Quloq tomoq



Download 3,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/173
Sana31.12.2021
Hajmi3,3 Mb.
#250308
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   173
Bog'liq
quloq tomoq va burun kasalliklari

O‘tkir stenoz. Hiqildoq sohasidagi nafas yo‘lining o‘tkir 
torayishi inson hayotini ta’minlaydigan barcha asosiy funk-
siyalarini tezda buzib, bemor o‘limiga sabab bo‘lishi mum-
kin.
O‘tkir stenoz to‘satdan yoki nisbatan juda qisqa vaqt 
ichida paydo bo‘ladi. U, odatda, ko‘pgina kasalliklarning 
simptomi hisoblanadi. Stenozning kechishi ko‘pincha qay-
tariladigan bo‘ladi.
Hiqildoqning o‘tkir stenozida shifokor tomonidan tezda 
ko‘rsatiladigan shoshilinch yordam, asosiy patofiziologik 
omillar quyidagilar:
1) tashqi nafasning yetishmovchilik darajasi;
2) organizmning kislorod tanqisligiga reaksiyasi hisob-
lanadi.
O‘tkir stenoz avj olganda rezerv yoki moslashish mexa-
nizmlarining shakllanish imkoniyatlari kam bo‘lganligidan 
u yoki bu funksiyaning falajlanishiga sabab bo‘lishi mum-
kin. Moslashish reaksiyalariga nafas olish, gemodinamik, 
qon va to‘qima reaksiyalari kiradi. Nafas olish reaksiyalari 
nafas qisishi bilan namoyon bo‘ladi, u o‘pka ventilatsi-
yasining oshishiga olib keladi, xususan, nafas olishning 
chuqurlashishi yoki tezlashishi sodir bo‘ladi. Gemodina-
mik kompensator reaksiyalariga taxikardiya, tomir tonusi-
ning oshishi kiradi, bu qonning daqiqalik hajmini 4–5 
marta oshiradi.
Bu mexanizmlar giрoksiya va giрerkapniyani ma’lum 
darajada kamaytirishi mumkin. O‘pkada havo almashuvi-
ning yetishmovchiligi o‘pkaga har bir bemor uchun indi-
vidual bo‘lgan qandaydir minimum havo hajmining kiri-
shi hisobiga qoplanishi mumkin. Bu sharoitda stenozning 
zo‘rayishi og‘ir patologik reaksiyalarga olib keladi.
Stenoz darajasiga qarab shovqinli og‘ir nafas olish, 
o‘mrov usti chuqurchalarining ichiga botganligi, qo-
vurg‘alar orasining ichiga tortilganligi, nafas ritmining bu-
zilishi kuzatiladi. Bularning hammasi ko‘ks oralig‘ida man-


165
fiy bosimning oshishiga bog‘liq. Og‘ir stenozda bemorni 
qo‘rquv bosadi, bezovtalanadi (u yoqdan bu yoqqa harakat 
qiladi, turib qochmoqchi bo‘ladi), yuzi qizarib ketadi, ko‘p 
terlaydi, yurak faoliyati, me’daning sekretor funksiyasi va 
buyrakning siydik ajratish funksiyasi buziladi.
Stenoz davom etganda puls tezlashadi, lab va tirnoq-
larning ko‘karib ketishi kuzatiladi. Bu organizmda kar-
bonat kislotaning to‘planishi bilan bog‘liqdir. Ayni vaqtda 
hansirash kuchayadi.
Stenozning  klinik  kechishini to‘rt bosqichga bo‘lish 
mumkin:
I bosqich – kompensatsiya bosqichi. Organizm o‘z im-
koniyatlaridan kelib chiqib nafas tanqisligini yenga oladi.
Nafas olish uzayib, nafas chiqarish vaqti qisqaradi. Teri 
qoplamlarining rangi o‘zgarmaydi, nafas yetishmovchiligi 
kuzatilmaydi, yurganda hansirash paydo bo‘ladi.
II bosqich – subkompensatsiya bosqichi. Chuqur nafas 
olinadi, uzoq va shovqinli bo‘ladi, nafas chiqarish keskin 
va qisqa bo‘ladi. Bemor bezovtalanadi, majburiy holatda 
o‘tirib qoladi. Yurak urishi tezlashadi, akrosianoz kuzati-
ladi.
III bosqich – dekompensatsiya bosqichi. Bemor juda 
bezovtalanadi, tovushi chiqmaydi. Nafas olishi tezlashib, 
yuzaki bo‘ladi. Yuzi sovuq ter bilan qoplanadi, akrosianoz 
yuzi, bo‘yni, ko‘krak qafasini qamrab oladi; tirnoqlari 
ko‘karib ketadi, es-hushi xiralashadi.
IV bosqich – asfiksiya bosqichi. Bu terminal bosqich-
da iрsimon puls, Cheyn-Stoks shaklidagi nafas kuzatiladi. 
Ixtiyorsiz siydik va najas ajralishi mumkin. Bu bosqichda 
bemor o‘ladi.
Davolash.  Hiqildoq stenozining barcha bosqichlarida 
bemorni zudlik bilan gospitalizatsiya qilish kerak. Agar 
bunga imkon bo‘lmasa shoshilinch yordam ekstremal sha-
roitda ko‘rsatilishi kerak.

Download 3,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish