Quloq tomoq



Download 3,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/173
Sana31.12.2021
Hajmi3,3 Mb.
#250308
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   173
Bog'liq
quloq tomoq va burun kasalliklari

hajmini aniqlash.


91
O‘TKIR VA SURUNKALI RINITLAR 
O‘tkir rinit
O‘tkir rinit eng ko‘p uchraydigan kasallik hisoblanadi. 
Etiologik omili jihatidan o‘tkir rinit yuqumli va yuqumsiz 
bo‘lishi mumkin.
Yuqumli rinitni keltirib chiqaruvchi mikroblarga strep-
tokokk, stafilokokk, pnevmokokk, Fridlender tayoqchasi 
kiradi. Sovqotish natijasida organizmning reaktiv kuchi va 
immunobiologik xususiyatlari susayadi, natijada mikrob-
larning rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratiladi. Burun 
shilliq qavatining o‘tkir infeksion yallig‘lanishi shunday 
yuzaga keladi. O‘tkir yuqumsiz rinitlar ko‘pincha mexanik 
va kimyoviy omillar ta’sirida kelib chiqadi. Ko‘p hollarda 
yuqumsiz rinit yuqumli rinitga o‘tishi mumkin, chunki 
jarohatlangan shilliq qavatlarga atrof-muhitdagi patogen 
mikroblar ta’sir qilib, uni yallig‘lanishiga sabab bo‘ladi.
Klinik manzarasi va morfologiyasi bo‘yicha o‘tkir rinit 
3 ta bosqichga yoki fazaga bo‘linadi:
1. Boshlang‘ich bosqich – burun shilliq pardasining 
qurishi hamda nafas olganda va chiqarganda og‘riq, et 
uvishishi kuzatiladi.
2. Sekretsiya bosqichi – birinchi fazadan 1–2 soatlar 
o‘tgach yuzaga chiqadi, bunda burun bitishi, bosh og‘rishi, 
juda ko‘p suvli suyuq sekret ajralishi, aksirish, tana haro-
ratining ko‘tarilishi kuzatiladi.
3. Uchinchi bosqich – bir necha kundan so‘ng yuzaga 
chiqadi, bunda burundan quyuq yiringli ajralmalar chiqadi, 
bosh og‘riydi, bemor bo‘shashib, o‘zida lohaslik sezadi.
O‘tkir rinit shilliq qavatning giрeremiyasi va shishishi-
dan boshlanadi. So‘ngra yallig‘lanishning barcha belgilari, 
ya’ni Sels tetradasi: rubor, tumor, calor, dalor kuzatiladi. 
Bemor aksirib, burni achishadi, nafas olish qiyinlashib, pe-
shona atrofida og‘riq paydo bo‘ladi. Organizmning himoya 
kuchiga qarab tana harorati ko‘tarilishi mumkin. Burun 


92
shilliq qava tining hajmi kengayib ketganidan burun orqali 
nafas olib bo‘lmaydi. Emizikli bolalarda esa bu emishga 
xalaqit beradi. Burun kataklarining berkilib qolishi bemor 
ovozini o‘zgar tirib, u manqalanib gapiradi.
Burundan ko‘p miqdorda tiniq suyuqlik ajrala boshlay-
di, so‘ngra ajralmalar quyuqlashib yiringli tusga kiradi.
Asoratlari.  Tumovga yengil kasallik sifatida qarab 
bo‘lmaydi. Chunki uning oqibatida nafaqat burun va burun 
oldi bo‘shliqlari, balki boshqa qo‘shni a’zolar (o‘rta qu-
loq, miya) kasalliklari ham kelib chiqishi mumkin. O‘tkir 
kataral rinit butunlay tuzalib ketishi, yoki surunkali tus 
olishi mumkin.
Davosi:
1. O‘tkir rinit endi boshlangan paytda bemorga infeksi-
yaga qarshi ta’sir qiladigan remantadin, dibazol, interfer-
on, IRS-19 preparatlaridan berish kerak.
2. O‘tkir tumovda simptomatik davo ham qilinadi
ya’ni bosh og‘rig‘ini qoldiruvchi va isitmani tushiradigan 
preparatlar, darmondorilar buyuriladi va ko‘p miqdorda 
suyuqlik ichish tavsiya etiladi. Mahalliy davolashda burun 
bo‘shlig‘iga 2 tomchidan 2% li protargol, kollargol, naf-
tizin, sanorin, tizin, pinosol tomiziladi, 2% li adrenalin 
eritmasiga namlangan turunda qo‘yiladi.

Download 3,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish