Qozoqboy yoldoshev, valijon qodirov, jalolbek yoldoshbekov



Download 0,77 Mb.
bet3/186
Sana22.04.2022
Hajmi0,77 Mb.
#575104
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   186
Bog'liq
9 adabiyot word

1Shoy - shoh; 2Chupronto‘y - sunnat to‘yi; 3Elatiya - chorva bilan shugUllanadigan qavmlar; 4Biy - bek.
xushlar edinglar, bu daf’a bizdan nima o‘tdi, bizni bunday behurmat qildinglar?”
Bu so‘zni eshitib, o‘n olti urug‘ Qo‘ng‘irot elida paygabetdanI tu- rib, bir chapanitob boyvachchasi aytdi: “Ey, Boybo'ri bilan Boysari! Bu to‘y o‘g‘illining o‘g‘lidan qaytadi, qizlining qizidan qaytadi, sening ni- mangdan qaytadi?! O‘zing o'lsang, molingga har merosxo'r chiqadi, og'ziga odam kirib ketadi”2.
Biylar bulardan bu gapni eshitib, xafa bo‘ldi. Xafa bo‘lib, sakson tillani chupronga tashlab, turib ketdi. Borib, chechib mindi bedov otti. Ikkovi uyga yetti. Ikkovi qildi maslahatti. Bu so‘z ikkoviga juda bo- tib ketdi. Boybo'ri turib aytdi: “Boysari uka, qariganda bizning moli- miz besohibga3 chiqdi. Endi bizlar bir farzand taraddi qilmaymizmi?” Boysari turib aytdi: “Tortib olib bo'lmasa, sotib olib bo'lmasa, Xudo bermasa, qayoqdan qilamiz taraddi?!” Boybo'ri aytdi: “Shu yerdan Shohimardon pirning ravzasi4 uch kunchalik yo‘l kelar ekan, har kim borib tunar ekan: davlattalab davlat tilar ekan, farzandtalab far­zand tilar ekan, oxirattalab iymon tilar ekan, qirq kun tunagan kishi murodiga yetib qaytar ekan. Biz ham borsak, nazr-u niyozimizni ber- sak, Shohimardon pirning ravzasini tunlab, biz ham bir farzand tilab ko'rsak”.
Shunda bu gap boylarning ikkoviga ham ma’qul tushib, bir-biriga: “Rost aytasan”, — deb, nazr-u niyozni olib, biylar ik­kovi Shohimardon pirning ravzasiga qarab jo'namoqchi bo'lib, mindi bedov otdi, uch kun tinmay yo‘l tortdi. Uch kun yo‘l yu- rib, Shohimardon pirning ravzasiga yetdi. Olib borgan nazr-u ni- yozini shayxlarga berib, biylar ravzani tunab yotdi. Oradan bir kam qirq kun o‘tdi. Bir kam qirq kun deganda ravzadan ovoz keldi: “Ey, Boybo‘riman Boysari, sen bir kam qirq kundan beri tunab yotibsan. Xudoning yaratgan sheri men bo‘lsam, bir kam qirq kundan beri bir oyog‘im bilan turib, sizlar uchun oraga tushib, Xudodan farzand tilay- man. Yaratgan farzand bermayman dedi”. Biylar bu ovozni eshitib: “Bizlar bir kam qirq kundan beri kelib, sizni tunab yotsak, Xudoning
yaratgan sheri siz bo‘lsangiz. Bizlar uchun oraga tushib, biror farzand tilab olib bermasangiz, bizga pirligingiz yolg‘on, Xudoga sherligingiz yolg‘on. Bor unday bo‘lsa, biz ham dunyoning bahridan o‘tdik”, — deb, tappa tushib, ravzada, turbatning ostida yotdi.
Qirq kun o‘rtadan aniq o‘tdi, boz1 ravzadan ovoz keldi: “Boybo‘ri, senga xudoyim bir o‘g‘il, bir qiz berdi. Yolg‘iz emas, egiz berdi. Boysari, senga xudoyim bir qiz berdi. Egiz emas, yolg‘iz berdi. Bundan borsang, farzandlarni ko‘rsang, xaloyiqlarni yig‘sang, to‘y-to- moshalar bersang, to‘yda qalandar bo‘lib borib, bolalaringning otini o‘zim qo‘yib kelaman”.
...Oydan oy, kundan kun o‘tib, to‘qqiz oy, to‘qqiz kun, to‘qqiz soat oradan o‘tib qoldi. Boybichalarning oy-kuni yaqin yetdi. Biylar ik- kovi aytdi: “Bizlar ham bir shohlik shavkatini qilsak, ovga chiqib ket- sak, farzandlar yer yuziga tushsa, suyunchi deb, bir nechalar oldimiz- ga yo‘lga chiqib, bizlardan tilla tanga in’om olsa”, — deb bu o‘ylarni o‘ylab, biylar ovga jo‘nab ketdi.
Boybichalarga shunda to‘lg‘oq vaqti yaqin yetdi. Ne kampir- lar kelib, tulkini inlatgan2 toziday bo‘lib, boybichalarni angnib3, o‘rta- ga olib turibdi. Biylar shu vaqtda ovdan qaytdi. Bu yoqdan farzandlar yer yuziga tushdi. Bir nechalar biylarning oldiga chiqib, suyunchi oldi. Biylar ziyoda vaqti xush bo‘lib, mazgiliga4 kelib, joy olib, vaqti xush- ligidan har tarafga xabar yuborib, to‘y-tomoshalar qilmoqchi bo‘lib, chog‘lanib, sozlanib, o‘n olti urug‘ Qo‘ng‘irot elining katta-kichik biy- larini, oqsoqol, arboblarini yig‘dirib, “To‘y qilamiz”, — deb maslahat qildi. O‘n olti urug‘ Qo‘ng‘irot elining odamlari, eshitgan xaloyiqlar gurros-gurros bo‘lib kelaverdi. Shunda katta-kichiklar kelib, biylar og‘zidan “To‘y qilamiz”, — deganini eshitib, to‘yning asboblarini tu- zab, qancha so‘qim mollarni so‘yib, osh-palovlarni damlab, fuqaro, beva-bechoralar to‘yib, shul alpozda o‘n olti urug‘ Qo‘ng‘irotning bor odami to‘yni qilib, hammalari jam bo‘lib, qirq kecha-yu qirq kunduz to‘y qilib yotdi.
...To‘y tarqaydigan kun bo‘ldi. Bir vaqt, shunda biylar qarasa, uzoqdan bir qalandar ko‘rinib kelaverdi. Xaloyiqlar ham ko‘rdi: tar-
zi gul yuzli, shirin so‘zli, bir siyosatli kishi qalandar bo‘lib kelayotir. O‘zga kishilarga u qalandarning holi-ahvoli ma’lum emas. Ravzadagi so‘zlagan ovozni eshitgani sababli: “Shohimardon pirim shul kishi bo‘lmasa”, — deb, biylar o‘rnidan turib, oldiga peshvoz chiqib, salom berib, ziyorat qilib, majlisxonaga1 boshlab olib keldi. Shunda farzand- larning uchovini ham olib kelib, Shohimardon pirning etagiga soldi. Shohimardon pir Boybo‘rining o‘g‘lini otini Hakimbek qo‘ydi. O‘ng kifti- ga besh qo‘lini urdi. Besh qo‘lini o‘rni dog‘ bo‘lib, besh panjaning o‘rni bilinib qoldi. Qizining otini Qaldirg‘ochoyim qo‘ydi. Boysarining qizini otini Oybarchin qo‘ydi. Ana shunda Shohimardon pir Hakimbekka Oybarchinni unashtirib, beshikkerti qilib: “Bu ikkovi er-xotin bo‘lsin, Hakimbek bilan hech bir kishi barobar bo‘lolmasin. Omin, Allohu ak- bar”, — deb, fotihani betiga tortdi. Shohimardon pir turib, jo‘nab ket- di, odamlarning ko‘zidan g‘oyib bo‘lib ketdi. Ana shuytib, biylarning to‘ylari ham tarqab ketdi.
Shunda bolalar kundan kun o‘tib, oydan oy o‘tib, birdan ikkiga kirib, ikkidan uchga kirib, ularning tili chiqib, elga enib, tili chiqqandan keyin, elga engandan keyin tutib, uchchovini ham maktabga qo‘ydi. Ular maktabda o‘qib yurib, yetti yoshga kirdi. Burro savodi chiqib, xat o‘qib, yozadigan mulla bo‘ldi. Shunda Boybo‘ribiy: “Endi o‘g‘lim savodi chiqib, mulla bo‘ldi. O‘g‘limga endi shohlik, sipohlik ilmini o‘rgatayin”,

  • deb mulladan chiqarib oldi. Boysari ham Boybo‘riga taassub qil- di. Bul ham Oybarchin qizini maktabdan chiqarib oldi. “Chiqarib olib, qizimga Ko‘kqamish ko‘lida qo‘y sog‘dirib, chorvadorlik ilmini o‘rgata- yin, qo‘y sog‘moqqa usta bo‘lsin”, — dedi.

Shunda Hakimbek yetti yoshga kirgan. Alpinbiy bobosidan qolgan o‘n to‘rt botmon birinchdan2 bo‘lgan parli yoyi bor edi. Ana shunda yetti yashar bola Hakimbek shul o‘n to‘rt botmon yoyni qo‘li- ga ushlab, ko‘tarib tortdi, tortib qo‘yib yubordi. Yoyning o‘qi yashin- day bo‘lib ketdi. Asqar tog‘ning katta cho‘qqilarini yulib o‘tdi, ovozasi olamga ketdi. Shunda barcha xaloyiqlar yig‘ilib kelib aytdi: “Dunyodan bir kam to‘qson alp o‘tdi. Alplarning boshlig‘i Rustami doston edi, oxiri bu Alpomish alp bo‘lsin. To‘qson alpning biri bo‘lib, sanaga o‘tdi”, —

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish