Quloq tomoq



Download 3,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/173
Sana31.12.2021
Hajmi3,3 Mb.
#250308
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   173
Bog'liq
quloq tomoq va burun kasalliklari

Burunni tekshirish. Tashqi bu-
run qo‘shimcha bo‘shliqlari yuzi-
dagi proyeksiyalar ko‘zdan ke-
chiriladi.
Tashqi burun, peshona suy-
agi kovaklarining oldingi va pastki devorlari, yuqori jag‘ 
suyak kovaklari oldingi devori, shuningdek, bo‘yin re-
gional limfatik tugunlari paypaslab ko‘riladi.
Oldin burunning bir tomoni, so‘ngra ikkinchi tomonida 
nafas olish funksiyasi navbatma-navbat aniqlanadi. Buning 
uchun burunning o‘ng qanotini chap qo‘lning II barmog‘i 
bilan burun to‘sig‘iga bosiladi. O‘ng qo‘l bilan esa kichik 
paxta bo‘lakchasi burunning chap dahliziga yaqinlashtirila-
di va bemordan odatdagidek kuch bilan nafas olish va nafas 
chiqarish so‘raladi. Paxta bo‘lakchasining u yo‘q-bu yo‘qqa 
og‘ishiga qarab havo o‘tishining qiyinlik darajasi aniqla-
nadi. Burunning o‘ng tomoni bilan nafas olishni aniqlash 
uchun o‘ng qo‘lning II ko‘rsatkich barmog‘i bilan burun-
ning chap qanotini burun to‘sig‘iga bosiladi, chap qo‘l 
31-rasm. Diafonoskopiya.


76
bilan esa, paxta bo‘lakchasini burunning o‘ng dahliziga 
yaqinlashtiriladi, shuningdek, bemordan qisqa nafas olish 
va chiqarishi so‘raladi.
Burun orqali nafas olish normal, qiyin bo‘lishi yoki 
butunlay nafas olib bo‘lmasligi mumkin. Burunning nafas 
olishi bemorning shikoyatiga, paxta bo‘lakchasi bilan tek-
shirishdan olingan ma’lumotlarga, rinoskopiya natijasiga 
asoslanib baholanadi. Burunning nafas olish faoliyatini 
L.B.Daynyak, N.A.Melnikova rinopnevmometri yordami-
da aniqlash mumkin.
Burunning hid bilish funksiyasi olfaktometrik yig‘mada-
gi hidli moddalarni burunning har bir katagiga navbat-
ma-navbat hidlatish orqali yoki olfaktometrik asbob 
yordamida  aniqlanadi.  Hid  bilishni  aniqlash  usuli  nafas          
olishni aniqlash usuliga o‘xshash. Hid bilish funksiyasini 
aniqlayotganda bemor shu moddaning hidini aytishi kerak.
Hid bilish normal (normosmiya), past (giрosmiya), 
buzilgan (kokosmiya) yoki butunlay yo‘q (anosmiya) bo‘li-
shi mumkin.
Rinoskopiya oldingi, o‘rta va orqangi bo‘lishi mumkin. 
Burun dahlizini ko‘zdan kechirish uchun o‘ng qo‘lning 
I barmog‘i bilan burun uchi ko‘tariladi. Burun dahlizi 
odatda ochiq, devorlari tukchalar bilan qoplangan bo‘ladi. 
Oldingi rinoskopiyada navbatma-navbat avval burunning 
bir tomoni, so‘ngra ikkinchi tomoni ko‘zdan kechiriladi. 
Chap qo‘lning ochiq kaftiga tavaqalari pastga qilib burun 
kengaytirgich olinadi: chap qo‘lning I barmog‘ini burun 
kengaytirgichning vintiga, II va III barmoqlarni tashqari-
dan branshga   qo‘yiladi.   IV va V  barmoqlar  burun ken-
gaytirgichning branshlari orasida bo‘lishi kerak. Barmoq-
larning bunday joylashishi burun kengaytirgichni ochish 
va yopishga imkon beradi. Chap qo‘lining tirsagi tushirila-
di, qo‘lning barmoqlari burun kengaytirgich bilan birga 
harakatlana olishi kerak. Oldingi rinoskopiya qilayotganda 
boshni kerakli tomonga qarab burish uchun o‘ng qo‘lning 
kafti bemorning boshi tepasiga qo‘yiladi.


77
Burun kengaytirgichning tavaqalari yopiq holda be-
morning o‘ng burun dahliziga 0,5 sm ga kiritiladi. Chap 
qo‘lining II va III barmoqlari bilan burun kengaytir-
gichning branshlariga bosiladi va o‘ng burun dahlizini 
shunday kengaytirish kerakki, bunda burun kengaytirgich 
tavaqasining uchi burun bo‘shlig‘i shilliq pardasiga teg-
masin.
Boshning to‘g‘ri holatida burunning o‘ng tomoni ko‘zdan 
kechiriladi: shilliq pardasi pushti rangda, yuzasi tekis, bu-
run to‘sig‘i o‘rta chiziqda bo‘lishi, burun chig‘anoqlari 
katta  lashmagan, umumiy burun yo‘li bo‘sh va ochiq bo‘li-
shi kerak. Burunning chap tomoni ham shunga o‘xshash 
ko‘zdan ke chiriladi. Burun kengaytirgichni quyidagicha 
tartibda chiqarib olinadi: IV va V barmoqlar bilan kengay-
tirgichni o‘ng dastasini orqaga tortib, branshning ishchi 
qismi butunlay yopilmagan holda burundan chiqarib olina-
di (burun ke ngaytirgichning ishchi qismi branshlari to‘la 
yopilib qolsa, burun dahlizidagi mo‘ylarni qisib qolishi 
mumkin).
Burunning orqa bo‘limlarini ko‘zdan kechirish uchun 
rinoskopiya qilinadi (epifaringoskopiya). Buning uchun 
burun-halqum ko‘zgusini dastasiga o‘rnatib, ko‘zguli oy-
nasi qizdiriladi (ko‘zguning isish darajasini barmoqlar-
ning tashqi yuzasiga qo‘yib ko‘rib tekshiriladi). Ko‘zgu 
dastasi o‘ng qo‘lda, shpatel chap qo‘lda turadi. Bun-
da shpatelning ostki yuzasida I barmoq, yuqori yuza-
sida II, III va IV barmoqlar tursin. Shpatelni bemor 
og‘zining o‘ng burchagidan kirgizib, tilni shpatelning 
uchi bilan bosiladi. Shu bilan bir vaqtda bemor og‘zi-
ni chap burchagidan yuzasini yuqoriga qaratgan holda 
burun-halqum ko‘zgusini kiritib tanglay pardasi orqasi-
ga o‘tkaziladi; ko‘zguni sekin-asta aylantirib burunning 
orqa qismlari birin-ketin ko‘zdan kechiriladi. Shunda 
burun chig‘anoq larining orqa qismlari, burun yo‘llari, 
dimog‘ suyagi ko‘rinadi. Ushbu usul burun-halqumni 
ko‘zdan kechirishga ham imkon beradi.


78

Download 3,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish