Burunning pushti rang husnbuzarlari va rinofima
Pushti rang husnbuzarlar – vegetativ innervatsiyaning
mahalliy buzilishi natijasida vaqt-vaqti bilan teri va teri osti
qon tomirlari kengayishi sababli burun terisining qizarib
turishidir. Kasallik tufayli qon tomirlarining kengayishi
keyinchalik teleangioektaziyalar paydo bo‘lishiga olib ke-
ladi. Bu joylarda biriktiruvchi to‘qima o‘sib burun kattala-
shadi. Odamning yuz tuzilishi o‘zgarib ketadi. Bu kasallik
rinofima deyiladi.
Bu kasallik ko‘proq ovqat hazm qilish tizimida kasalligi
va qabziyati bo‘lgan bemorlarda, shuningdek, ko‘p spirtli
ichim lik ichgan, sovqotgan odamlarda uchraydi.
Davolashni keltirib chiqaruvchi omilni bartaraf qilish-
dan boshlash lozim. Mahalliy davodan 10% li rezorsin
malhami bilan applikatsiya qilish tavsiya etiladi. Rinofima
bo‘lgan bemorlar terisining o‘sgan qismlari kesib tashlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |