Hiqildoq anginasi
Hiqildoq anginasi – hiqildoqda joylashgan limfoid
to‘qimalarning o‘tkir yallig‘lanishi. Yallig‘lanish qattiq
sovuq qotish, griрp, terlab turib muzdek suyuqlik ichish
hamda yot jismlar bilan hiqildoq shilliq qavatining jarohat-
lanishi sababli kelib chiqishi mumkin.
Bemor yutinganda, bo‘ynini qimirlatganda kuzatiladi-
gan og‘riqdan shikoyat qiladi, uning ovozi o‘zgarib, nafas
olishga ham qiynaladi. Tana harorati 38°C gacha ko‘tarilib,
puls tezlashadi. Regionar limfa tugunlari kattalashib, pay-
paslaganda og‘riq seziladi.
Laringoskopiyada hiqildoq shilliq pardasining bir to-
mon lama yoki uning chegaralangan bo‘lagi qizargani va
infil tratsiyalanganligi ko‘rinadi.
Kasallik cho‘zilib ketsa, hiqildoq abssessi rivojlanishi
mumkin.
Davolash. Kuchli antibiotiklar, sulfanilamidlar beriladi,
bo‘yinga kompress, oyoqqa xantalli vannalar qilinadi. Na-
fas olish og‘irlashgan hollarda traxeostomiya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |