Shunda Farhod ularga
Dedi: Bu necha mazlumi sitamkash, Falak bedodidin bo‘lg‘an alamkash
1 Yig‘och - taxminan 10 km.
Ki, vayronlig‘larida yuz xalaldur,
Agar qilsam madad voqe’ mahaldur.
Hunarni asrabon netkumdur oxir,
Olib tufroqqamu ketgumdur oxir? degan so‘zlarini aytib, maqsadlariga yetishtiradi.
Bu yerda u yurtni adolat bilan boshqarayotgan malika Mehinbonu mehrini, uning jiyani Shirinning muhabbatini qo- zonadi. Oshiq va ma’shuqaning ilk uchrashuvlari va suhbatini muallif shunday tasvirlaydi:
Ki: “Ey nodir yigit ofoq ichinda,
Yagona charxi nili toq ichinda!
Ayon holingda ko‘p-ko‘p bul’ajabliq.
Ajabdin ham ajab ranj-u taabliq1.
Ne sen o‘xshab jahonda bir kishiga,
Ne qilg‘an ishing o‘xshar el ishiga.
Bu ishkim, biz demay bunyod etibsen,
Bag‘oyat ko‘nglimizni shod etibsen.
Bo‘lur erduk husuli ichra ojiz,
Hunar ermas, qo‘lung ko‘rguzdi mo‘jiz.
Agar yuz qarn2 uzroyin bo‘loli,
Netib bir kunchilik uzring qo‘loli.
Ishing uzrida yuz bizdek o‘tong‘ay,
Ne bizdin, tengridin ollingg‘a yong‘ay”.
Do'stlaringiz bilan baham: |