91
O‘TKIR VA SURUNKALI RINITLAR
O‘tkir rinit
O‘tkir rinit eng ko‘p uchraydigan kasallik hisoblanadi.
Etiologik omili jihatidan o‘tkir rinit yuqumli va yuqumsiz
bo‘lishi mumkin.
Yuqumli rinitni keltirib chiqaruvchi mikroblarga strep-
tokokk, stafilokokk, pnevmokokk,
Fridlender tayoqchasi
kiradi. Sovqotish natijasida organizmning reaktiv kuchi va
immunobiologik xususiyatlari susayadi, natijada mikrob-
larning rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratiladi. Burun
shilliq qavatining o‘tkir infeksion yallig‘lanishi shunday
yuzaga keladi. O‘tkir yuqumsiz rinitlar ko‘pincha mexanik
va kimyoviy omillar ta’sirida kelib chiqadi. Ko‘p
hollarda
yuqumsiz rinit yuqumli rinitga o‘tishi mumkin, chunki
jarohatlangan shilliq qavatlarga atrof-muhitdagi patogen
mikroblar ta’sir qilib, uni yallig‘lanishiga sabab bo‘ladi.
Klinik manzarasi va morfologiyasi bo‘yicha o‘tkir rinit
3 ta bosqichga yoki fazaga bo‘linadi:
1. Boshlang‘ich bosqich – burun shilliq pardasining
qurishi hamda nafas olganda va chiqarganda og‘riq, et
uvishishi kuzatiladi.
2. Sekretsiya bosqichi – birinchi fazadan 1–2
soatlar
o‘tgach yuzaga chiqadi, bunda burun bitishi, bosh og‘rishi,
juda ko‘p suvli suyuq sekret ajralishi, aksirish,
tana haro-
ratining ko‘tarilishi kuzatiladi.
3. Uchinchi bosqich – bir necha kundan so‘ng yuzaga
chiqadi, bunda burundan quyuq yiringli ajralmalar chiqadi,
bosh og‘riydi, bemor bo‘shashib, o‘zida lohaslik sezadi.
O‘tkir rinit shilliq qavatning giрeremiyasi va shishishi-
dan boshlanadi. So‘ngra yallig‘lanishning barcha belgilari,
ya’ni Sels tetradasi: rubor, tumor, calor, dalor kuzatiladi.
Bemor aksirib, burni achishadi, nafas olish qiyinlashib, pe-
shona atrofida og‘riq paydo bo‘ladi.
Organizmning himoya
kuchiga qarab tana harorati ko‘tarilishi mumkin. Burun
92
shilliq qava tining hajmi kengayib ketganidan burun orqali
nafas olib bo‘lmaydi. Emizikli bolalarda esa bu emishga
xalaqit beradi. Burun kataklarining berkilib qolishi bemor
ovozini o‘zgar tirib, u manqalanib gapiradi.
Burundan ko‘p miqdorda tiniq suyuqlik ajrala boshlay-
di, so‘ngra ajralmalar quyuqlashib yiringli tusga kiradi.
Asoratlari. Tumovga yengil
kasallik sifatida qarab
bo‘lmaydi. Chunki uning oqibatida nafaqat burun va burun
oldi bo‘shliqlari, balki boshqa qo‘shni a’zolar (o‘rta qu-
loq, miya) kasalliklari ham kelib chiqishi mumkin. O‘tkir
kataral rinit butunlay tuzalib ketishi, yoki surunkali tus
olishi mumkin.
Davosi:
1. O‘tkir rinit endi boshlangan paytda bemorga infeksi-
yaga qarshi ta’sir qiladigan remantadin, dibazol, interfer-
on, IRS-19 preparatlaridan berish kerak.
2. O‘tkir tumovda
simptomatik davo ham qilinadi,
ya’ni bosh og‘rig‘ini qoldiruvchi va isitmani tushiradigan
preparatlar, darmondorilar buyuriladi va ko‘p miqdorda
suyuqlik ichish tavsiya etiladi. Mahalliy davolashda burun
bo‘shlig‘iga 2 tomchidan 2% li protargol, kollargol, naf-
tizin, sanorin, tizin, pinosol tomiziladi, 2%
li adrenalin
eritmasiga namlangan turunda qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: