Asosiy ozuqaviy modalar-oqsil, yog’lar, KARBONSUVlar, mineral moddalar va vitaminlarning biologik roli va asosiy manbalari



Download 40,92 Kb.
bet1/11
Sana05.07.2022
Hajmi40,92 Kb.
#740727
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
To‘liq oqsilli ovqatlanishning ozuqaviy va gigienik jixatlari, karbonsuvlarning gigienik va tibbiy biolagik muammolari. Yog’lar va lipidlarning gigienik ahamiyati.


ASOSIY OZUQAVIY MODALAR-OQSIL, YOG’LAR, KARBONSUVLAR, MINERAL MODDALAR VA VITAMINLARNING BIOLOGIK ROLI VA ASOSIY MANBALARI

Oqsillar hayot uchun zarur oziq modda bo‘lib, ular organizmdagi barcha hayotiy jarayonlar negizini tashkil qiladi. Ular har bir hujayra yadrosi va protoplazmasining strukturasiga kiradi. Oqsillar asosan plastik funk-siyani bajaradi, ya’ni organizm undan qurilish materiali sifatida foydalanadi. Ayni vaqtda u issiqlik hosil qilish hususiyatiga ham ega.


Oqsillarning etarli bo‘lishi organizm ish faoliyatini oshiradi hamda uning kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyatini kuchaytiradi. Organizmda oqsillar etarli bo‘lsa, boshqa moldalarning ham biologik hususiyati faollashadi. Odam iste’mol qiladigan ovqatda ko‘pincha oqsil kam bo‘ladi, bu esa ko‘pincha alimentar kasalliklarning kelib chiqishiga olib keladi. Oqsillar yosh organizmning o‘sib-ulg‘ayishi uchun ham, 25 yoshdan keyin hujayralarni yangilash uchun ham zarur. Demak, oqsil organizmda almashtirib bo‘lmaydigan essensial modda bo‘lib, usiz hayot, o‘sish va rivojlanish bo‘lmaydi.


Oqsil quyidagi hususiyatlarga ega:
- Oqsilning etarli miqdori va biologik qiymati organizm ichki muhitini optimal holatda saqlaydi, ish qobiliyatini, kasallikka qarshi chidamliligini oshiradi.
- Oqsilning etarli miqdori vitaminlarning biologik hususiyati oshishiga sharoit tug‘diradi. oqsil etishmasligi alimentar kasalliklarni keltirib chiqaradi.
- Oqsillar fermentlar, gormonlar, plastik jarayonlar strukturasi va katalitik funksiyasini ta’minlaydi. Bu esa o‘sish va rivojlanishga yordam beradi.
- Oqsillar immun tanachalar, gamma-globulin, qon oqsili—properdin, miozin va aktin, gemoglobin, rezorpsin; hujayra membranasi tuzilishida ishtirok etadi.
- Oqsillar energiya balansida qatnashadi.


Oqsil etishmovchiligi
Oqsil etishmasligi natijasida alimentar distrofiya, marazm va kvashiorkor kasalligi yuzaga keladi.
Alimentar distrofiya va marazm organizmda oziq moddalar, oqsillar, yog‘lar, karbonsuvlarning etishmasligidan kelib chiqadi. Bu kasalliklar organizmda oziq 'moddalarning hazm bo‘lishi buzilishi natijasida ham kelib chiqishi mumkin (endogen).
Kvashiorkor ko‘proq Afrika qit’asida uchraydi. U asosan ko‘krakdan ajratilib, karbonsuvli (uglevodli) ovqatlarga o‘tkazilgan bolalarda faqat oqsil etishmasligi natijasida kelib chiqadi, Bunda bolalarning o‘sishi sustlashib, tana og‘irligi kamayadi. Oqsil etishmasligidan organizmning himoyalanish qobiliyati pasayadi. Ayni vaqtda ichki sekretsiya bezlari faoliyatida ham jiddiy o‘zgarishlar ro‘y beradi. Qalqonsimon bez, jinsiy bezlar va buyrak usti bezining gormon ishlab chiqarish faoliyati susayadi. Oqsil etishmasligi natijasida jigarda ham o‘zgarishlar yuz beradi, xolin miqdori kamayib ketadi, yog‘ esa jigarda to‘planib boradi va yog‘li infiltratsiya yuzaga keladi. Oqsil etishmovchiligining og‘ir oqibatlaridan biri alimentar distrofiyadir. Bu kasallik to‘yib ovqatlanmaslik natijasida kelib chiqadi. Qabul qilingan ovqat organizmning yo‘qotgan energiyasini qoplamaydi. Natijada odam ozib, uning ish qobiliyati pasayib ketadi. Hozirgi vaqtda alimentar distrofiyaning shishli, shishsiz turi, avitaminoz bilan birga kechuvchi va avitaminozsiz turlari mavjud. Kasallik kechishiga qarab I, II va III darajalarga farqlanadi. A.A.Makarchev va boshqalarning aniqlashicha, ovqatda oqsilning kam bo‘lishi ham, keragidan ortiqcha bo‘lishi ham miya faoliyatiga salbiy ta’sir etar ekan.

Download 40,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish