aholisi ham zamonaviy tibbiy xizmatdan bahramand bo‘layotir.

– Chekka tuman va qishloqlardagi tibbiy muassasalarning ham moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi. Bu biz, mutaxassislarni ham yanada samarali ishlashga undamoqda, – deydi Mo‘ynoq tumani tibbiyot birlashmasi bosh shifokori o‘rinbosari J.Davletova. – Bugun oddiy qishloq shifokori ham bemorga to‘g‘ri tashxis qo‘yib, zamonaviy uskunalar yordamida samarali davolay oladi. Bularning barchasi Prezidentimiz rahnamoligida aholi salomatligini muhofaza qilishga qaratilayotgan doimiy e’tibor samarasidir.

“Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilish, aholi salomatligini mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar mustaqilligimizning birinchi kunlaridan belgilab olingan eng muhim vazifalarning izchil davomidir.

Bugun Qoraqalpog‘iston shifokorlarining Buyuk Britaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Polsha va boshqa ko‘plab xorijiy mamlakatlarda malaka oshirishi, ilg‘or tajribalarni qo‘llashi oddiy holga aylandi.



P rezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan bunday keng ko‘lamli islohotlar iqtisodiyotimizning barqaror rivojlanishi, xalqimiz farovonligini yuksaltirishga mustahkam zamin bo‘lib xizmat qilmoqda. Mustabid tuzum davrida chekka hudud sifatida mutlaqo e’tibordan chetda qolgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi bugun ana shunday taraqqiyot yo‘lidan dadil bormoqda. Bugunidan mamnun va ertangi kuniga ishonchi qat’iy bo‘lgan Qoraqalpog‘iston xalqi Vatanimiz mustaqilligining 25-yillik bayramini munosib kutib olishga hozirlik ko‘rmoqda. Bu ularning shukronalarida, mamnun chehralarida yaqqol aks etmoqda


  • Mustaqillik yillari butun mamlakatimizga, har bir hudud va mintaqaga bunyodkorlik va yangilanishlar boshlab kelganining tasdig`ini O`zbekistonimizning shimoliy qismida joylashgan Qoraqalpog`iston Respublikasi misolida ham yaqqol ko`rish mumkin.

  • Ma`lumki, saxovatli va betakror qoraqalpoq diyori mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojida alohida o`rin tutadi. Bu haqda so`z yuritganda, Muhtaram Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug`anievich Karimovning “Qoraqalpoq xalqi doimo yurtimizning tayanch tog`laridan hisoblangan” degan so`zlarini esga olish o`rinlidir.

  • Shuning uchun ham mustaqillik yillarida boshqa mintaqalarimiz qatori Qoraqalpog`istonning rivojlanishiga ham ulkan e`tibor berilmoqda. Aynan ana shunday e`tibor tufayli bugungi kunda respublika poytaxti – Nukus shahridan boshlab, tumanlar markazlari, shahar va qishloqlar, hatto chekka ovullargacha har tomonlama o`zgarib, rivojlanib bormoqda. Bunda, ayniqsa, davlatimiz rahbari Shavkat Miromoniovich Mirziyoevning bevosita tashabbusi bilan ishlab chiqilib, izchil amalga oshirilayotgan Qoraqalpog`iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Aytish kerakki, bu dasturlar respublikani asrlar davomidagi oddiy agrar o`lkadan zamonaviy ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmalar, transport-kommunikatsiya tarmoqlari, yuksak malakali kadrlarga ega bo`lgan qudratli mintaqaga aylantirishni nazarda tutadi.

  • Dasturlarning bosqichma-bosqich hayotga tadbiq etilishi natijasida qoraqalpoq zamini bugungi kunda tanib bo`lmas darajada o`zgarib, yildan-yilga chiroy ochib, barqaror sur`atlarda rivojlanib borayotgan diyorga aylandi.

  • Mustaqillik yillarida bu zaminda amalga oshirilgan ulkan iqtisodiy-ijtimoiy o`zgarishlar, qurilish va obodonchilik ishlarini sanab adog`iga etib bo`lmaydi. O`rta Osiyoda yagona bo`lgan, sahro bag`ridagi mo``jiza deb nom olgan Qo`ng`irot soda zavodi, Ustyurt gaz-ximiya kompleksi, Nukus polimer, Samsung-Nukus, Nukus elektroapparat, «Lanextrakt» qospa kәrxanasы, «Nukus Med Tex» MChJ, «Tөrtkүl shiyshe ыdыslarы» MChJ, Xo`jayli shisha zavodi, “Markaziy Osiyo bezak toshlari” qo`shma korxonasi, Qo`ng`irotdagi karbid, Nukusdagi marmar va kabel` zavodlari, O`rga gaz koni, “Elteks” va “Kateks” majmualari kabi zamonaviy ishlab chiqarish ob`ektlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nukus filiali, Olimpiya zaxiralari kolleji binolari, 345 kilometrlik Navoiy – Nukus temir yo`li, Nukus bilan Xo`jaylini bog`laydigan ulkan ko`prik, Qo`ng`irot avtomobil` yo`li, o`nlab umumta`lim maktablari va maktabgacha ta`lim muassasalari, litsey va kollejlar, bolalar sporti, bolalar musiqa va san`at maktablari singari ko`plab inshootlar – bularning barchasi istiqlol mevasidir.

  • Milliy avtomagistral qurilishida ro`y bergan ulkan voqealardan biri – bu shu yo`lning Nukus shahriga kiraverishida yangi ko`prik va chorraha yo`lning qurilishidir.

  • Shuni ham alohida ta`kidlab o`tishimiz kerak, Muhtaram Birinshchi Prezidentimizning tashabbusi bilan tamal toshi qo`yilgan Ustyurt gaz-kimyo majmuasining qurilishi bugun dunyo xalqlari e`tiborini jalb etmoqda.

  • Eng muhimi, qoraqalpoq xalqi asrlar davomida orzu qilib, intilib kelgan ezgu maqsadiga etdi – ozod va erkin, tinch-osuda hayotga erishdi, o`z tarixi, madaniy merosi, milliy an`ana va qadriyatlarini tiklash, rivojlantirish, o`zligini anglash imkoniga ega bo`ldi.

  • Qoraqalpog`iston Respublikasi O`zbekistonning shimoliy-g`arbiy qismida, Amudaryoning quyi qismi, Orol dengizining janubiy sohilida joylashgan. Respublika janubi-g`arb tomondan Qoraqum sahrosiga tutashgan. Uning shimoliy-g`arbida Ustyurt tekisligi, shimoliy-sharqiy tomonida esa Qizilqum sahrosi yastanib yotibdi. Orol dengizining janubiy hududi qoraqalpoq zaminida joylashgan. Qoraqalpog`istonning umumiy er maydoni 166,6 ming kvadrat kilometrdan iborat bo`lib, u hududining kattaligi jihatdan O`zbekiston Respublikasi viloyatlari o`rtasida birinchi o`rinda turadi. Respublika aholisi 2018 yil 1 aprel holatiga 1 million 800 ming kishidan ziyoddir.

  • Respublikaning ma`muriy-hududiy tuzilmasi 15 ta tuman va 1 ta shahardan iborat. Bular Amudaryo, Beruniy, Qorao`zak, Kegeyli, Qo`ng`irot, Qonliko`l, Mo`ynoq, Nukus, Taxtako`pir, To`rtko`l, Xo`jayli, Taxiyotosh, Chimboy, Sho`manoy, Ellikqal`a tumanlari va Nukus shahridir.

  • Qoraqalpog`iston O`zbekiston Respublikasi tarkibidagi parlament boshqaruv shakliga ega bo`lgan suveren respublikadir. Qoraqalpog`iston o`z Konstitutsiyasi, bayrog`i, gerbi va gimniga ega. Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan. Respublikada umumiy rahbarlik Jo`qorg`i Kenges Raisi – Qoraqalpog`iston Respublikasi parlamenti Raisi tomonidan amalga oshiriladi.

  • Respublikaning oliy ijroiya hokimiyati Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi tomonidan tasdiqlangan Vazirlar Kengashi hisoblanadi. Respublika Vazirlar Kengashi tarkibiga Kengashining Raisi, Raisning o`rinbosarlari, vazirlar, davlat qo`mitalari raislari, yirik kontsern va birlashmalar rahbarlari kiradi. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi o`z vazifasiga ko`ra O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tarkibiga kiradi. O`zbekiston Respublikasi poytaxti Toshkent shahrida, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Qoraqalpog`iston Respublikasining doimiy vakolatxonasi faoliyat ko`rsatadi.

Istiqlol yillarida barpo etilgan Qo‘ng‘irot soda zavodi Ustyurtga hayot baxsh etib, Elobod degan shaharcha paydo bo‘lishiga asos yaratdi. Bu yerda Toshkent kimyo texnologiya instituti filiali, yodlangan tuz, selikat g‘isht, mineral kukun ishlab chiqaruvchi o‘nlab qo‘shimcha tizimlar ochildi.

— Zavod asosan, kalsiylangan soda ishlab chiqaradi. Agar 2006 yilda ushbu mahsulotdan 12 800 tonna ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2011 yilga kelib bu ko‘rsatkich 97 800 tonna, joriy yilning olti oyida esa 48 808 tonnaga yetdi, — deydi zavodning texnik ishlab chiqarish bo‘limi boshlig‘i muovini Islam Jaqsыmuratov. — Ishchi xodimlarimiz uchun alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatilmoqda. Zavod yonidagi Elobod posyolkasida 320 o‘ringa mo‘ljallangan maktab, 90 o‘rinli maktabgacha ta’lim muassasasi, madaniyat saroyi, davolash markazi, savdo do‘koni, choyxona, novvoyxona, kafe va boshqa turli ijtimoiy, maishiy xizmat ko‘rsatish binolari mavjud. 1400 ga yaqin ishchi xodimlarimizning 70 foizini yoshlar tashkil etadi. Bu korxona istiqbolidan dalolat beradi.

Shuningdek, bu yil Prezidentimiz tashabbusi bilan Ustyurt gaz-kimyo majmuasi qurilishi boshlandi. Bu qoraqalpog‘istonliklarga kuch-g‘ayrat, ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Majmuaning qurilishiga 2 mlrd. 600 mln. AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar kiritilishi rejalashtirilgan bo‘lib, yiliga 400 ming tonna polietilen, 100 ming tonna polipropilen mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi. Bu o‘z nav­batida, 10 000 ta yangi ish o‘rinlarining yaratish imkonini beradi. Hozirda majmuada ijtimoiy infratuzilma ob’ektlari qurilishi olib borilmoqda.

Shunday qilib, bir vaqtlar qush uchsa qanoti, odam yursa oyog‘i kuygan bepoyon Ustyurt keyingi yillarda yirik sanoat markaziga aylanmoqda. Bu esa respublika iqtisodiy salohiyati va eksport hajmi oshishiga, minglab kishilarning ish bilan band bo‘lishiga xizmat qilmoqda.

Xalqaro hamkorlik — iqtisodiyot tayanchi

Mustaqillik yillarida chet el investorlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb qilish imkoni paydo bo‘ldi. Hozirda Ustyurt tekisligi, Orol dengizi akvatoriyasida neft va gaz zaxiralari skvajinalarining rekonstruksiya qilish ishlari olib borilmoqda.

Bugungi kunda respublikada 47 ta qo‘shma korxona faoliyat yuritmoqda. Mahalliy korxonalar tomonidan eksportga yo‘naltirilgan mahsulot miqdori yarim yil yakunlariga ko‘ra, 5,7 million AQSh dollari, shu jumladan, yengil sanoat korxonalari tomonidan 1 million 970 ming AQSh dollari miqdorida mahsulotlar eksport qilindi. Respublika bo‘yicha jami eksport qilingan mahsulot summasi 68,2 million AQSh dollariga teng bo‘ldi.

— Bugun respublikada ko‘plab ishlab chiqarish, ijtimoiy va maishiy xizmat ko‘rsatish inshootlari qad ko‘tarmoqda. Bunga misol sifatida To‘rtko‘l tumanidagi mebel mahsulotlariga ehtiyot qism­lar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan «Marfa-Sherzod», Shumanay tumanidagi qizilmiya ildizini qayta ishlashga yo‘naltirilgan «Mesdor-Shumanay» xitoy korxonalari hamda hindistonlik sheriklar bilan hamkorlikdagi «Nukus-ekstrakt» korxonalarini ko‘rsatsa bo‘ladi, — deydi Respublika iqtisodiyot vazirligining bo‘lim boshlig‘i Zibagul Jaqsimuratova. — Iqtisodiyotdagi tub o‘zgarishlar natijasida hududning eks­port salohiyati oshib bormoqda. Joriy yilda Beruniy tumanidagi «Astera tekstil» mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 581 ming AQSh dollari ( yigirilgan ip), To‘rtko‘l tumanidagi «To‘rtko‘l asaka tekstil» mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 876,2 ming AQSh dollari (tikuvchilik mahsulotlari) va Nukus shahridagi «Nukus tekstil» mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan esa 338,5 ming AQSh dollari (trikotaj mahsulotlari) miqdorida mahsulotlar eksport qilindi.O‘tgan asrning 90-yillarini bir eslaylik. Tibbiyot muassasalaridagi sharoit izdan chiqqan, ekologik vaziyat taranglashgan, bir davr edi. Istiqlol yillarida Orolbo‘yi aholisi sog‘lig‘ini saqlash uchun salmoqli ishlar qilindi. Xalqaro andozalar darajasida tibbiy xizmat tizimi barpo etildi. Chunonchi, «Salomatlik-1» va «Salomatlik-2» loyihasi asosida respublika sog‘liqni saqlash muassasalari 3 milliard 46 million 469 ming so‘mlik eng zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minlandi. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Nukus filiali va uning tumandagi bo‘limlariga 7 ta «Hyundai» hamda 76 ta «Damas» rusumli sanitar avtotransporti berildi. Markazning Nukus filialiga Islom Taraqqiyot banki mablag‘lari hisobidan 1 milliard 964 million so‘mlik va tuman bo‘limlariga 2 milliard 342 million so‘mlik jihozlar olib kelib o‘rnatildi.




Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish