2.Yangi O’zbekiston konsepsiyasini amalga oshirishda Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlarining o’rni hamda mamlakat yangi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda yana bir muhim Uyg’onish jarayoni kechmoqda. Shuning uchun “Yangi O’zbekiston” va “Uchinchi Renessans” so’zlari hayotimizda o’zaro uyg’un va hamohang bo’lib yangramoqda, xalqimizni ulug’ maqsadlar sari ruhlantirmoqda. Bugungi kunda O’zbekiston demokratik o’zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanib bormoqda. Aynan mana shu jarayon men uchun islohotlarimizning eng katta natijasidir. Chunki, maqsadning aniqligi — harakatlar samarasini ta’minlaydigan eng muhim mezondir. Agar biz bundan besh yil oldin qabul qilgan Harakatlar strategiyasining tub mazmun-mohiyatini muxtasar ifoda etadigan bo’lsak, ushbu noyob hujjatda o’z oldimizga Yangi O’zbekistonni barpo etish va Uchinchi Renessans poydevorini yaratishdek buyuk vazifalarni strategik maqsad qilib qo’ygan edik.
Ta’kidlash kerakki, Yangi O’zbekistonni barpo etish — bu shunchaki xohish-istak, subyektiv hodisa emas, balki tub tarixiy asoslarga ega bo’lgan, mamlakatimizdagi mavjud siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy vaziyatning o’zi taqozo etayotgan, xalqimizning asriy intilishlariga mos, uning milliy manfaatlariga to’la javob beradigan obyektiv zaruratdir. Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi takomillashtirilmoqda. Ushbu muhim hujjatda tashqi siyosatimizning ustuvor yo’nalishi bo’lgan Markaziy Osiyo davlatlari bilan ko’p asrlik do’stlik va yaxshi qo’shnichilik, strategik sheriklik va o’zaro ishonch ruhidagi aloqalarimizni yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. O’zbekistonning asosiy xorijiy sheriklari hisoblangan Rossiya, Xitoy, Amerika Qo’shma Shtatlari, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Hindiston, Pokiston, Birlashgan Arab Amirliklari va boshqa davlatlar bilan ko’p qirrali va o’zaro manfaatli aloqalari yanada kengaymoqda.12
O’zbekistonning zamonaviy tashqi siyosat strategiyasining asosiy tamoyillari va xarakterli xususiyatlarini tizimli tahlil qilish bugungi kunda ko’plab mamlakatlar uchun namunali model bo’lib xizmat qilishi mumkin bo’lgan tashqi siyosatining chuqur o’ylangan, ayniqsa, xalqaro munosabatlar ishonch inqirozini boshdan kechirayotgan bir sharoitda, muloqot va o’zaro manfaatli hamkorlikning zarurligini ko’rsatadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan ishlab chiqilgan mamlakat yangi tashqi siyosati quyidagi asosiy tamoyillarni o’z ichiga oladi.
Birinchidan, O’zbekiston zamonaviy tashqi siyosatining o’ziga xos xususiyati barcha an’anaviy hamkorlar, shuningdek, yaqin va uzoq xorij mamlakatlari bilan munosabatlar qurishda pragmatizmdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |