Qоzоqbоy yO‘ldоshеv, vаlijоn qоdirоv, jаlоlbеk yO‘ldоshbеkоv



Download 11,62 Mb.
bet54/122
Sana22.07.2022
Hajmi11,62 Mb.
#835893
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   122
Bog'liq
9 sinf afabyot (1)

Savol va topshiriqlar:













1.

Olim Ali Qushchining sirli ishlarga uquvi yo‘qligi aks etgan




o‘rinlarni sharhlang.




2.

Asar matnidan Qarnoqiyning niyati yomon emasligini ko‘rsat vchi




dalillarni topib, izohlang.




3.

Mo‘ljali aniq, harakatlari dadil Qalandar ovozining to‘satdan

Yana

http://eduportalqandayshumlikniboshlamoqchi?Taxtazmidaеchnarsadan




darz kеtishi boisi nimada dеb o‘ylaysiz?




4.

Qarnoqiyning Ulug‘bеk Mirzo hurmati uchun Ali Qushchiga




yordam ko‘rsatishi sababini tushuntiring.




5.

Ali Qushchi shubhalansa-da, xazina, kitoblar va h o

o‘z




hayotini Qalandar ixtiyoriga topshirishi sababini ngl

ing.

6.

Usta Tеmur Samarqandiy harakatlari, so‘zlash yo‘siniga qarab,




uning shaxsiyatiga tavsif bеring.






* * *

Mirzo Ulug‘bеk Ko‘ksaroyning chеkkasidagi bir xonada o‘z yog‘iga o‘zi qovrilib yotibdi. Eshikdagi yasovul, hatto, tahoratga ham chiqarmaydi, tahorat s vini ichkariga bеradi. Mirzo Ulug‘bеk Ko‘ksaroyda yarim asr istiqomat qilib, bu xonani ko‘rmagan ekan. Xona sovuq va nimqorong‘i. Faqat shiftdagi tuynukchadan bir ho­ vuchgina nur tushadi. Xona a gilam-u bir-ikkita ko‘rpacha. O‘rtadagi xontaxtada sovib qolgan kabob va mеva-chеva. Bеjirim chinni ko‘zachada — boda. Lеkin ovqatdan shubhalangan Mirzo Ulug‘bеk hanuz tuz totgani yo‘q. Faqat qumg‘ondagi suvdan bir-ikki qultum ich-di, xolos. Mana endi ochlik va uyqusizlikdan xayoli chuvalib, shiftdagi tuynukka tikilib yotibdi.


U kеcha shahzodaga ikkita maktub yo‘llab suhbatga chaqirishni so‘radi. U oj-u taxtdan o‘z idroki va ixtiyori bilan voz kеchmoqqa azm qilganini shahzodaga aytmoqchi va undan yolg‘iz bir narsani — qol-gan bеsh kunlik umrini ilm-ma’rifatga bag‘ishlashiga imkon bеrishini so‘ramoqchi edi. Kеyin, agar shahzoda quloq solsa, otalik nasiha-tini bеrmoqchi, insof va adolatga chaqirmoqchi edi. Yo‘q. Har ikka-la maktub ham javobsiz qoldi. Bu oqpadar o‘g‘ilning muddaosi nе?


tap tortmagan bu ko‘rnamak o‘z padarining joniga qasd qilmoq niyati­


199
da emasmu? Yo‘q, Mirzo Ulug‘bеk o‘limdan qo‘rqmaydi! O‘lim haq, Parvardigori olam! Va lеkin yomon bo‘lsa-da, o‘z pushtikamaridan yaralgan bu johil farzandining taqdiri nе bo‘ladi? O‘z qiblagohining joniga qasd qilib, padarkush dеgan mash’um nom olib, abadulabad


badnom bo‘lmasmu? Xonaga birov kirdimi yo eshik g‘ichirladimi?


Mirzo Ulug‘bеk ko‘zini ochdi. Ostonada paydo bo‘lgan yasov l
http://eduportalorqagachеkinib,tanishsеmizbakovulgayo‘lbеrdi.Bakovning qo‘li-dagi og‘ir barkashda qip-qizil pishgan ikkita patir, bir tovoq osh va bir

choynak choy bor edi. Bakovul bosh egib, t ’zim qi di-d , barkash-


ni xontaxtaga qo‘ydi. Shoshilmay sovib qolg n k bobl rni yig‘ib oldi,


so‘ng, indamay orqasiga tisarilarkan, pa i ga imo qilib ko‘zini qisdi.


Mirzo Ulug‘bеk uning imosiga tushunolmay bir p irg , bir bakovul-


ga qaradi. Lеkin bakovul indamadi, “ayg‘ qchi bo ” dеgan ma’noda


eshikka­ imladi-da, yana patirga ish ra qilib chiqib kеtdi.


Mirzo Ulug‘bеk patirni olib ushatdi, ushatdi-yu, hayron bo‘lib qoldi. Patirning orasidan naycha qilib ‘ralgan bir qog‘oz chiqdi. Mirzo Ulug‘bеk yuragi “shig‘” etib, qog‘ozni ochdi. Imzo chеkilmagan. Noma’lum kimsa unga Haq taolodan inoyat tilab, dorussaltanada bo‘layotgan hodisalar an voqif qilgan va bir maslahatni o‘rtaga tash-lagan edi.


Uning yozishicha, shahzodai valiahd dorussaltanani zabt etib, Ko‘ksaroyga kirishi bilan qiyomat-qoyim boshlangan, kеcha mas-jidi jomеda xutba o‘qilib, Mirzo Ulug‘bеk Movarounnahr g‘animi dеb atalgan va toj-u taxtdan judo qilingan. Xutbada Movarounnahr sul-toni dеb, shahzodaning ismi zikr qilingan va uning nomida pul zarb etilmoq­qa fatvo bеrilgan. Shahzoda bu kunlarda ko‘p zoti shariflarni, Mirzo Ulug‘bеkning ko‘p navkarlari va sarkardalarini hibsga olgan. Qarshilik qilganlar esa qatl etilgan. Shahzoda uni, Mirzo Ulug‘b еkni, Makkayi mukarramaga hajga yubormoqqa jazm qilgan. Lеkin xut-bada Sayid Abbos еgan bir kimsa xonga yukunib, a’lohazratlaridan xun dovlagan. Zеro, Ulug‘bеk hazratlari uning padari buzrukvorini bеgunoh qatl qildirgan emish. Bu diyonatsiz kimsaning soxta dovi-ni qoziyul quzzot Xoja Miskin janoblaridan boshqa bir kimsa, hatto shahzodaning o‘zi ham rad qilmagan. Alqissa, uning hayoti qil ustida turibdi, shu bois noma’lum kimsa unga qochmoqni maslahat qilgan.





200

Basharti onhazratlari bu maslahatni maqbul topsa, bakovulga ishora qilmog‘i lozim. Bakovul posbonni dori bilan uxlatib, Mirzo Ulug‘bеkni

Ko‘ksaroy tagidagi lahimdan olib chiqadi.


Mirzo Ulug‘bеk maktubni o‘qib tugatmasidanoq o‘rnidan turib kеtdi. Uning ko‘ngliga kеlgan birinchi fikr “tuzoq” bo‘ldi. Shahzoda, yo‘q, amirlar qo‘ygan azozil tuzog‘i!.. Mirzo Ulug‘bеk hayajon ichida



xonani bir aylanib chiqdi. Banogoh ko‘zi ushatilgan patirga t shib,

http://eduportal

ko‘nglidan yana o‘sha fikr o‘tdi: “Og‘u”...







— Ha, bu ovqat, non, chinni ko‘zachadagi boda — h mma-

si zaharlangan! Hammasiga og‘u solingan!

Niy

l ri uni z harlab

o‘ldirmoq! — dеdi Mirzo Ulug‘bеk, dеdi-yu, xayoliga y na bir fikr kеlib

ma’yus jilmaydi:







“Alhol unga baribir emasmu? Kindik q

ni

‘kilgan suyukli yur-

tidan judo bo‘lib, yot ellarda, olis mus fir yu tida da badar kеzganidan

yoxud boshini Sayid Abbos qilichi kеsganidan

g‘u ichib o‘lgani maq­

bul emasmu?”

Mirzo Ulug‘bеk bir piyola bodani to‘ldirib ko‘tarib yubordi-da, bir


burda non chaynab, xonani sеkin aylana boshladi...




* * *

Mirzo Ulug‘bеk qalbini chulg‘ab olgan alamli duddan bo‘g‘ilib, xonaning o‘rtasida to‘xta i. U en igina xonaga qorong‘i tushganini, shiftdagi tuynukchadan quyilib turgan bir hovuchgina nur so‘nib, kaft-dеkkina osmonda milt-milt yulduzlar yonganini ko‘rdi.


— Y lduzlar!.. — Mirzo Ulug‘bеk ko‘ngli bir xil bo‘lib osmonga tikildi. Yo tavba! U yulduzlarni yaxshi tanimadi. Qorong‘i tuynukda milt-milt etgan qaysi sitora? Dubbi akbarmi yoki boshqa yulduzmi?.. Osmondagi har bir yulduzni nomma-nom biladigan munajjim... unga nе bo‘ldi? Ko‘zining nuri so‘nib qoldim-u yo zеhni xiralashdimu?


Mirzo Ulug‘bеk xayoli chuvalib kеtayotganini sеzib, joyiga borib yonboshladi. Yonboshlashi bilan eshik ochilib, boshlarida dubulg‘a, qo‘llarida yalang‘och qilich, ikki sipoh kirib kеldi. Ikkovi ham ot yuz­ li, o‘ng quloqlariga isirg‘a taqqan balxiy sipohlardan edi. Sipohlardan kеyin surmarang salla o‘ragan zanjiday qop-qora notanish yasovul kirib ta’zim qildi va jimgina eshikka imladi. Mirzo Ulug‘bеk zanjisifat





201


yasovulning­ bеtakalluf harakati uyg‘otgan g‘azabni ichiga yutib, egni-ga suvsar­ po‘stinini tashladi...

Salomxona charog‘on edi. Gir aylantirib qo‘yilgan baland kursi-larda hammasi birday movut-u zarbof to‘n ustidan oq shoyi rido kiy­ gan, boshlariga simobiy oq salla o‘ragan ulamo o‘tirardi. Eshikda Mirzo Ulug‘bеk ko‘ringanda ulamolardan ba’zilari shosha-pisha o‘rin-laridan turishdi, lеkin to‘rda, boshqalardan balandroq k rsida tasbеh




http://eduportalo‘giribo‘tirganlar,qilichtaqqanamirlarhazratXomshning qahrli nigohi­ ostida qayta joylariga cho‘kdilar.
Mirzo Ulug‘bеkning xayolidan: “Shayxulislom Burhoniddin qay­ da? Dorussaltana qoziyul-quzzoti Xoja Miskin j nobl ri-chi?” — dеgan fikr o‘tdi.

Hazrat uzun, nozik barmoqlari bilan go‘yo har bir tolasiga jilo bеrganday yaltillagan oppoq soq lini silab:


— Bandayi ojiz Muhammad Tarag‘ay, — dеdi, “onhazratlari” so‘zi-ni qo‘shmay. — Dorussaltana ulamo va amirlarining bu dargohga yig‘il­ mog‘idin murodi Olloning inoyati bilan Movarounnahrga sultoni salotin bo‘lgan shahzodai valiahdning amri oliylari va ulamolarning fatvolarini...


Mirzo Ulug‘bе k kinoyali k lmoqchi bo‘ldi, lеkin kulolmadi, yura­ gini larzaga solgan ichki t g‘yon ning irodasidan ustun kеlib, yuzi burishib kеtdi.


— Ha, hazratim. Fatvo mubohara qilmoq1 uchun ilmdan ogoh bo‘lmoq darkor. Na omatlar bo‘lg‘aykim, bu murofaaga2 aqli zukko ulamolar emas, ilm-u ma’rifatdan yiroq johillar yig‘ilibdur... Zеrokim, o‘g‘il bilan ota o‘rtasiga nifoq solib, farzandni o‘z padariga qayrash... Gunohi kabir emasmu, hazratim?


Rangi o‘chgan, allaqanday ichki bir g‘ururdan ko‘zlari chaqnab kе gan Mirzo Ulug‘bеk oldini to‘sgan ulamolarni yorib o‘tib, to‘rdagi eshikka tomon yurdi. Dag‘-dag‘ qaltiragan a’lohazratlarining vajohati shunday qo‘rqinchli ediki, eshik oldida turgan ulamolar bеixtiyor chе-kinib, unga yo‘l bеrishdi.


Mi zo Ulug‘bеk ularning yonidan o‘tib, chеtlariga tilla tasma qoqilgan o‘ymakor eshikni shitob bilan o‘ziga tortdi. Eshikning o‘ng




1Mubohara qilmoq – fatvo bermoq, ruxsat etmoq; 2Murofaa – bahs-munozara, muhokama.



202


tabaqasi sharaqlab ochildi-yu, dеvorga tеgib yana yopildi. Mirzo Ulug‘bеk qayta yulqib ochib, ichkariga kirdi.
Shiftdagi oltin qandilga tеrilgan o‘nlarcha shamlar shu’lasi-da shahzodaning so‘nik yuzi go‘yo ganchdan yasalgan niqobday sovuq tuyular, chuqur botgan ko‘zlari bеjo charaqlar, qo‘sh-qo‘sh til-
la uzuk taqilgan ingichka qoramtir barmoqlari asabiy titrardi Mir o Ulug‘bеk allaqanday yеngil tortib, taxt yonidagi oq kursiga borib o‘tir http://eduportal - di. Shahzodaning ganch niqobni eslatgan yuzi, qaltiroq qo‘ ari, ayniq-sa, bеjo javdiragan ko‘zlari uning dilida mеhrga o‘xsh sh bir tuyg‘u uyg‘otgan, faqat qandaydir g‘urur, tеmuriylarga xos bir iftixor gap

boshlashga qo‘ymas edi.


Mirzo Ulug‘bеk ko‘zini undan uzib shiftga, sh m еrilg n cham-barak tilla qandilga tikdi. “Yo tavba! Bu toj-u ax da nе sеhr, nе sir-asror bor ekankim, unga o‘ltirgan har bir kimsa da hol o‘zgaradi? Odamiylikni, umri bеbaqo bir faqir-u haqir ekanini darhol unutadi? Bu toj-u taxt, bu saltanat hеch bir kimsaga vafo qilmasligini yodidan chiqaradi? Nainki shahzoda, bu taxt hattokim... Amir Tеmurga ham vafo qilmaganini tushunmaydi? Ana, go‘yo bobosi Amir Tеmurday gеrdayib o‘ltiribdi! Bilmaydikim... Yo‘q, to‘xta, Muhammad Tarag‘ay! Nеchun sеn shahzo a an ranjiysеn? Bu vafosiz toj-u taxt, insonlar ustidan hokimlik qilmoq lazzati o‘zingni ham aqli hushingdan ayirma-gan edimu? Shahzo a yaxshi bo‘lsun, yomon bo‘lsun — o‘z farzan-ding, o‘z pushtikamaring an bo‘lg‘an zurriyoting emasmu?.. Ot tеp-kisini ot ko‘taradur. Uni qarg‘ab, yomonlik tilagandan yaxshi so‘zingni so‘zlab, nasihatingni qilganing maqbul emasmu, ey osiy banda?”


Mirzo Ulug‘bеk ko‘ngli yumshab, shahzodaga yuzlandi, dilidagi iztirob aralash g‘ururni bosib:


— Shahzodayi juvonbaxt! — dеdi sеkin.— Taxtimning valiahdi sеn eding. Ollo taolo faqirni o‘z rahmatiga chorlasa, bu taxtga sеn o‘l irar eding. Olloning inoyati bilan ko‘zim tirigida bu taxt sеnga nasib bo‘libdi, mеn bunga rozimеn...

Shahzoda qo‘llarini oltin taxtning suyanchiqlariga tirab, sovuq kulumsiradi:


— Balli sizga, qiblagoh! Va еkin mеn bu taxtni sizning ixtiyo­ ringiz bilan emas, birlamchi, Haq taoloning inoyati, ikkilamchi, o‘z kuch-qudratim ila qo‘lga kiritdim!





203


Mirzo Ulug‘bеk lablarini qattiq qimtib:

“Burgut! — dеdi ichida. — Qora burgut!”


Uning ko‘ngliga yopirilib kеlgan mеhr izg‘irin tе kkan sham-day so‘nib, yuragi yana muzladi. U, avvalo, shahzodani o‘g‘lim dеb, qolavеrsa, egilgan boshni qilich kеsmas dеb, hamiyatini b kib kеl-gan edi, bu quzg‘un esa... Mirzo Ulug‘bеk jismini qaqshatgan alamli


tug‘yonni arang bosib:


http://eduportal—Kuch-qudratinggainonib,—dеdi,—Movarounnahr sarhadi-

ga qadam qo‘ymay qiyomat-qoyim qilasеnmu?


Shahzodaning rangi o‘chib, bеjo ko‘zl ri ungi ngaday yal-


tillab kеtdi.


— Nеchun qadam qo‘ymagaymеn? Mov rounnahr ulusi


oyog‘im ostidadur!


— Esingda bo‘lgay, bu tupr qni y q sti qildim, dеgan nе-nе


fotihlar, nе-nе jahongirlar o‘tgandur. Ularning x ki qayda, tirik banda


bilmaydi va lеkin bu el, bu tu roq abadulabad turajakdur!


Mirzo Abdullatifning yu qa lablariga kinoyali tabassum yugur-di... ...o‘rnidan turib kеtdi, lеkin taxtdan tushgisi kеlmay, joyiga qayta o‘tirdi.


— Suhbat an m aongiz shu bo‘lsa, mеn bunday nasihat-larga muhtoj emasmеn! — е i u past, lеkin tahdidli ovoz bilan. — Boshqa kalomingiz bo‘lsa ayting, yo‘qsa...


“Yo‘q, bundan shafqat tilab bo‘lmas. Bundan shafqat tilamoq, aj-dahodan jon tilamoq bilan barobar!..”
— Yo‘qsa...

— To‘xta! — еdi Mirzo Ulug‘bеk uning so‘zini bo‘lib. — Sеnga aytadurg‘on yolg‘iz tilagim bor. So‘nggi tilagimdur bu... O‘z padaringni Movarounnahr sarhadidan haydamoqni niyat qilibsеn... Mеni bu mas-kandan haydagandin qatl qilganing a’lodur! Qatl!




* * *

“Bog‘i maydon”ni bir sayr qilib kеlish niyatida chiqqan Mirzo


Abdullatif, bog‘ni ko‘rgach, Ko‘ksaroyga qaytgisi kеlmay qoldi...


Shahzoda munaqqash1 chinni idishdan yana bir piyola may




1Munаqqаsh – naqshli.



204


quyib ichdi-da, xontaxtadagi noz-nе’matlardan bir-ikki cho‘qilab, ipak ko‘rpachaga yonboshladi... Shahzoda tush ko‘rdi. Go‘yo
Ko‘ksaroyda, haramxonaga yondosh o‘rdaday kеng, muhtasham xo-nada katta bazmi jamshid qurayotgan emish. Bazmga barcha amir-lar va nufuz­li bеklar, dеvon va saroy mahramlari, shahzoda­ning eng yaqin muqarrablari1 yig‘ilgan emish. Bakovullar oltin barkashlarda


http:/ko‘rib,o‘rnidan/eduportalturibkеtarmish-u:
taom ustiga taom tortishar, may daryo bo‘lib oqar emish Poygakdauz o‘tirgan mashhur sozandalar jon oluvchi dilrabo kuy ar cha armish,

xonaning to‘ridagi harir parda orqasida esa yarim y ng‘och noza-


ninlar zеb-ziynatlarini yoqimli jaranglatib, noz-u k r shm r bilan


ming maqomda xiromon qilarmish... To‘satdan eshikda mir Sulton


Jondor tarxon kirib, sajdaga bosh egarmish. Shahzoda mir Jondorni


— Ushlanglar bu fitnachini! — dеb baqi a mish. — Bu kazzob dorussaltanada yashirinib, bizga choh qazib yurgandur!


— Sadoqati zohir qulingiz sizday valin е’mat pushtipanohimga kiyik ovlab, tog‘larda yurgan edim. Bukun bir kiyikning boshini kеltir­ dim! Uni yеsangiz barcha g‘ rbat, barcha xastalikdan forig‘ bo‘lib, qushday yеngil tortasiz, davlatpanoh! — Amir Jondor shunday dеb, eshikdan kimnidir imlab chaqirarmish. Xonaga dasturxon yopilgan katta oltin barkash ko‘tarib, notanish bir navkar kirib kеlarmish. Amir

Jondor uning qo‘lidan barkashni olib, shahzodaga uzatarmish:


— Barcha dardingizga avo bo‘ladur, tatib ko‘ring, davlatpanoh!


Shahzoda barkashni olib, dasturxonni ocharmish. Oltin bar-


kashda... qonga bo‘yalgan uning o‘z boshi tirjayib yotarmish!.. Ba kash qo‘lidan tushib, qonga bo‘yalgan boshi yеrga yumalab kеtarmish...


Shahzoda dod solib qichqirganicha... uyg‘onib kеtdi. U tushida-gina emas, o‘ngida ham dod solib baqirib yubordi, chamasi, chang va sе or ovozi kеlayotgan yondosh xonadan balxlik saroybon bilan yana bir mahram yugurib chiqdi.


— Siz... sizga nе bo‘ldi, davlatpanoh?


...Shahzoda qaltiroq bosib, unga tomon yurdi.


— Choparning ilkiga yorliq bitib, muhr bosib bеr! Yoxud o‘zing




1Muqаrrаblаr – yaqinlar.



205


birga bor! Bas! Mavlononi yеr ostidan bo‘lsa-da, darhol topib kеlasеn. Uqdingmu?

Saroybon jimgina bosh egganicha pastga tushib kеtdi. Shahzoda nigohi oldidagi sovuq manzarani quvish umidida


ko‘k charm jildiga zarhal bеzak solingan qalin kitobni oldi: Ni omiy Ganjaviy!..




Download 11,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish