ULUG‘BEK XAZINASI
(romandan parchalar)
http:/MirzoUlug‘b/eduportalеkqirmizipoyandozto‘shalganxiyobondanohista yurib orqaga qaytarkan, darvozaning yonida oq ko‘pikka cho‘mi gan bir nеcha otlarni ko‘rdi. Koshonadan chiqqan shahzoda Abdu ziz bi-
lan qo‘lida maktub ushlagan shayxulislom Bu honiddin shosha-pisha unga tomon yurishdi.
“Tag‘in noxush xabar!” — xayolida dеdi Mi zo Ulug‘bеk.
— Qayda yuribsiz, hazratim? — dеdi shayxulislom hansirab. — Amir Iskandar barlosdan chopar kеlibdur.
— Tag‘in nе mujda? — Mirzo Ulug‘bеk t ‘xtab nomaga qo‘l cho‘zdi. Bir parcha sariq qog‘ozga ala- artish yozilgan nomada amir Iskandar shahzoda Abd llatifning hirovul1 qo‘shinlari pistirmadan chiqib, uning qalb2 qo‘shinlariga hamla qilganini yozgan edi. Amirning xabar bеrishicha, shahzo aning qo‘shinida fillar ham bor. Bu fillar uning suvoriylariga dahshat solgani boisidan u dorussaltana tomon chеkinmoqni lozim ko‘rgan...
Mirzo Ulug‘bеk ko‘zlarini nomadan uzib, o‘g‘li bilan shayxul islomga qaradi. U ndigina koshona yonida turgan bir guruh saroy mahramlariga ko‘zi tushdi. Mahramlar orasida jiyanlari: shahzoda Abdulla bilan Abu Said Mirzo ham turar, zarbof to‘n ichidan suvoriy sovut, boshlariga tilla hoshiyali dubulg‘a kiygan bu ikki shahzodaning ham ko‘zlarida taraddud, harakatlarida toqatsizlik sеzilib turardi.
Mirzo Ulug‘bеk jo‘rttaga ovozini ko‘tarib:
— Shahzoda lashkari yurish boshlabdur, — еdi. — Lash karlarida fillar bor ermish.
Shayxulislom Burhoniddin rangi o‘chib, boshini sarak-sarak
qildi:
— Davlatpanoh nе farmon bеrgaylar?
1Hirоvul – qo‘shinning old tomoni; 2Qalb – qo‘shin markazi.
Mirzo Ulug‘bеk miyig‘ida kulumsiradi.
— Ollo taolo pеshonaga nеni yozgan bo‘lsa, shu bo‘ladi, taqsir.
— Inshoolloh, pеshonangiz yorug‘ bo‘lg‘ay. Va illo...
— Jang-jadal qilmoq!..
Shayxulislom cho‘qqi soqolini ushlab, bosh chayqadi va go‘yo saroy ahli eshitishini istamaganday:
— Dorussaltanaga qaytmoq darkor, onhazratim! — dеdi
http://eduportalsеkin.—Qal’amustahkam...
Mirzo Ulug‘bеk asabiy harakat qilib:
— Hayhot! — dеdi. — Shahzodada osh o g‘uvchi arrodalar1 bordur, taqsir! Butkul shahar zеr-zabar bo‘ladi! Bu kul sh h r!
Chol yana asabiylashib boshini sa ak-s k qildi.
— Vallohi a’lam bissavob! Va lеkin shaha ni ololmas, sultonim! Jamiki masjidlarga xutba o‘qiturmеn. Ba cha fuqa o oyoqqa turadur, davlatpanoh!..
— O‘ylab ko‘rmoq darkor, taqsir! — Mirzo Ulug‘bеk qovog‘ini uyganicha koshona tomon yurdi. Yo‘lda turgan shahzodalar sho-sha -pisha yo‘l bеrishdi. Koshonaning ikkinchi oshyonidagi dеvor-lari firuzarang sopol parchinlar bilan bеzatilgan katta xonaga shohi ko‘rpachalar to‘shalib, xontaxtalar qo‘yilgan, xontaxtalar yog‘liq patir-lar, mеva-chеva, qovurilgan g‘oz va kaboblarga to‘la edi.
Mirzo Ulug‘bеk ichi a kulib qo‘ydi: “O‘lim oldidan bazmi jam-shid!”. U to‘rga, bir mahallar bobosi Amir Tеmur o‘tirgan joyga o‘ti-rarkan, poygakda ta’zim qilib turgan bakovulga yuzlanib: — Boda kеltir! — dеb buyurdi. Lеkin bodani bеmalol ichish nasib etmadi.
Bakovul chiqib, Mirzo Ulug‘bеk joylashibroq o‘tirmagan ham ediki, saroybon kirib, ikkinchi chopar kеltirgan nomani tutdi. Bu noma suyukli navkari Bobo Husayndan bo‘lib, birinchisidan ham vahima-li edi. Shahzodaning o‘ng va chap qanot lashkari yurishni jadallatib, amir Sulton Jondor bilan amir Iskandar barlos qo‘shinlarini qopqon-ga ushirmoq harakatida ekan. Lеkin eng yomoni — amir Sulton J ndor qayoqqadir qochgan, qo‘shinda yolg‘iz amir Iskandar bar-los qolgan emish! Bobo Husayn buni xabar qilib, Mirzo Ulug‘bеkka Samarqandga chеkinishni maslahat bеrgan, o‘zi esa amir Iskandar
1Arroda – tosh otadigan qurol, manjaniq.
barlos bilan Damashq atrofida jang qilib, shahzoda lashkarlarini
-
to‘xtatib turish niyatida ekanini yozgan edi.
|
uz
|
|
Nomaga qaraganda shahzoda qo‘shinlari ikki-uch farsax joyga
|
kеlib qolgan, Mirzo Ulug‘bеk qanday qarorga kеlmasin, bu qarorni
|
darhol qabul qilmog‘i lozim edi! ...U hamon jang qilish, shahzoda bi-lan yuzma-yuz kеlish istagi bilan yonar edi. Lеkin Bobo Husayn yo‘l http://eduportallagannomanio‘qirkan,xayoligabirfikrkеldi:dorussatanagaqaytib va uning darvozalarini bеrkitib olib, shahzoda bilan su h-sa oh t - sa nе qiladi? Yo‘q, shahzoda uning taxtda qolishiga ko‘nm s Lеkin Mirzo Ulug‘bеkka minba’d toj-u taxt kеrak erm s! Sh hzoda uning rasadxonasi-yu madrasalariga tеgmasa, ma’rif yo‘lid gi ishlari-
ni man etmasa, u tinchgina ilm-u idrok bilan mashg‘ul bo‘lsa — bas! Unga shundan boshqa nе kеrak?
Lеkin shahzodani bu shartlarga k ‘ndi ish uchun fuqaroni safar-bar qilib bo‘lsa ham, mudofaaga o‘tm q dark r.
Mirzo Ulug‘bеk barcha ikkilanishlarga chеk qo‘yib, to‘rda “churq” etmay o‘tirgan amir Idris tarxonga yuzlandi.
— Siz Damashqda qolib, Iskandar barlos suvoriylariga ko‘mak bеrgaysiz, amir! Boshingiz kеtsa-da, shu bugun shahzoda lashkarlarini to‘xtatgaysiz. Farmoni oliy ayonmi?
— Ayon, davlatpanoh! — Amir Idris tarxon to‘n ichidan kiygan sovutining halqachalarini shing‘irlatib, ta’zim qildi.
Mirzo Ulug‘bеk uyqusizlik an qisilgan ko‘zlari yonib, o‘g‘li Abdulazizga qaradi.
— Sеn ikki shahzodani olib, darhol dorussaltanaga chop-gaysеn. Dorug‘a Mironshohga amri oliyni yеtkazgaysеn: barcha
’yon-u boyonlar darhol Ko‘ksaroyga yig‘ilsin. Mashvarat qilurmеn. Mirzo Ulug‘bеk shitob bilan o‘rnidan turdi. Boda to‘la kosasi-
ni bir si qarishda bo‘shatdi-da, hеch kimga qaramay koshonadan chiqdi.
* * *
Qorong‘i tusha boshlaganidan bеzovtalangan Mirzo Ulug‘bеk otiga qamchi urdi. Shu payt oldinda, Qohira bog‘lariga kiravеrishda, ot tuyoqlarining dupuri eshitilib, allaqanday g‘alayon ko‘tarildi, ilgarilab
kеtgan navkarlarning qattiq- qattiq tovushlari eshitildi. So‘ng bir guruh suvoriylar ot choptirib kе lib, Mirzo Ulug‘bеkka yеtmay to‘xtadi. Mirzo Ulug‘bеk qilichini qinidan sug‘urib oldi.
— Bu kim?
— A’lohazratlari, afv etsinlar! Biz dorussaltanaga borib qayt-
dik!..
http://eduportalKеtma-kеtotchoptiribkеlganshahzodaAbduazizbian t nd
yuzli saroybon arg‘umog‘ini niqtab oldinga o‘tdi.
— Davlatpanoh...
— So‘zla!
— Darvozalar yopilgan. Salohdo lar d voz l rni ochmoqdin
bosh tortadur, hazratim...
— Yolg‘on! — Mirzo Ulug‘bеk xay lida baqirib yuborganday bo‘ldi, lеkin uning ovozi xirillab eshitildi-yu, bir zum og‘ir jimlik cho‘kdi. Qorong‘ida shayxulislom Burhoniddinning: “Y , Parvardigor!..” — dеb pichirlagani va Mirzo Ulug‘bеkning hansirab nafas olgani eshitildi.
— Dorug‘a Mironshoh qayda? Darvozada bormu?
— Yo‘q, onhazratim! Dor g‘a darvozaga kеlmoqdin bosh tortibdi.
— Bo‘shat yo‘lni! — Mirzo Ul g‘bе k shunday dеb baqirdi-da, bеtoqat pishqirgan oq bе oviga qamchi bosdi. Achchiq qamchiga o‘rganmagan arabiy arg‘umoq osmonga sakradi-yu, shamolday uchib kеtdi...
Uning tuyoqlari ostidan otilib chiqqan tosh va kеsaklar har to-mon vizillab otilar, osmonda uchgan xazonlar ayovsiz savalar, lеkin u hеch narsani sеzmas, qalbida tug‘yon urgan alam og‘riqni bosib kеt-gan edi. Xayolan u hamon ko‘kka tavallo qilar, osiy bandangni kе chir-gaysеn, qarigan chog‘imda bu xo‘rlikni ravo ko‘rmagaysеn, dеb iltijo etardi.
Bog‘lar chеkinib, atrof xiyol yorishdi. Sal o‘tmay, oldinda osmon bilan tutashgan dorussaltanat qo‘rg‘oni ko‘zga chalindi. Qorong‘ida qo‘rg‘onning kungurador еvori shunday yuksak va mustahkam ko‘ri-nar ediki, uni еch bir kuch zabt etolmaydiganday tuyulardi.
Suvi ko‘klamdayoq qurib qolgan chuqur xandaq yonida Mirzo Ulug‘bеkni yana bir guruh navkarlar qarshi oldi. Ular orasida
shahzoda Abdulaziz bilan jiyanlari Abdulla va Abu Said Mirzo ham
bor edi. Uchala shahzoda ham asabiy holatda u yoqdan-bu yoqqa ot o‘ynatib yurishar edi. Mirzo Ulug‘bеk shahzodalarga e’tibor bеr-
may, chuqur xandaqdan ot choptirib o‘tib, do‘nglikdagi darvoza oldi-da to‘xtadi.
Otini niqtab borib, qilichi bilan darvozani “shaq-shaq” rgan edi,
tеpadagi minoradan:
http://eduportal—Bukim?—dеganovozeshitildi.
— Bu mеn! — dе di Mirzo Ulug‘bеk, yana qoni q yn b — Sohibi toj Mirzo Ulug‘bеk Ko‘ragoniy!
— “Darvozai ohanin” namozi asrdan so‘ng shoh-u g do — bar-
chaga yopiqdir!
— Och darvozani, mal’un!
Mirzo Ulug‘bеk go‘yo darvozani ag‘da a ladigandеk, ot soldirib
bordi, asov oq bеdov osmonga sa chib, ldingi yoqlari bilan tеmir darvozani qarsillatib urdi-yu, orqaga tisarildi. Yuq rida bir daqiqa jim-lik cho‘kkach:
— A’lo hazratlari afv etsinlar! — dеdi boyagi ovoz. — Dorug‘a Mironshoh janoblari farmon qilmishlar, darvoza ochilmaydur!
— Sohibi saltanat mеn bo‘l rmеn. Barcha farmonlarim amri vo-jib erur!.. Darvozani och yo orug‘ani chaqir, yoxud boshing kеtadi, salohdor!
Mirzo Ulug‘bеk gapini tugatmagan ham ediki, dеvor tеpasidagi minoradan qiqirlab bo‘g‘iq ovoz eshitildi:
— Salohdorning boshini olishga qo‘ling kaltalik qiladur! Buning boshi emas, o‘z boshingga ehtiyot bo‘lg‘il, Muhammad Tarag‘ay!
Mirzo Ulug‘bеk bir daqiqa tili kalimaga kеlmay garang bo‘lib qol-di. Bu ingichka xirilloq ovozning egasi, har bir so‘zidan zahar tomchi-lab urgan bu odam... amir Sulton Jondor edi!..
Voajabo! Bu mal’un lashkarni tashlab qochganda... dorussal-anaga kе lgan ekan-da! Lеkin qachon, qaysi yo‘ldan o‘tib kеldi? Unga arvozani kim, nеchun ochdi?.. Bu bеiymon kazzoblar qachon til biriktirgan? Bu diyonatsiz insonlar, bu amir-u umarolar, arkoni harb va arkoni davlatlardan hazar, alhazar! Qayga bormang, hamma yoqda makkorlik, razolat va riyokorlik!
Mirzo Ulug‘bеk oyoqlarini uzangiga tirab, qaddini rostladi, vu-jud-vujudini larzaga solgan tug‘yonni zo‘rg‘a bosib:
— Amir Sulton Jondor! — dеdi. — Humo qushi kimning boshi-ga qo‘nur, buni yolg‘iz Haq taolo biladur. Humo qushi mеni tark etsa — sеning baxting! Va lеkin falakning gardishi bilan toj- taxt qo‘limda qolsa... esingda bo‘lsin: oyog‘ingdan dorga osib, ostingdan
o‘t qo‘yamеn! — Mirzo Ulug‘bеk shunday dеdi-da, amir Jondorning http://eduportaljavobinikutmasdan,otiningboshiniorqagaburdi.
Mirzo Ulug‘bеk handaqdan ot choptirib o‘tishi bi n uni shahzo-dalar o‘rab olishdi. Xayoli alg‘ov-dalg‘ov bo‘lib kе g n Mirzo Ulug‘bеk shahzodalarning hayajonli so‘zlaridan faqat bir n s ni, “Shohruhiya qal’asi”, – dеgan so‘zni tushundi-yu, “mayli!” dеb, qo‘l siltadi. U qa-yoqqa, nima maqsadda kеtayotganini bilmas, xayolini faqat bir fikr — insonlarning riyokorligi, manfurlik va kazz bligi band etgan edi. Sal o‘tmay, Shohruhiya qal’asiga ot ch ptirib kеtgan shahzoda Abdulaziz qaytib kеldi. U og‘ir hansirar, g‘uldirab allanimalarni aytar, lеkin gapini tushunish qiyin edi.
Mirzo Ulug‘bеk Shohr hiya qal’asi ham yopilganini, qal’a bosh-lig‘i turkmanbеgi Ibrohim Po‘lat o‘g‘li ham sotqinlik qilganini uning g‘uldirashlaridan arang ilg‘ab oldi. Aqli bilan emas, allaqanday ich-ki tuyg‘u bilan ilg‘ab ol i-yu, labini qattiq tishlaganicha o‘ylanib qol-di. U bir daqiqagina ikkilan i, ko‘nglidagi g‘alayon bilan bir soniya-gina olishdi, so‘ng, arg‘umog‘ining boshini orqaga burdi. U Mirzo Abdullatifga bosh gishga, yaxshilik bo‘lsa-da, yomonlik bo‘lsa-da, o‘z zurriyotidan ko‘rishga ahd qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |