TASHQI BURUN KASALLIKLARI
Burun saramasi
Saramas – gemolitik streptokokk qo‘zg‘atadigan va
terida o‘tkir yallig‘lanishga xos o‘zgarishlar bilan kechadi-
gan yuqumli kasallik.
Kasallik bemorning umumiy ahvolining og‘irlashuvi bi-
lan boshlanadi, bunda tana harorati ko‘tariladi, et uvu-
shadi, yaqin joylashgan limfatik tugunlar kattalashadi.
Zararlangan burun terisi qizarib, pufakchalar bilan
qoplanadi, tekshirilganda og‘riq bo‘ladi.
Burun saramasi bilan og‘rigan bemorni darhol statsio-
narga yotg‘izish kerak. Kasallik umumiy va mahalliy davo-
lanadi. Yallig‘langan joylarga malhamli antiseptik bog‘lam-
lar qo‘yiladi. Gemolitik streptokokka ta’sir qiladigan anti-
biotiklardan foydalanish maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |