Xusrav Arman yurtiga lashkar t tdi. Lekin Farhodning bir o‘zi uning lashkariga bas kelib, dushmanning biror askarini sha-har qal’asiga yaqinlashtirmadi. Uz qdan Xusravga tanbeh ham
berdi:
Bu bo‘lg‘ay dard- ishq oyini, vah-vah?!
Vafo-u mehr sharti, ollah-ollah?!
Ma’nosi: kishida dard-u ishq (oshiqlik) taomili, odati (oyi ni) shundaymi, ya’ni yorning yurtiga lashkar tortib keladimi? Yo Alloh, vafo, mehr sharti shumi? Ma’shuqa (kishi) ishqida zor, g‘amida beqaror bo‘lish, seningcha, shunday bo‘ladimi?
Bu savollarga javoban g‘addor shoh hech narsa deyol-maydi. Raqibini kuch bilan yengolmagan Xusrav uni hiyla bilan qo‘lga tushiradi. U o‘z qarorgohida Farhod bilan mubohasaga kirishadi:
Dedi: “Qaydinsen, ey majnuni gumrah?!”2
Dedi: “Majnun vatandin qayda ogah?”
Sipаhlаr – askаr, qo‘shin; 2Маjnuni gumrаh – yo‘lini yo‘qоtgаn jinni.
Dedi: “Nedur sanga olamda pesha?” 1
Dedi: “Ishq ichra majnunluq hamesha”.
Dedi: “Bu ishdin o‘lmas kasb ro‘zi!” 2
Dedi: “Kasb o‘lsa basdur ishq so‘zi”.
Dedikim: “Ishq o‘tidin de fasona!”
Dedi: “Kuymay kishi topmas nishona”.
http://Dedikim:eduportal“Kuymagingniaylama’lum!”
Dedi: “Andin erur joh ahli3 mahrum”.
Dedikim: “Qay chog‘din o‘ldung ishq o m s ?”
Dedi: “Ruh ermas erdi tang‘a payvas ”.4
Dedi: “Bu ishqdin inkor qilg‘il!” 5
Dedi: “Bu so‘zdin istig‘for qilg‘il”.
Dedi: “Oshiqqa ne ish ko‘p qilur zo‘r?”
Dedi: “Furqat6 k ni ishqi balosho‘r” 7.
Dedi: “Ishq ahlining ned r hayoti?”
Dedi: “Vasl ichra jonon iltifoti”.
Dedikim: “Dilbaringning de sifotin!”
Dedi: “Til g‘ayratidin tutmon otin!” 8.
Dedikim: “Ishqig‘a ko‘nglung o‘rundur?”
Dedi: “Ko‘nglumda jondek yoshurundur!”
Dedi: “Vaslig‘a borsen orzumand?”
Dedi: “Bormen xayoli birla xursand”.
1Pеshа – kаsb, hunаr; 2Мisrаning mа’nоsi: Bu ish bilаn kаsb-kоr qilib, tirikchilik o‘tkаzib bo‘lmаydi-ku!; 3Jоh аhli – mаnsаb аhli, pоdshоlаr; 4Bu misrаdа Fаrhоd ishqning undа tug‘ilmаsidаn burun, ya’ni ruh jоngа bоg‘lаnmаgаn pаytdаyoq pаydо bo‘lgаnini аytyapti; 5Inkоr qilmоq – qаytmоq; 6Furqаt – firоq, аyriliq, judоlik, yordаn yirоqlik; 7Bа оsho‘r – bаlо kеltiruvchi; 8Мisrаning mаzmuni: tildаn rаshk qilib,(yorimning) оtini aytmаymаn.
Dedi: “No‘shi labidin1 topqay el bahr?”
Dedi: “Ul no‘shdin el qismidur zahr” 2
Dedi: “Joningni olsa la’li3 yodi?”
Dedikim: “Ushbudir jonim murodi”.
Dedi: “Ko‘ksungni gar chok etsa bebok?”4
Dedi: “Ko‘nglum tutay ham ayla deb chok!”
http://eDedi:duportal“Ko‘nglungfidoqilsajafosi?”
Dedi: “Jonimni ham aylay fidosi”.
Dedikim: “Ishqdin yo‘q juz ziyon bud” 5
Dedi: “Bu keldi savdo ahlig‘a sud”.
Dedi: “Bu ishq tarki yaxshir qdur!”
Dedi: “Bu sheva oshiqdin yir qdur!”
Dedi: “Ol ganj- , qo‘y mehrin nihoni!”
Dedi: “Tufroqqa bermon kimyoni!”
De i: “Joningg‘a hijron kinakashdur” 6
De i: “Chun bor vasl ummidi xushdur”.
D dikim: “Shahg‘a bo‘lma shirkatandesh”!7
D di: “Ishq ichra tengdur shoh-u darvesh!”
Dedi: “Joningg‘a bu ishdin alam bor”.
Dedi: “Ishq ichra jondin kimga g‘am bor?!”
Dedi: “Kishvar8 beray, kech bu havasdin”.
Dedi: “Bechora, kech bu multamasdin!” 9
1No‘shi lаb – lаb shirinligi; 2Мisrаning mаzmuni: U shirinlikdаn elgа fаqаt zаhаrginа еgаdi; 3Lа’l – qip-qizil tоsh. Bu yеrdа so‘z istiоrа tаrzidа yorning lаbini аnglаtib kеlgаn;
4Bеbоk – bеpаrvо; 5Bud – bоrlik, mаvjudlik; 6Kinаkаsh – kеk sаqlоvchi, dushmаnlik qiluvchi, o‘ch оluvchi; 7Shirkаtаndеsh – shеriklik qiluvchi, shеriklikni fikr qiluvchi;
8Kishvаr – mаmlаkаt, vilоyat, yurt; 9Мultаmаs – iltimоs.
Dedi: “Ishq ichra qatling hukm etgum!”
Dedi: “Ishqida maqsudumg‘a yetgum!”
Dedi: “Bu ishda yo‘q sendin yiroq qatl”.
Dedi: “Bu so‘zlaringdin yaxshiroq qatl”.
Do'stlaringiz bilan baham: |