1.Reja: “O’zbekistonning eng yangi tarixi” o’quv fanining predmeti, maqsad va vazifalari.
Vatanimiz mustaqilligi – biz uchun kuch-qudrat va ilhom manbai, taraqqiyot va farovonlik asosi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yillik bayramiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi nutqi
Assalomu alaykum, qadrli vatandoshlar!
Muhtaram mehmonlar!
Xonimlar va janoblar!
Bugun yurtimizda ulug’ bayram, katta tantana. Ko’pmillatli O’zbekiston xalqi jonajon Vatanimiz istiqlolining shonli o’ttiz yillik to’yini zo’r shodu xurramlik bilan nishonlamoqda.
“Yangi O’zbekiston” deb nom olgan mana shu muazzam bog’da biz bugun birinchi marta Mustaqillik bayramini o’tkazmoqdamiz.
Shu munosabat bilan siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni chin qalbimdan tabriklab, o’zimning samimiy va eng ezgu tilaklarimni bildiraman.
Aziz do’stlar!
Barchamizga ayonki, el-yurtimiz asrlar davomida ozod va erkin hayotni, adolatli jamiyatni orzu qilib yashadi. Bu muqaddas maqsad yo’lida jon olib, jon berib kurashdi, mashaqqatli sinovlarni mardona yengib o’tdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |