Quloq tomoq


TASHQI QULOQ KASALLIKLARI



Download 3,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/173
Sana31.12.2021
Hajmi3,3 Mb.
#250308
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   173
Bog'liq
quloq tomoq va burun kasalliklari

TASHQI QULOQ KASALLIKLARI
Quloq shikastlari
Mexanik jarohatlanishlar. Quloq suprasi yuzasining ja-
rohati uning ezilishi, lat yeyishi, tishlanishi va boshqalar 
tufayli yuz beradi. Ayrim hollarda quloq suprasi qisman yoki 
to‘liq (butunlay) yirtilgan bo‘ladi. Jarohatga o‘z vaqtida 
kerakli tibbiy davo choralarini ko‘rsatish uni tez bitishiga 
yordam beradi va xunuk chandiqlar qolishining oldini oladi.
Quloq suprasi jarohatlanganda infeksiyalanadi. Ayniq-
sa, tibbiy yordamning kechiktirib ko‘rsatilishi xondrit yoki 
perixondrit (tog‘ay usti pardasining yallig‘lanishi) kasalligi 
kelib chiqishiga sabab bo‘ladi, bu esa keyinchalik tog‘ayning 
erib ketishiga hamda quloq suprasi shaklining o‘zgarishiga 
sabab bo‘ladi.
Jarohat tog‘ayga o‘tmasdan, yuza joylashgan bo‘lsa 
unga 5% li yod nastoykasi surtilib, penitsillin yoki streptot-
sid kukuni purkaladi. Chuqur jarohatlar umumiy jarrohlik 
qoidalariga binoan yuqumsizlantiriladi. Yordam ko‘rsatish 
sxemaga rioya qilgan holda qoqsholga qarshi zardob kiri-
tish bilan tugallanadi. Keyingi kunlarda bog‘lamni har kuni 
almashtirib turiladi. Fizioterapiya muolajalari yordamida 
va antibiotiklar bilan davolaniladi.
Birlamchi jarrohlik  ishlovlaridan ancha keyin jarohat 
yiringlasa, chok iрlari olib tashlanadi va  yiringni yo‘qotish 
uchun zaruratga qarab terini qo‘shimcha yana kesiladi. Ja-
rohat bunday hollarda ikkilamchi bo‘lib bitadi.
Otogematoma. Quloq suprasining lat yeyishi yoki uzoq 
ezilishi tufayli kelib chiqishi mumkin. Otogematoma – bu 


35
tog‘ay va tog‘ay usti pardasi oralig‘iga qon quyilishidir. 
Tekshirib ko‘rilganda, odatda quloq suprasining oldingi 
yuzasining yuqori yarmida joylashgan fluktuatsiya qilib tu-
radigan aylana shaklidagi qizil-ko‘kimtir shish aniqlanadi. 
Paypaslab ko‘rilganda ko‘pincha og‘riqli bo‘ladi. Ichidagi 
suyuqlik qon va limfadan iborat bo‘ladi. Ba’zi hollarda 
tog‘ay usti pardasining ostiga infeksiya tushishi sababli 
otogematoma yiringlaydi.
Uncha katta bo‘lmagan otogematoma quloq suprasiga 
bosib turadigan bog‘lamlar qo‘yilganda o‘z-o‘zidan so‘ri-
lib ketadi. Katta otogematomalarda uni teshib, ichidagi 
suyuqlik so‘rib olinadi va bir necha kunga bosib turadigan 
bog‘lam qo‘yiladi. Yiringlaganda esa, keng qilib kesiladi va 
antiseptik eritmada yuvib, so‘ng bosib turadigan bog‘lam 
qo‘yiladi. Agar tog‘aylar singan bo‘lsa ularni to‘g‘rilab, 
ularga ham bosib turadigan bog‘lam qo‘yiladi.

Download 3,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish