Quloq tomoq



Download 3,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/173
Sana31.12.2021
Hajmi3,3 Mb.
#250308
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   173
Bog'liq
quloq tomoq va burun kasalliklari

Davolash.  Burni qonayotgan bemorga birinchi yor-
dam ko‘rsatishda unga tinch sharoit yaratish zarur. Buning 
uchun ko‘pchilik hollarda bemorning boshini baland qilib 
yotqizib (boshiga 2–3 ta yostiq qo‘yib), unga burun qano-
tini burun to‘sig‘iga 10–20 daqiqa bosib turish buyurilsa, 
burun qonashi to‘xtaydi. Bunda bemor burnini qoqmasli-
gi kerak. Bu yordam bermasa, adrenalin yoki vodorod 
peroksidga ho‘llangan steril paxta bo‘lakchasini burunga 
kiritiladi. Bemor bu tamponni ma’lum vaqtgacha burun 


89
to‘sig‘iga bosib turishi kerak bo‘ladi. Burundan qon kam 
oqqanda uni shu yo‘l bilan osonlikcha to‘xtatish mumkin. 
Burun tez-tez qonasa yaxshisi reflektor va burun kengay-
tirgich bilan qon oqayotgan joyni topish, unga adrenalin 
qo‘shilgan 5%li kokain eritmasini surtish, so‘ngra zondga 
joylangan kumush nitrat kristali, xrom kislota yoki uch xlor 
sirka kislota yoki galvanokauter bilan kuydirish kerak.
Burun dahlizini kengaytirib va peshona reflektori bilan 
burun bo‘shlig‘ini yoritib turib, maxsus pinset yoki bu-
run kornsangi bilan butun burun bo‘shlig‘ini old tomon-
dan tamponada qilinadi. Uzun doka tampon bilan burun 
bo‘shlig‘ining orqa bo‘limlari, pastki va o‘rta burun yo‘llari 
hamda burun dahlizi birin-ketin to‘ldiriladi (37-rasm).
Bu barcha tadbirlar yordam bermasa, bemorni zudlik 
bilan statsionarga yotqizish shart. Kamdan-kam hollarda, 
ayniqsa burun va halqum operatsiyasidan so‘ng, shuning-
dek, burun shikastlanganda qon to‘xtatish uchun bu usullar 
yordam bermaydi va orqa tomondan burun bo‘shlig‘i tam-
ponadasini qo‘llashga to‘g‘ri keladi.
Pastki burun yo‘li orqali halqumga ingichka rezi-
na kateter kiritiladi; uning uchi yumshoq tanglay orqa-
sida ko‘ringandan so‘ng uni kornsang bilan ushlanadi va 
og‘izdan tashqariga chiqariladi. Oldindan halqumga mos 
keladigan doka tampon tayyorlab qo‘yiladi va uni ikki 
qavat pishiq iрak iр bilan uzunasiga va ko‘ndalangiga bo-
lishchaga o‘xshatib bog‘lab, iрning uchta uchi bo‘sh qoldi-
riladi. Kateterning og‘izdan chiqib turgan uchiga tampon-
ning ikkita iрi bog‘lanadi, shundan so‘ng kateterni tortib 
burundan chiqariladi. Kateterga bog‘langan ikkala iрni esa 
burun teshigidan chiqarib yechib olinadi. Shu ikkala iрni 
o‘ng qo‘l bilan qattiq tortib turib, chap qo‘lning ko‘rsat-
kich va o‘rta barmoqlari yordamida tamponni og‘iz orqali 
halqumga kiritiladi, so‘ngra tamponni iрlaridan tutib turib, 
burun bo‘shliqlari ham tamponlanadi, og‘izdan va burun-
dan chiqarilgan iр uchlarini burun teshigi oldida, paxta 
bolishcha ustida bog‘lanadi (38, 39-rasmlar).


90
Quloq kasalliklari yuz berishidan saqlanish uchun tam-
ponni halqumdan 1–2 sutkadan keyin chiqariladi. Tam-
ponni, uchinchi (og‘izdan chiqqan) iрdan ushlab tortib 
olinadi.
Burun ko‘p qonab bemor ahvolini og‘irlashtirib qo‘ygan 
hollarda 10% li kalsiy xlorid eritmasini ichish buyuriladi va 
qonning ivishini oshirish uchun vitamin «K» preparati – 
vikasol qo‘llaniladi. Bularning nafi bo‘lmasa kichik dozada 
(50–100 ml dan) qon quyiladi. Qansharga sovuq kompress, 
ensaga esa muzli xalta qo‘yish mumkin. Burundan kuchli 
qon ketganda tashqi uyqu arteriyasini bog‘lash – so‘nggi 
chora hisoblanadi.
39-rasm. Burun orqa tamponadasi.
38-rasm. Burun-halqum tamponi 

Download 3,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish