Qurilish fakulteti



Download 3,63 Mb.
bet23/237
Sana16.01.2022
Hajmi3,63 Mb.
#373697
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   237
Bog'liq
УМК11

Mana shu muborak ayyomda barcha yutuqlarimizning bunyodkori bo’lgan mehnatkash, mard va saxovatli, bag’rikeng va olijanob xalqimizga farzandlik mehri bilan ta’zim qilaman.

Barchamizni oq yuvib, oq tarab voyaga yetkazgan ona xalqimiz doimo omon bo’lsin!

Yurtimizda yashayotgan har bir oila, har bir inson ezgu maqsadlariga yetsin!

Mustaqilligimiz abadiy bo’lsin!

E’tiboringiz uchun rahmat.

O’zbekistonning eng yangi tarixi haqida so’z yuritilganda, biz uchun, avvalo, mamlakatimizning 1991 yildan keyin bosib o’tgan tarixiy yo’li mohiyati va mazmunini anglab etish muhimdir. Bu jarayon qanday borganligini, mamlakatimiz mustaqillik arafasida va uning dastlabki yillarida qanday muammolarga duch kelganini ushbu ma’ruza matnlarida yoritilgan. O‘zbekiston tarixi, shuningdek, O‘zbekistonning eng yangi tarixi jahon tarixining ajralmas bir qismi bo‘lib, u bizning zamonamizdagi global jarayonlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Eng yangi tarixni o‘rganishning muhimligi va dolzarbligi shundaki, u mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy- ma'naviy jihatdan barqaror rivojlanishiga ta'sir qiluvchi voqea xodisalarni tushunishga hamda teran idrok etishga yordam berishi bilan belgilanadi. Bundan tashqari, u bizga tarixiy taraqqiyot tendensiyalarini oldindan ko‘ra bilish va bashorat etish imkoniyatini beradi. Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishish jarayoni sobiq sovet hududidagi boshqa mamlakatlar singari murakkab siyosiy o‘zgarishlar sharoitida yuz berdi. Davlat mustaqilligining e'lon qilinishi mamlakatning barcha siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy tizimini tubdan o‘zgartirishga yo‘l ochdi. Demokratik prinsiplarga ko‘ra milliy davlatchilik va siyosiy tizimning asoslari shakllantirildi, ularda hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari funksiyalari va vakolatlari taqsimlandi. Respublikaning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotini erkinlashtirish bosqichma-bosqich, keskin inqilobiy larzalarsiz amalga oshirildi. Tashqi siyosatning milliy strategiyasi ishlab chiqilib, O‘zbekiston zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimiga munosib ravishda kira oldi. O‘zbekiston tanlagan mustaqil taraqqiyot yo‘li xalqimizning milliy xususiyatlari, urf-odatlari va madaniyatini har tomonlama hisobga olgan holda, to‘plangan xalqaro tajribadan ijodiy foydalanishga asoslangandir. Zamonaviy tarixni o‘ta dolzarbligini hisobga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov 2012 yil yanvar' oyida "Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi huzurida O‘zbekistonning zamonaviy tarixi bo‘yicha jamoat kengashini tashkil etish to‘g‘risida" qaror qabul qildi. Kengashga tarixiylik va ob'ektivlik, dogmatizmning oldini olish, o‘zbek xalqining tarixiy o‘tmishi va bugungi kunini baholashga har tomonlama yondoshish asosida O‘zbekistonning zamonaviy tarixini tizimli o‘rganish vazifalari yuklatildi. Bunda zamonaviy tarixni ilmiy tadqiq qilishda xalqaro tajribani hisobga olish, yangi avlod o‘quv va ilmiy adabiyotlarini tayyorlash, O‘zbekistonning zamonaviy tarixi global va mintaqaviy jarayonlar bilan uzviy bog‘liq ekanligi nazarda tutildi.

O‘zbekistonning eng yangi tarixi - u tarix fanining nisbatan yangi yo‘nalishi bo‘lib, u 2020 yilda mustaqil ilmiy fan sifatida o‘ziga xos metodologiyasi, tadqiqot yo‘nalishlari va o‘quv-uslubiy ishlanmalari bilan ajralib chiqdi. Shu munosabat bilan, zamonaviy tarix mamlakatimizning mustaqillik arafasidagi va mustaqillik taraqqiyot davri tarixini, uning o‘ziga xos tendensiyalari, tarixiy shart-sharoitlari va rivojlanish jarayonlarini ilmiy asoslangan holda yoritishni taqozo etmoqda. Binobarin, tarixshunoslar va, shuningdek, O‘zbekiston ijtimoiy-gumanitar fanlarining boshqa vakillari oldida jahon amaliyotini bu boradagi tarixiy tajribasini hisobga olgan holda, mazkur ta'limni yangi nazariy va metodologik darajaga ko‘tarish hamda yangi ilmiy yo‘nalishlarni o‘zlashtirish vazifasi turibdi.

O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotni isloh qilish bilan bir
vaqtda, milliy o‘ziga xoslikni mustahkamlash jarayonlari boshlandi. Tarixiy xotira - milliy o‘ziga xoslikni tarixan idrok etishda asos bo‘lib xizmat qildi. Ma'lumki, tarixiy xotira xazinasi millat taraqqiyotiga yordam beradigan milliy ongning samarali kuchi sifatida ona tiliga, turmush tarziga, urf-odatlari va madaniyatiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishni talab qiladi. Bu shunchaki ma'naviy merosni saqlab qolish uchun tarixiy qadriyatlarni jalb qilish emas, balki ma'naviy

tiklanish yo‘lini boshlash uchun xalq o‘zining ko‘p asrlik tarixiga, ming yillik madaniy tajribasiga, buyuk ajdodlari merosiga murojaat qilishi va O‘zbekistonning

jahon hamjamiyatiga qanday ma'naviy-axloqiy boyliklar bilan kirishi kerakligini anglatadi. Bularning barchasi I.Karimov tomonidan tarixiy xotiraga berilgan mazkur ta'rifda o‘z ifodasini topgan: “Tarixiy xotira – bu umr mazmunini, avlodlar

o‘rtasidagi vorislik tuyg‘usini, ularning bir-biriga daxldor ekanligini, hayotning bamisoli uzviy halqalar kabi ketma-ket bog‘lanishini anglash, tarixdan xulosa chiqarib, bugungi kun uchun to‘g‘ri yo‘l tanlash, ota-bobolarimizning ro‘hi poklariga hurmat bilan qarash, milliy qadriyat va an'analarimizni toptashga yo‘l qo‘ymaslik, ularni ko‘z qorachig‘idek asrash demakdir”. O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotni isloh qilish bilan bir


vaqtda, milliy o‘ziga xoslikni mustahkamlash jarayonlari boshlandi. Tarixiy xotira - milliy o‘ziga xoslikni tarixan idrok etishda asos bo‘lib xizmat qildi. Ma'lumki, tarixiy xotira xazinasi millat taraqqiyotiga yordam beradigan milliy ongning samarali kuchi sifatida ona tiliga, turmush tarziga, urf-odatlari va madaniyatiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishni talab qiladi. Bu shunchaki ma'naviy merosni saqlab qolish uchun tarixiy qadriyatlarni jalb qilish emas, balki ma'naviy tiklanish yo‘lini boshlash uchun xalq o‘zining ko‘p asrlik tarixiga, ming yillik madaniy tajribasiga, buyuk ajdodlari merosiga murojaat qilishi va O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga qanday ma'naviy-axloqiy boyliklar bilan kirishi kerakligini anglatadi. Bularning barchasi I.Karimov tomonidan tarixiy xotiraga berilgan mazkur ta'rifda o‘z ifodasini topgan: “Tarixiy xotira – bu umr mazmunini, avlodlar o‘rtasidagi vorislik tuyg‘usini, ularning bir-biriga daxldor ekanligini, hayotning bamisoli uzviy halqalar kabi ketma-ket bog‘lanishini anglash, tarixdan xulosa chiqarib, bugungi kun uchun to‘g‘ri yo‘l tanlash, ota-bobolarimizning ro‘hi poklariga hurmat bilan qarash, milliy qadriyat va an'analarimizni toptashga yo‘l qo‘ymaslik, ularni ko‘z qorachig‘idek asrash demakdir”.Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning 2011 yilda nashr etilgan "O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida" deb nomlangan asari O‘zbekiston tarixidagi eng yangi davrni chuqur o‘rganishga kuchli turtki bo‘ldi. Unda respublika rahbari sifatida Islom Abdug‘anievich Karimovning mustaqillik masalasidagi qat'iy pozisiyasi aniq tarixiy hujjatlar asosida ko‘rsatib berilgan.U davlat yetakchisi sifatida eng mashaqqatli davrda o‘z faoliyatini boshladi. Hali Sovet Ittifoqi o‘z kuchini saqlab, repressiv siyosatini davom ettirar, ammo, shunga qaramay, chuqur tanazzul yoqasiga kelib qolgan, kishilar orasida kelajakka ishonchsizlik va vahima kayfiyati hukmron edi. Bunday murakkab sharoitda odamlarni kutilmagan zarbalardan himoya qilish, tushkun ruhiy vaziyatdan olib chiqish, ularda ertangi kunga bo‘lgan ishonch hissini qaror toptirish g‘oyat muhim edi. Sirasini aytganda, ushbu kitob - eski tizimni buzish paytida, erkin va mustaqil hayot yo‘lida paydo bo‘lgan savollarga javoblarni o‘z ichiga oladi. Shu jihatdan ham u juda ko‘p faktik va tahliliy materiallarni o‘z ichiga olgan ensiklopedik asardir. Kitobga kiritilgan har bir tarixiy hujjatda o‘sha tashvishli zamonning ritmi seziladi, muallifning o‘sha tarixiy voqealarga dahldorligi va bevosita ishtirokchisi sifatidagi munosabati aks ettiriladi. Bir so‘z bilan aytganda, ushbu kitob yaqin o‘tmish tarixining haqiqiy tasvirini to‘la aks ettirigani bilan ham qadrlidir.

Ko‘plab milliy tarixiy maktablarda mamlakatning zamonaviy tarixining boshlanishi uning xorijiy hukmronlikdan ozod bo‘lganligi va mustaqil milliy davlat tashkil topishi bilan belgilanadi. Zamonaviy tarixni davrlashtirishga boshqa yondashuvlar tarafdorlari "hozirgi zamon" atamasida hozirgi zamon bilan bevosita

bog‘liq bo‘lgan davrni nazarda tutadilar. Ular XX asr tarixi yoki hozirgi tarix haqida gapirishni afzal ko‘radilar. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston tarixshunosligi muhim o‘zgarishlarga uchradi. Sovet partiyasi mafkurasining rad qilinishi munosabati bilan u yangi bosqichga o‘tdi, ijtimoiy rivojlanish ehtiyojlari oldiga yangi nazariy va uslubiy darajani egallash, yangi ilmiy yo‘nalishlarni ishlab chiqishni boshlash vazifasi qo‘yildi. Ko‘pgina mutaxassislarning fikriga ko‘ra, O‘zbekistonning zamonaviy tarixi 1989 yildan boshlanadi. Mazkur sana bilan bog‘liq voqealar - sovet totalitar tuzumining so‘nggi o‘n yilligidan boshlab chuqur inqiroz pallasiga kirganligi, xususan, respublikalarning milliy, iqtisodiy, ijtimoiy manfaatlariga e'tiborsizlik bilan xarakterlanadi. O‘zbekiston tarixidagi ushbu murakkab davrda siyosiy sahnada yangi shakllangan lider - Islom Abdug‘anievich Karimov paydo bo‘ldi. Uning oqilona siyosati tufayli respublikaning manfaatlari himoya qilindi, mamlakatni siyosiy va iqtisodiy inqirozdan, ichki va tashqi mojarolardan qutqarish mumkin bo‘ldi. I.A.Karimov davlat rahbari sifatida faoliyat boshlagan kundan boshlab, milliy mustaqillik g‘oyasini ilgari surdi va nihoyat,1991 yil avgust oyida O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi e'lon qilindi. Suveren davlat sifatida O‘zbekistonning eng yangi tarixi butun insoniyat tarixiy taraqqiyotining yangi bosqichiga to‘g‘ri keladi va shuning uchun ham u zamonamizning global voqealari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan eng yangi tarixning ajralmas qismiga aylandi. Tarixdan ma'lumki, ko‘plab xalqlarning mustaqillikka erishishi, ularning nafaqat yangi shakllangan davlatlari tarkibini, balki xalqaro maqomini ham o‘zgartirgan va bu "yaqin tarix" tushunchasini belgilashda muhim omillardan biri bo‘lgan.

Bu o‘rinda yangi va zamonaviy zamon o‘rtasidagi tarixiy davrni bir voqea sodir bo‘lgan sana bilan emas (juda katta miqyosda bo‘lsa ham), balki jamiyatning turli sohalaridagi sifat o‘zgarishini ko‘rsatadigan hodisa va jarayonlarning umumiy miqyosi doirasida aniqlash kerak. Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib, O‘zbekistonni mustaqil rivojlanishining mohiyati, mazmuni va ahamiyatini baholab, mamlakat yaqin tarixini quyidagi bosqichlarga bo‘lish mumkin. Birinchi bosqich: 1989 yildan 1991 yilgacha. Bu bosqich - yangi rahbarning siyosat maydonida paydo bo‘lishi, milliy istiqlol g‘oyasining pishib yetilishi, SSSRning parchalanib ketishi negizida yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish bilan bog‘liq sa'y-harakatlar bilan tavsiflanadi. Ikkinchi bosqich: 1991 - 2000 yillar. Bu - ustuvor islohotlar va o‘zgarishlardan milliy davlatchilik asoslarini shakllantirish hamda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri. Tarixan qisqa vaqt ichida "taraqqiyotning o‘zbek modeli" ni tanlab olish natijasida milliy davlat shakllanishi uchun ishonchli qonunchilik va huquqiy asos yaratildi. Davlat boshqaruvining yangi tuzilmalari yuzaga keldi, jamoat va fuqarolik institutlarining asoslari barpo etila boshlandi, bozor iqtisodiyotiga o‘tish amalga oshirildi. Uchinchi bosqich: 2001-2010 yillar. Bu bosqichda - mamlakatni faol demokratik yangilash va modernizasiya qilish boshlandi. Bu davrning asosiy vazifasi kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga bosqichma-bosqich o‘tish edi. Shu negizda siyosiy va iqtisodiy hayotning barcha jabhalarini demokratlashtirish va liberallashtirish, davlat va jamiyat qurilishi, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qiladigan, fuqarolarning siyosiy va iqtisodiy faolligini oshiradigan, fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantiradigan mustaqil sud tizimini mustahkamlash jarayonlari davom etdi. To‘rtinchi bosqich: 2010-2016. Bu bosqichda mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va modernizasiya qilish jarayoni davom etmoqda. Ushbu bosqich davlat hokimiyati va boshqaruvini yanada demokratlashtirish sud- huquq tizimini, axborot sohasini isloh qilish, so‘z erkinligini ta'minlash, saylov qonunchiligini rivojlantirish, demokratik bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirish bo‘yicha islohotlarning huquqiy asoslarini yaratish bilan tavsiflanadi.

O‘zbekistonning zamonaviy tarixining beshinchi bosqichi 2017 yildan boshlandi. O‘zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tashabbusi bilan 2017-2021 yillarda O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining yangi konsepsiyasi ishlab chiqildi. Ushbu tarixiy hujjat mustaqillikni qo‘lga kiritilganidan boshlab, mamlakatni demokratik yangilash va rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlarni rivojlantirishni aks ettiradi, unda davlat va jamiyat rivojlanishining yangi bosqichida modernizasiyani yanada davom ettirishning strategik dasturi belgilab berilgan. Ushbu bosqich davlat hokimiyati va boshqaruvini yanada demokratlashtirish, sud-huquq tizimini, axborot sohasini isloh qilish, so‘z erkinligini ta'minlash, saylov qonunchiligini rivojlantirish, demokratik bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirish bo‘yicha islohotlar uchun huquqiy asoslarni yaratishni davom ettirish bilan tavsiflanadi. Ta'kidlash joizki, zamonaviy davrga oid har xil qarashlarni hisobga olgan holda, O‘zbekistonning eng yangi tarixini davrlashtirish bilan bog‘lik mazkur bosqichlarni, avvalo, tarixchi foydalanishi kerak bo‘lgan vosita sifatida ko‘rib tushunish kerak va bu boshqa mutaxassislarning fikrlari bilan mos kelmasligi ham mumkin. Zamonaviy tarixni o‘rganishning dolzarbligi uning zamonaviy hayotga ta'sir ko‘rsatadigan voqealarni tushunishga yordam berishi bilan belgilanadi. Bu voqealarning tarixiy ahamiyati va mohiyati nimada.? Ayrim siyosatchilarning roli qanday, bu voqealarning rivojlanishi qanday ssenariylarga ega va ular zamonaviy jarayonlar bilan qanday bog‘liq? Bu yaqin tarix javob berishi kerak bo‘lgan savollar. Javoblar esa, mutaxassislarning voqea-hodisalarni qay darajada rivojlanish va kelajak bilan bog‘liq tendensiyalarni qay tarzda idrok etish qobiliyati bilan bog‘liq. Davlatimiz rahbari bugungi tinch va osoyishta hayotni saqlashga, mustaqillikni mustahkamlashga bir necha bor da'vat qilar ekan, o‘sib kelayotgan avlod tomonidan istiqlolga erishish tarixini chuqur o‘rganish muhimligini, qanday qiyin yo‘ldan o‘tganimizni va yana nima qilishimiz kerakligini alohida ta'kidlaydi. O‘zbekistonning eng yangi tarixi hali institutsional xususiyatga ega emas, ya'ni, mustaqil metodikaga, ilmiy ishlarga va o‘quv-uslubiy ta'minotga ega emas. So‘nggi yillarda mamlakatimiz tarixidagi voqealar ko‘lami va ularning dinamikasi uni fan va ta'lim oldida tizimli ravishda tushunish masalasini ko‘taradi. Bundan tashqari, "yangi avlodning o‘quv, ilmiy va uslubiy adabiyotlari va nashrlarini tayyorlash, O‘zbekistonning eng yangi tarixini global va mintaqaviy jarayonlar bilan uzviy bog‘liq holda, shuningdek, mintaqada shakllangan sivilizasiya, xalqlar va davlatlarning tarixiy va madaniy merosini mushtarak tarzda o‘rganishni taqozo etadi. Yoshlar mustaqil ravishda ma'lumot qidirishlari, turli manbalarni tanqidiy qabul qilishlari va tahlil qilishlari, o‘zlarining fuqarolik pozisiyalarini dalillar bilan taqdim etishlari kerak.

O’zbekistonning eng yangi tarixi” o’quv fanining predmeti -O’zbekistonning qariyb 70 yillik zulmdan qutilib, shu kunlargacha bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy-ma’naviy taraqqiyoti davrlari jarayonini o’rganish. “O’zbekistonning yeng yangi tarixi” fani dunyoda yeng qadimiy va boy tarixga yega bo’lgan o’zbek xalqining bir necha ming yillik tarixiy va ma’naviy taraqqiyotini o’rganuvchi va o’rgatuvchi, tarixidan g’urur va iftixor tuyg’ularini uyg’otuvchi fandir. Markaziy Osiyoda, jumladan, O’zbekistonda yashab kelayotgan xalqlar jahon fani va madaniyati hazinasiga munosib hissa qo’shib kelmoqdalar. O’zbek halqi Markaziy Osiyodagi barcha halqlar qatorida doimo yerkinlik, hurlik, ozodlik va mustaqillik uchun mustamlakachilar va yot kelgindilarga qarshi kurash olib borgan va shu jihatdan u o’zining chuqur ildiz otgan an’analariga yegadir. O‘zbekistonning eng yangi tarixi hozirgi bosqichda milliy ongni shakllantirishning ob'ektiv ahamiyati tufayli tobora ko‘proq e'tiborni jalb qilayotgan nisbatan yosh o‘quv kursi hisoblanadi. O‘zbekistonning zamonaviy tarixini o‘qitishning asosiy yo‘nalishi demokratik fuqarolik ta'limi tizimini mustahkamlash bo‘lib, natijada demokratik fuqarolik madaniyati vujudga keladi. O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘qitish jarayonida yoshlarda ularning mafkuraviy qarashlarini, ongli fuqarolik hulq-atvorlarini rivojlantirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni tarbiyalash katta ahamiyatga ega. Zamonaviy dunyoning ma'naviy me'yorlari va umuminsoniy qadriyatlariga rioya qilish - erkin, adolatli, demokratik jamiyat fuqarosi bo‘lish, muloqot, tahliliy fikrlash, boshqalarga nisbatan bag‘rikenglik, o‘z-o‘zini anglash, mustaqil bo‘lishga erishish, tashabbuskorlik va uni qo‘llab-quvvatlash ko‘nikmalarini o‘zlashtirish orqali amalga oshirilishi o‘rganilishi kerak. Ma'lumki, tarix insoniyat jamiyatini rivojlantirish fani sifatida turli xil jamoalarni tashkil etuvchi, ma'lum munosabatlarda bo‘lgan shaxslar va guruhlarning xatti-harakatlarining umumiyligini o‘rganadi. Shuning uchun tarixning predmeti - bu shaxslarning xatti-harakatlari va jamiyatdagi munosabatlarning umumiyligidir. Tarixni bilish jarayoni uch tarkibiy qismdan iborat: tarixiy bilish ob'ekti, tadqiqot mavzusi va bilish usuli.



Tarixshunoslik ko‘plab avlodlarning tajribalarini umumlashtirib, yangi tarixiy dalillar bilan boyitib, rivojlanishning bir necha bosqichlarini bosib o‘tdi. Bu faktlarni to‘plash, tizimlashtirish, baholashga asoslangan. Tarixiy bilish sohalari orasida fuqarolik tarixi, siyosiy tarix, davlat va huquq tarixi, davlat boshqaruvi tarixi, iqtisodiyot tarixi, harbiy tarix, din tarixi, ijtimoiy tarix, madaniyat tarixi, musiqa, til, adabiyot va boshqalar ajralib turadi. Boshqa har qanday fan singari, yaqin tarix ham ma'lum tarixiy voqealarni tushuntirish va o‘rganishga yordam beradigan boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqdir. Masalan, psixoanaliz usullaridan foydalanib, tarixchilar tarixiy shaxslarning xatti-harakatlarini sharhlashga muvaffaq bo‘lishdi. Geografiya va tarix o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tufayli tadqiqotlarning kartografik usuli paydo bo‘ldi. Tilshunoslikka oid yondoshuvlar sintezi asosida esa, uzoq va yaqin tarix haqida ko‘p narsalarni o‘rganish mumkin bo‘ldi.Tarix va falsafa, sosiologiya, matematika va boshqalar o‘rtasidagi aloqalar ham juda yaqin. Boshqa fanlar bilan bunday aloqalar tarixiy izlanishlarni osonlashtiradi, o‘rganilayotgan ob'ekt to‘g‘risida kengroq ma'lumot olishga imkon beradi. Yordamchi maxsus tarixiy fanlar ham mavjud. Yordamchi tarix fanlariga an'anaviy ravishda paleografiya, diplomatiya, genealogiya, geraldiya, sfragistika, epigrafiya, tarixiy metrologiya, numizmatika, xronologiya, tarixiy geografiya va boshqalar kiradi. Ular tarixshunoslikning ma'lum turlari, shakllari bilan shug‘ullanadigan maxsus, nisbatan mustaqil sohalardir. Qo‘shimcha tarixiy fanlar nisbatan torroq masalalarni batafsil o‘rganib chiqish orqali tarixiy jarayonni chuqurroq tushunishga hissa qo‘shadi. Yordamchi tarix fanlariga tarixiy manbalarni o‘rganuvchi manbashunoslik, tarixshunoslik, tarixiy geografiya, tarixiy geneologiya va boshqalar kiradi. Tarix psixologiya, falsafa, sosiologiya, siyosatshunoslik, yuridik fanlar, adabiyot va boshqalar kabi boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqada bo‘lish bilan birga, ulardan farqli ravishda tarix butun jamiyatning rivojlanish jarayonini o‘rganadi, ijtimoiy hayotning barcha hodisalarini, barcha jihatlarini o‘zaro bog‘liqlikda tahlil qiladi. Ijtimoiy, iqtisodiy va texnik fanlarning har biri esa insoniyat jamiyatining rivojlanishi davomida o‘zga xos tarixiy yo‘lni bosib o‘tgan. Tarix, shuningdek, bir necha, jumladan ijtimoiy ahamiyatga molik kognitiv, intellektual va mafkuraviy funksiyalarga ham egadir. Kognitiv funksiya - bu mamlakatning tarixiy yo‘lini o‘rganish va ob'ektiv ravishda tarixchilik nuqtai nazaridan davlat tarixini tashkil etuvchi barcha hodisalar va jarayonlarni aks ettirishni o‘z ichiga oladi. Ikkinchi funksiya, deyarli siyosiy. Uning mohiyati shundan iboratki, tarix fan sifatida tarixiy faktlarni nazariy tushinish asosida jamiyat taraqqiyotining naqshlarini ochib beradigan, ilmiy asoslangan siyosiy yo‘nalishni rivojlantirishga, xato va bir tomonlama qarorlardan qochishga yordam beradi. O‘tmish, hozirgi va kelajakning birligi odamlarning o‘z tarixiga bo‘lgan qiziqishining ildizidir. Kishilik jamiyati o‘z taraqqiyotida qaerga va qay tarzda borish kerakligini aniqlash uchun u qaerdan kelib chiqqanligi, qaysi millat va davlatga mansubligini hamda qanday tarixiy yo‘lni bosib o‘tganligini bilishi kerak. Uchinchi funksiya mafkuraviylik. Tarix o‘tmishdagi ko‘zga ko‘ringan voqealar, jamiyat rivoji uchun javobgar bo‘lgan mafkuralar haqidagi aniq hujjatli suratlarni o‘rganadi. Binobarin, dunyo, jamiyat, uning rivojlanish qonuniyatlari haqidagi nuqtai nazar ilmiy bo‘lishi mumkin qachonki, albatta, agar u ob'ektiv voqelikka, tarixiy dalillarga asoslangan bo‘lsa. Boshqacha qilib aytganda, tarix haqiqatni emas, balki zamon va makonda haqiqatan ham sodir bo‘lgan voqea-hodislarni asoslash uchun ana shular negizida dalil qidiradi. Uning faktik tarmog‘i jamiyat ilm-faniga asoslanadi. Natijada ob'ektiv voqelikning to‘la tasavvur etish va ilmiy bilimlarning to‘liqligini ta'minlash mumkin bo‘ladi.

Tarix juda katta tarbiyaviy ta'sirga ega. O‘z xalqining tarixi va dunyo tarixini bilish kishida vatanparvarlik va internasionalizm kabi fuqarolik fazilatlarni shakllantiradi, shaxsning jamiyat rivojidagi rolini ko‘rsatadi, jamiyat oldidagi mas'uliyati va fuqaroning huquq va burchlari kabi toifalarni o‘rganishga imkon beradi, jamiyat va odamlarning yomonliklarini, ularning inson taqdiriga ta'sirini o‘ylashga, jamiyatni rivojlanishda ko‘rishga, ijtimoiy hayot hodisalarini ularning o‘tmishiga nisbatan baholashga va keyingi voqealar yo‘nalishi bilan o‘zaro bog‘lashga o‘rgatadi. Tarixiy bilish uchun ma'lum usullardan foydalaniladi. Tadqiqot usuli sifatida bilish bizga bilim qanday amalga oshirilishini, qanday ilmiy prinsiplarga asoslanganligini aniqlashga imkon beradi. Tarixiy bilishning eng keng tarqalgan usullari ikki ming yil oldin paydo bo‘lgan tarixiy jarayonga nisbatan ikki yondoshishdir, ya'ni, tarixni idealistik va materialistik tushunish. Tarixni bilish uchun tahlil qilish, sintez qilish, tavsif zarur.

O’zbekistonning eng yangi tarixi” o’quv faning vazifasi – mustaqillikka yerishish arafasida O’zbekistonda yuzaga kelgan murakkab vaziyatni hamda mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hamda boshqa sohalardagi islohotlarning mazmun-mohiyatini tushinish, ularni Vatanga sadoqat va muhabbat ruhida tarbiyalash hamda milliy g’ururni shakllantirishdan iborat.

Institut bakalavr yo’nalishida ta’lim olayotgan talabalar bilishi kerak bo’lgan umumiy bilim doirasi “O’zbekistonning eng yangi tarixi “fani oldiga quyidagi vazifalarni qo’yadi:

Birinchidan, Yurtimiz tarixini o’qish va o’rganish jarayonida yoshlarda tarixiy bilimlar, ilmiy-nazariy tushunchalar va tasavvurlar shakllanmog’i lozim. Chunki voqyea va hodisalarni bilmasdan, ular haqida tushuncha va tasavvurga yega bo’lmasdan turib mustaqillik xaqidagi dunyoqarash haqida gap yuritish mumkin yemas;

Ikkinchidan, Vatan tarixini yoritish, o’qitish va o’rganish jarayonida chuqur ilmiylik, xolislik, tarixiy haqiqatning ustivorligi asosiy va bosh yo’nalish bo’lishi lozim;

Uchinchidan, tarixining har bir satri, har bir varog’i milliy qadriyatlarga hurmat ruhi bilan sug’orilgan bo’lishi va milliy g’oya va milliy mafkurasining kamol topishiga xizmat qilishi darkor;

To’rtinchidan, Vatan tarixining boshidan oxiriga qadar singib ketgan asosiy g’oya - otashin vatanparvarlik, baynalminalchilik, insonparvarlik kabi ulug’ fazilatlarga qaratilmog’i kerak;

Beshinchidan, Vatan tarixi fani mustaqil respublikamizning siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ijtimoiy qadriyatlarining yanada mustahkamlanishi va ravnaq topishiga xizmat qilishi, davr va zamon bilan hamnafas bo’lmog’i ayni muddaodir.

Umuman olganda, O’zbekistonning eng yangi tarixini o’rganish va uni o’qitishning dolzarb muammolari bo’yicha keng munozaralarning zaruratini chuqur anglagan holda olimlar, pedagog xodimlar va maorifning boshqa vakillarini tarix ilmi va fani masalalarini keng ommaga yetkazish hamda matbuotda faol muhokama qilish zarur. Jamiyatimiz, ayniqsa, yosh avlod ona Vatanimizning yaqin o’tmishini tushunishga, murakkab, jo’shqin va jadal sur’atlar bilan davom yetayotgan mamlakatimiz mustaqilligining tarix solnomasini tizimli o’rganishga, uni to’laqonli anglab yetishga katta yehtiyoj sezmoqda. Mazkur sharafli ijtimoiy vazifani amalga oshirish yesa o’zbek tarixchilarining ilmiy va fuqarolik burchidir .

O‘zbekistonning eng yangi tarixi - bu nafaqat akademik bilim va o‘qitish, balki tarixiy xotirani shakllantirish, vatanparvarlik va faol fuqarolik pozisiyasini qaror toptirish yo‘lidir. O‘zbekistonning zamonaviy tarixini bilish - yoshlarga XX asr oxiri – XXIasr boshlarida milliy tarix voqealarini mustaqil tarzda baholashga, jahon tarixi kontekstidagi va davlatimiz taraqqiyotidagi eng muhim tendensiyalarni ko‘rish, O‘zbekistonning zamonaviy dunyoda tutgan o‘rni haqida tasavvurni shakllantirish, mamlakatning yangi strategik yo‘nalishini, uning ichki va tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini tushunishiga xizmat qiladi..

“Yaqin tarix” tushunchasi an'anaviylikdan farqli o‘laroq, tarixning "eng yangi" falsafasi mavzusiga aylanadi. U insoniyat va jamiyat taraqqiyotining muammolarini yangi iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy nuqtai nazardan ko‘rib chiqishga asoslangan. U o‘zgaruvchan dunyo hodisalarini tadqiqot ob'ekti sifatida qarab, voqea-hodisalarni tarixshunoslikning bir bo‘lagi sifatida o‘rganadi. Muayyan vaziyatlarni tekshirish usuli - tarixiy yondashuvga asoslanadi. Faktor tahlili - ma'lum mezonlarga ko‘ra, turli omillarni guruhlashdan foydalanish, o‘rganilayotgan ob'ektning tuzilishini bilish, sifat va miqdoriy tavsiflarni taqsimlash bo‘yicha; sosiologik tadqiqotlar va og‘zaki tarix usullari - rasmiy manbalar bilan bir qatorda, ushbu voqealar ishtirokchilarining xotiralaridan foydalanishga, mavzuni kengroq va chuqurroq ko‘rib chiqishga, turli darajadagi jarayonlarning o‘zaro munosabati va o‘zaro ta'sirini tahlil qilishga imkon beradi. Ko‘p bosqichli tahlildan foydalanish - qaror qabul qilishning asosiy prinsipi va mexanizmlarini aniqlashga yordam beradi.

O’zbekistonning eng yangi tarixi” o’quv faning maqsadi-mustaqillikka erishish arafasida O’zbekistonda yuzaga kelgan murakkab vaziyatni, ularning sabablari va oqibatlarini; mustaqillik yillaridagi o’zgarishlarni, O’zbekistonning eng yangi tarixi masalalarini, zamonaviy jarayonlarda O’zbekistonning jahon hamjamiyatidagi o’rnini tarixiylik va xolislik nuqtai nazaridan ;O’zbekistonning eng yangi tarixi muammolarini o’rganish, dunyoqarashni mustahkamlashda milliy mustaqillik g’oyasini qo’llay bilish, atrofida sodir bo’layotgan jarayonlarga o’z munosabatini bildira olish, jamiyat va inson dunyoqarashi rivojida tarix fanining o’rnini anglash va bugungi kunda sodir bo’layotgan voqyealarning tarixdagi muhim voqyealar bilan bog’liqligini bilish kerak.



Davlatimiz rahbarining 2017 yil 30 iyundagi “O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O’zbekistonning eng yangi tarixi bo’yicha jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil yetish to’g’risida”gi qarorni imzoladi. Qarorda Jamoatchilik kengashi oldiga O’zbekistonning eng yangi tarixini tizimli, haqqoniy va xolis tarzda o’rganishni tashkil yetish, yangi avlod ilmiy va o’quv-uslubiy adabiyotlarni yaratish hamda mamlakatimizning dunyodagi o’rni va rolini ko’rsatishga qaratilgan qator vazifalar qo’yilgan. Mazkur hujjatda ko’rsatilgan vazifalarni bir-birini to’ldiruvchi ikki yo’l orqali ro’yobga chiqarish lozim.

Birinchi yo’l – yangi avlod ilmiy va o’quv adabiyotlarini yaratish.

Ikkinchi yo’l – mavjud bilimlarni yoshlarga targ’ib yetish va o’qitish.

Sobiq tuzum davrida davlat va yakkapartiyaviylik tizimi shaxs ustidan yalpi hukmronligini o‘rnatgan edi. Fuqaroning huquqiy himoyalanmagani, boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik usullari, har qanday muqobil fikrlashning tazyiq ostiga olinishi ko‘p odamlarda chorasizlik tuyg‘usini uyg‘otib, real hayotdan uzoqlashish istagini oshirdi. “Siyosiy autsayderlar” deb ataluvchi kishilar sonining o‘sishi, jamiyatda ijtimoiy pessimizm va boqimandalikning kuchayishiga sabab bo‘ldi.

Afsuski, bugungi kunda ham jamiyatda eski davrga xos bo‘lgan ijtimoiy ongning retsidivlari muayyan darajada saqlanib qolmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ushbu holatni nazarda tutgan holda O‘zbekistondagi siyosiy partiyalarni jiddiy tanqid ostiga olib, quyidagilarni ta’kidladi: “Ochiq aytish kerak, siyosiy partiyalarda bu sohada haligacha xotirjamlik, qandaydir mudrab o‘tirish kayfiyati hukm surmoqda. Hech kimga foydasi bo‘lmagan majlislar soatlab davom etmoqda, tanqidiy tahlil o‘rniga mayda masalalar bilan o‘ralashib, dolzarb muammolarning yechimi chetda qolib ketmoqda”. Bugun kuchli fuqarolik jamiyatni qurish vazifasi tobora ko‘proq dolzarblik kasb etmoqda. Uning amalga oshirilishi real va faol ko‘p partiyali tizimni shakllantirishni talab etayotir.

O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganishda yuqorida ta’kidlab o‘tilgan vazifalar qatorida jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy isloh qilishdagi o‘zbek modelining konseptual asoslarini idrok etish, davlatimizning global va mintaqaviy integratsiya jarayonlarida ishtiroki bilan bog‘liq masalalarning to‘g‘ri va haqqoniy tahlilini xalqimiz va kelajak avlodga yetkazish burchimizdir.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti mamlakat milliy davlatchiligining vujudga kelishi va taraqqiy topishining eng yangi tarixini o‘rganish, ilmiy, ilmiy-ommabop, o‘quv-metodik, ma’rifiy adabiyotlarni tayyorlash va chop etish borasidagi yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalaridan biri. Institutda O‘zbekiston eng yangi tarixining turli jabhalarini tadqiq etuvchi “Yangi va eng yangi tarix”, “Etnologiya va antropologiya”, “Tarixshunoslik va manbashunoslik” bo‘limlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu yerda eng yangi tarixni o‘rganishda tarix, xalqaro munosabatlar nazariyasi, sotsiologiya, antropologiya, etnologiya, falsafa, iqtisodiy nazariya, siyosiy muammolarni qamrab olgan yangi fanlararo yondashuvlar tahlili amalga oshirilmoqda. Yana ahamiyatli jihati, institutning olti nafar yetakchi olimi Jamoatchilik kengashi a’zosi hamdir.

Olimlar tomonidan “Buyuk va muqaddas, mustaqil diyor”, “O‘zbekistonning eng yangi tarixi: nazariy-metodologik asoslari, o‘rganish tajribasi, manba va uslublar”, “O‘zbekiston yoshlari ijtimoiy-madaniy islohotlar jarayonida”, “O‘zbekistonning eng yangi tarixidan lavhalar”, “Farg‘ona vodiysi shaharlarida iqtisodiy transformatsiya jarayonlari (1991-1996-yillar)” kabi qator to‘plam va monografiyalarning nashr etilishi O‘zbekistonning eng yangi tarixiga oid amalga oshirilgan qator ilmiy-tadqiqot loyihalar natijasi, deyish mumkin.

Institutda xorij davlatlari bilan hamkorlikda ishlash yanada takomillashib borayotir. Bugun “Yangi va eng yangi tarix” bo‘limi xodimlarining ilmiy ishlanmalarini chet elda nashr etilgan yigirmadan ortiq monografiyada o‘qish imkonimiz bor ekanligi quvonarli. Bundan tashqari, Rossiya, Germaniya, Yaponiya, AQSh, Belgiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Hindiston, Shveytsariya, Shvetsiya, Gollandiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston kabi davlatlar ilmiy nashrlarida yuzdan ortiq maqola chop etilgan. Bo‘lim xodimlari eng yangi tarixning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan va jahonning turli mamlakatlarida o‘tkazilgan o‘nlab nufuzli xalqaro konferensiyalarda faol qatnashib kelmoqda.

Bugungi kun talab va ehtiyojlari asosida institut xodimlari va yetakchi malakali mutaxassislar tomonidan tayyorlangan “O‘zbekiston Respublikasining eng yangi tarixi” darsligi chop etilish arafasida. Jamoamiz O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari davlat muzeyi bilan hamkorlikda ishlab, ularga doimiy amaliy ko‘mak berib kelmoqda. Shu bilan birga, institutimizning xorijiy mamlakatlar ilmiy markazlari bilan hamkorligi yanada mustahkamlanib borayotir.

Bu kabi sa’y-harakatlar albatta e’tiborli. Lekin shu kungacha O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganish chuqur va har tomonlama tadqiq etilgan emas. Jamoatchilik kengashi zimmasiga yuklatilgan vazifalar to‘laqonli bajarilmaganligi sababli ilm-fanning ta’lim va boshqa ijtimoiy sohalar bilan integratsiyasi mexanizmlari yetarli darajada faollashmadi. Kengashning ishchi organi – O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz cheklangan imkoniyatlari sabab bu davr bo‘yicha mavjud adabiyotlarni qayta ko‘rib chiqishni talab darajasida amalga oshirmadi. Ayniqsa, O‘zbekiston tarixi bo‘yicha zamonaviy chet el ilmiy va o‘quv adabiyotlarini o‘rganish va tahlil etish mohiyat jihatidan qoniqtirmaydi.

Bundan tashqari, bizda, afsuski, O‘zbekistonning eng yangi tarixi turli aspektlarini o‘rganish bilan shug‘ullanayotgan mutaxassislarning (tarixchilar, sotsiologlar, siyosatshunoslar, faylasuflar, iqtisodchi olimlar, huquqshunoslar) tarqoqligi, ular faoliyatini muvofiqlashtirish talab darajasida emasligi yaqqol ko‘rinib qolmoqda. Bugun ilmiy gumanitar hamjamiyat vakillarining hamkorligisiz va birgalikda sarflanadigan kuch-g‘ayratisiz hozirgi zamon tarixining mazmunini tushunish murakkabligi barchaga ayon. Ana shunday bir paytda davlatimiz rahbarining O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi qarori kengash va tarixchilarga muhim yo‘riqnomalarni belgilab berdi. Institut olimlari va kengashning faoliyatini qayta ko‘rib chiqish, tariximizni mufassal ifoda etadigan tadqiqotlar, kitoblar, monografiya va darsliklar yaratish masalasini tez va sifatli hal etmoq talabini qo‘ymoqda.

Mazkur qarorda belgilanganidek, institut va kengash a’zolari qator rejalar, amalga oshirilishi zarur bo‘lgan masalalarga jiddiy kirishgan. Unda siyosat, iqtisod, madaniyat, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida sodir bo‘layotgan voqealar asosida O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganish bo‘yicha kompleks yondashuvni ta’minlash inobatga olingan. Ushbu vazifalarning ilmiy idrok etilishi va hal qilinishi muayyan darajada tarix fani mavjud tushuncha-metodologik arsenalining tanqidiy tahlili va tegishli tarzda O‘zbekistonning eng yangi tarixiga oid turli voqealarni tadqiq etish bilan shug‘ullanayotgan barcha ilmiy yo‘nalishlarning nazariy salohiyati yangilanishi bilan bog‘liqdir.

Umuman olganda, O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganish va uni o‘qitishning dolzarb muammolari bo‘yicha keng munozaralarning zaruratini chuqur anglagan holda olimlar, pedagog xodimlar va maorifning boshqa vakillarini tarix ilmi va fani masalalarini keng ommaga yetkazish hamda matbuotda faol muhokama qilish zarur. Jamiyatimiz, ayniqsa, yosh avlod ona Vatanimizning yaqin o‘tmishini tushunishga, murakkab, jo‘shqin va jadal sur’atlar bilan davom etayotgan mamlakatimiz mustaqilligining tarix solnomasini tizimli o‘rganishga, uni to‘laqonli anglab yetishga katta ehtiyoj sezmoqda. Mazkur sharafli ijtimoiy vazifani amalga oshirish esa o‘zbek tarixchilarining ilmiy va fuqarolik burchidir.


Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish