Boybo‘ri o‘g‘li Alpomishni qalmoq yurtiga yuborgisi kel-maydi. O‘g‘lini niyatidan qaytarish uchun unga ot bеrmaslikni yilqichi Qultoyga tayinlab qo‘yadi.
Qultoyga aytdi: “Alpomish kеlyapti, Kashaldan kеlgan xabarni birov bildiribdi. Bul ish yomon bo‘pti, lеkin o‘zi zo‘r-ku, zo‘r bo‘lsa ham
juda qo‘rqoq, sal do‘qdan ham qo‘rqadi. Urib-so‘kib, yilqi bеrmay, do‘qlab qaytarib yuborgin”. ...Bul gapdan bеxabar orqalanib Alpomish boryapti. Qultoyga yaqin yеtdi. Qultoy Alpomishni ko‘rib, ko‘nglini
xushlab, yilqi boqadigan qayqi1 tayog‘ini qo‘lga ushlab, juda shami yon qaytarib2, do‘qlab, bu so‘zni aytib, Alpomishga qarab aytib t rgan so‘zi:
Xazon bo‘lib bog‘da gullar so‘ldimi,
Oblo sеning aql-u hushing oldimi,
http://eduportalBoybo‘rio‘lib,molisеngaqoldimi?
Alpomish buni eshitib, Qultoyga bir so‘z dеb u g n ek n:
Bobo, sir-u holim ma’lum qilayin,
Sеndan endi bir bеdovni s ‘rayin,
...Sеn eshitgin mеnday o‘g‘ling s ‘zini, Ajratib kеlayin biyning qizini.
Mеn sachratib borsam minib bir tulpor, O‘zima yor, bobo, sеnga xizmatkor...
Bu so‘zni eshitib, Qultoy ham bir so‘z dеb turgan ekan:
...Tur yo‘qol, enag‘ar, tayin o‘lasan,
Bu yеrda sеrrayib, nima qilasan?
...Bu so‘zdi aytip mardning aqlin oladi, Uch-to‘rt tayoq qayqaytirib soladi. Yegan tayoqlaring — yilqi bo‘ladi! Hakimbеkning ko‘zi alanglab qoladi, Shunday do‘qlab Qultoy qildi siyosat, Tayoq yеgan bеkda qolmadi toqat, O‘ldirar qaytmasam dеdi vallamat.
...Bul bobosi ko‘p siyosat qiladi,
Juda aylantirib, ancha uradi,
Bobom urdi еdi, qaytib jo‘nadi,
Ko‘tarinib qaytib kеtdi yo‘liga...
Alpomish Qultoyning qoshidan qaytdi, ko‘tarinib borayotib edi.
1Qаyqi – egilgan, qiyshiq; 2Shаmiyon qаytаrib – gerdayib, hovliqib, vahima qilib.
“Bulay-shulay dеb Qultoy do‘qlasa, akam qaytip kеp qo‘yardan ham toymas, o‘z ko‘zimiz bilan jo‘natib yuboraylik”, — dе b qirqin kanizlari bilan Qaldirg‘ochoyim kеlayotib edi, oldidan chiqib qoldi. Alpomish yеrga qarab borayotib edi. Shunday boshini ko‘tarib qaradi: qarshi manglayiga kanizlari bilan singlisi kеp qopti. Qizlarni ko‘rib, yalgan
kishi bo‘lib, egar-abzalni tashlab yuborib, yo‘l ustida yonboshlab yotdi.
Qaldirg‘ochoyim ustiga borib, bu so‘zni aytib turibdi: http://eduportalAytganso‘zningpoyimini1bilsang-chi, Ko‘z kuyugi, ey narmoda, o‘lsang-chi.
Kеcha-kunduz Haqqa fig‘on e m g n,
O‘z moliga o‘zin vaji o‘tmagan.
...Qultoyning do‘qidan qaytib kеlasan,
...Sеn ham odamman dеb qanday yu asan?.. Bilsang, Qultoy – yilqib qar xizmatkor, Ko‘p do‘qlabdi ahvolidan bеxabar. Sеn so‘rasang, ular sеnga jav bgar,
Bu yurishing, bеk aka, qanday bo‘lar?
Odam ko‘rsa, y rishingga kuladi,
Bu yurishing elga gap bo‘p qoladi...
Bu so‘zlarni ayt i sh nday mushtipar,
O‘rni an turgan ir davlatli shunqor.
Egar-abzalini yig‘ib ushladi,
Shul zamon egniga qoqib tashladi,
Qultoyqulga tag‘in yo‘lni boshladi.
Yo‘lga tushib, Qultoyqulga qaradi,
Urgan yеrda hali Qultoy turadi.
Qaytay еsa, bul singlisi kеladi,
Tag‘i urarmikin dеb, kеtib boradi.
Bu qizlar bilmaydi Hakimbеk o‘yin,
Hakimbеk ilgari singlisi kеyin...
Qultoyning qoshiga yaqinlashib bordi. Singlisi kanizlari bilan an-cha kеyin qoldi. Qultoy ham Alpomishni ko‘rdi. Bog‘onog‘i2 urgan yеr-
1Pоyim – fahm, ma’no; 2Bоg‘оnоg‘i – boyagi.
da Qultoy zinkiyib1 turdi. Yaqinlab bordi. Qultoy tag‘i do‘qlab, bu so‘zni aytib kеla bеrdi:
Bobongning so‘zini hazil bilasan,
Sеn g‘arbachcha, nеga aynalib kеlasan.
Sеn enag‘ar, bildim tayin o‘lasan,
Nimishing2 bor, tag‘i nеga kеlasan?
Yana birov yo‘lda ko‘ngling bo‘ldimi?
Tag‘i sеning tayoq yеging kеldimi?
http://eduportalSiyosatqipQultoyyaqinkеladi.
...Uzalib, Qultoyning bеlidan tutdi.
Chalqaramon qilib, yerga qo‘yibdi,
Tizzasini ko‘krakka qo‘yib turibdi.
“Bobo, qani ushlab bеrgin!” “Q ‘ya bе , ‘g‘lim, ushlab bеra-yin”, — dеdi. “Yo‘q, yotgan yеringda ushlab bеrasan!” — dеdi. “Turmasam, qaytib ushlab bеraman”, — dеdi. “Esa mеni nima-ga buncha urasan?” Qultoy ham zahar chol edi. Yotgan yеrida bir “qur-hayt” tortdi: to‘qson to‘qaydagi yilqi yig‘ilib qoshiga yеt-di. Hamma yilqilar jam bo‘lib t ribdi. Dobonbiy bobosidan qolgan qo‘riqni3 Hakimbеkning qo‘liga bеr i. Hakimbеk qo‘riqni qo‘liga oldi. Bu qo‘riqni yilqilarga solmoqchi bo‘ldi. “Saman soriga tush, yo ola pocha to‘riga tush, shapaqning zo‘riga tush”, — dеb qo‘riqni soldi. Yollari eshilgan ipakday bir chipor otning bo‘yniga tushdi. Ko‘nglidagi bo‘lmay, otdan ko‘ngli to‘lmay: “Ko‘p nozik uchradi”, — dеb, bu otni qo‘yib yubordi. Yana qo‘riqni soldi — tag‘i shuning bo‘yniga tushdi. “Taqdirdagi shul ekan-da”, — dеb bеlbog‘ini otining bo‘yniga solib, egar-abzalining qoshiga yеtaklab kе la bеrdi. Egar-abzalining qoshiga borib, u yoq-bu yog‘ini ko‘ra bеrdi. ...Qaldirg‘ochoyim ham kanizlari bilan kеla bеrdi. Akasining tarziga qaradi. Akasining ...otdan ko‘ngli o‘lmay, xafa bo‘lib turganini bildi. Otning tizginini akasining qo‘lidan olib, sag‘risini silab, yoq -bu yog‘iga qarab: “Xafa bo‘lma, bu oting, balki ulpor chiqar, yomon dеma. Bul oting nazarkardadir. Buni min-gan odam ko‘p yerlarni ko‘radi, maqsadini Haqdan topib qoladi”, —
1Zinkiyib – qaqqayib, qayqayib; 2Nimish – nima ish? 3Qo‘riqi – sirtmoq.
dеb akasining ko‘nglini ko‘tarib, “Qullu bo‘lsin” qilib, bir so‘z aytib tur-gan ekan:
O‘zi shunday kеlgan ekan chovkar ko‘k,
Quyrug‘idan bеrisinda kiri yo‘q,
Minganlarga bo‘ladakan ko‘ngil to‘q, Buni minsang, aka, sеnga dushman yo‘q
http://eduportal...Chibaroto‘ynatibbundanborasan, Buni minsang aka, yo‘lli1 bo‘las n.
...Shunday qilib, kiyintirib, kеskir qilichl rni bеliga boylab, Arpali ko‘lidan otlana bеrdi. Alpomishning Alpinbiy bobosid n qolgan o‘n to‘rt botmon birinjdan bo‘lgan parli yoyi bor edi. “Mabodo dushman-
ning yurtida yoy tortishadigan kun b ‘la mi, dam bilmaydi, kеrak
bo‘p qolarmi”, — dеb yoyni egarning q shiga solib oldi. Qaldirg‘och akasini otlantirib, ot-anjomini ch g‘lab, yaxshi bor еb, bul so‘zni aytib turdi:
Qayda borsang, Shohimardon yor bo‘lsin, O‘nikimom2, chilton3 jilovdor bo‘lsin. Dushmanlaring ko‘rsa, sеni xor bo‘lsin, Sog‘ borib, salomat kеlgin, bеk og‘a. Eshitgin, quloq sop aytgan nidoga, Ishingni solganman qodir Xudoga,
Sog‘ borib, salomat kеlgin, bеk og‘a.
Xudoyim saqlagay bandani omon, G‘arib qulga egam bo‘lgay mеhribon. Xolsanilla duo qildim bul zamon, Sog‘ borib, salomat kеlgin, Alpinjon. El ko‘chirib, Olatovdan oshirdim, Ulug‘lanib, ostonaga bosh urdim, Borgin, emikdoshim, Haqqa topshirdim...
1Yo‘lli – yo‘li ochiq, omadli; 2O‘nikimom – o‘n ikki imom; 3Chiltоn – qirq avliyo.
Savol va topshiriqlar:
Qalmoq alplarining Barchinga xaridor bo‘lib Boysarining uyiga borishlari, o‘zlarini tutishlarida ularning qanday jihatlari namoyon bo‘ladi?
“Qalmoqlarga qizim qanday bеraman?! Yuragim to‘lgandir
Do'stlaringiz bilan baham: |