Qurilish fakulteti


Mintaqalar xalqlarining birga siyosiy, iqtisodiy va gumanitar makonda o’zaro hamjihatlikda umr kechirganlari



Download 3,63 Mb.
bet95/237
Sana16.01.2022
Hajmi3,63 Mb.
#373697
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   237
Bog'liq
УМК11

3.Mintaqalar xalqlarining birga siyosiy, iqtisodiy va gumanitar makonda o’zaro hamjihatlikda umr kechirganlari.

Mintaqalar xalqlarining birga siyosiy, iqtisodiy va gumanitar makonda o’zaro hamjihatlikda umr kechirganlari quyidagi qator xususiyatlar bilan tavsiflanadi.

Birinchi xususiyati. Mintaqadagi qadimiy madaniyatlar arxeologlar tomonidan topilgan kashfiyotlar, bir tomondan, ularning o’ziga xosligi, ikkinchi tomondan, qo’shni sivilizasiyalar bilan yaqin aloqalarini kuchliligini ko’rsatadi.

Buyuk ipak yo’li chorrahasida joylashgan Markaziy va Janubiy Osiyo uzoq asrlar davomida xalqlar va sivilizasiyalar o’rtasida faol muloqotga xizmat qildi.

Ikki mintaqaning o’zaro yaqin hamkorligi natijasida yangi bilim va falsafiy qarashlar, tibbiyot va astronomiya, jo’g’rofiya va matematika, geodeziya va me’morchilik, diplomatiya san’ati va davlat boshqaruvi sohasidagi yutuqlar, yuksak madaniy va ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlar keng yoyildi.

Mintaqalarimiz xalqlari bir necha bor umumiy davlatchilik tuzilmalari tarkibida, shu bilan birga, siyosiy, iqtisodiy va gumanitar makonda o’zaro hamjihatlikda umr kechirganlar.

Ikkinchi xususiyati. O’rta Osiyo mintaqasida davlatchilik asoslari shakllandi va tarixda chuqur iz qoldirgan Xarappa sivilizasiyasi, So’g’diyona, Baqtriya, Xorazm, Ahamoniylar davlati, Yunon-Baqtriya va Kushon podsholiklari, Turkiy xoqonlik, Temuriylar va Boburiylar imperiyalari paydo bo’ldi.

Uchinchi xususiyat. Rivojlangan infratuzilma mintaqa xalqlariga azaldan qadimgi Rim, qadimgi Xitoy (Buyuk Ipak yo’li) bilan muvaffaqiyatli savdo qilish, Hindiston bilan savdoda esa eng mashhur yo’llardan biri qadimgi Baqtriya (Buyuk Hind yo’li) orqali yurish imkonini bergan.

Markaziy va Janubiy Osiyo azaldan ishonchli savdo yo’llari bilan bog’lanib, Yaqin Sharq, Yevropa va Xitoy mamlakatlari uchun o’ziga xos ko’prik vazifasini o’tagan.

Intensiv savdo, migrasiya oqimlari, ilmiy g’oyalar almashinuvi va madaniyatlarning o’zaro ta’siri Markaziy Osiyo va qo’shni Janubiy Osiyo o’rtasida yaqin ko’p qirrali aloqalarni shakllantirdi.

To’rtinchi xususiyat. Bu ikki mintaqa o’rtasidagi o’zaro aloqalar tarixi global rivojlanish jarayoniga sezilarli ta’sir ko’rsatdi. Bu buyuk makonni haqli ravishda jahon sivilizasiyasining eng qadimgi beshigi deb hisoblash mumkin.

Masalan, O’rta Osiyoning janubi-g’arbidagi eng ko’p o’rganilgan madaniy yodgorliklar qatoriga Oltintepa sivilizasiyasi kiradi. Arxeologlarning topilmalari Oltintepa sivilizasiyasining Mesopotamiya yaqin Sharqdagi qadimiy davlatlar bilan yaqin aloqalarini ko’rsatadi.

Beshinchi xususiyati. Markaziy va Janubiy Osiyo xalqlari umumiy ma’naviy — axloqiy qadriyatlarga yega bo’lib, ularda eng buyuk shoir va mutafakkirlar-Yusuf xos Hojib, Jaloliddin Rumiy, Alisher Navoiy, Abduraxmon Jomiy, Muxammad Xaydar, Maxtumquli, Mirzo Golib, Rabindranat Tagor, Abay, Sadriddin Ayni va boshqa ko’plab asarlar mujassamlashgan.

Xalqlarimiz o’rtasidagi ana shunday o’zaro qalin aloqalar jadal intellektual va ma’rifiy yuksalishni ta’minladi.

Bu jarayon dunyoga Charaka va Sushruta, Braxmagupta va Al-Xorazmiy, Al-Farg’oniy va Forobiy, Beruniy, Ibn Sino singari yana ko’plab yetuk olim va mutafakkirlarni yetkazib berdi.

Ular insoniyat ilmiy va falsafiy tafakkurining bo’lg’usi rivojini bir necha asr oldindan belgilab berdilar.

Buyuk olimlar – Abu Rayhon Beruniy va Zahiriddin Muhammad Bobur asarlari Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalari tarixi, ilm-fani va madaniyatining chinakam ensiklopediyasidir.

Bobur o’zining fundamental asari “Boburnoma”da qayd etganidek, “o’n oltinchi asrda Afg’oniston hududi orqali Hindiston va Markaziy Osiyo o’rtasida turli mollar ortilgan minglab tuyalardan iborat karvonlarning muntazam qatnovlari yo’lga qo’yilgan”.

Uning farmoniga binoan savdo yo’llari bo’ylab karvonsaroylar, quduq va sardobalar bunyod etilgan.Afsuski, tarixiy vaziyat taqozosi bilan o’n to’qqizinchi asrga kelib, ikki qo’shni mintaqaning aloqalari uzilib qoldi.O’zaro ziddiyatlar kuchayib, keskin mojarolarga aylanishi tufayli Markaziy va Janubiy Osiyo o’rtasida to’siqlar paydo bo’lib, chegaralar yopildi.

Hamkorlik va bir-birini anglash davri tugab, uning o’rnini qarama-qarshilik hamda ishonchsizlik muhiti egalladi. Buning salbiy oqibatlarini biz hozirgi vaqtda samarali transchegaraviy yo’llar mavjud emasligi, savdo-iqtisodiy aloqalar yaxshi rivojlanmagani hamda madaniy-gumanitar munosabatlar salohiyati to’liq ishga solinmagani misolida ham sezib, his etib turibmiz.



Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish