Yot jismiar va rinolitlar
Burunga yot jismlar kirib qolishi ko‘proq bolalar va
ruhiy bemorlar orasida uchraydi. Ko‘p hollarda olcha da-
nagi, pista, o‘yinchoqlarning mayda qismlari va shunga
o‘xshash narsalar burun bo‘shlig‘ida turib qoladi. Bunda
bir tomonlama nafas olishning qiyinlashuvi, tumovning
uzoq vaqt tuzatilmasligi kuzatiladi.
Burunda yot jismlar mavjudligini aniqlashda oldingi va
orqa rinoskopiya, rentgenografiyadan foydalaniladi.
Yot jismlar uchi to‘mtoq ilgak bilan olib tashlanadi.
Agar burunga hasharotlar kirib qolsa burun bo‘shlig‘ini
natriy xlor eritmasi bilan yuvib uni chiqariladi. Agar yot
jism burun bo‘shlig‘ida uzoq vaqt turib qolsa u asta-sekin
ohakli va kalsiy fosfatli tuzlar qatlami bilan qoplanib – rin-
olit – burun toshiga aylanadi. Rinolitlar aniqlangan zahoti
olib tashlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |