Savol va topshiriqlar:
1.
2.
3.
4.
5.
6.
Sovchilar munosabati bilan Shirinning Mehinbonuga aytgan rad javobini qayta o‘qing. Undagi qizga xos nazokat, madaniyat va ayni paytda qat’iyatga diqqat qiling.
Qizning qaysi so‘zlarida ayriliqdagi Farhodning ruhiy holati bayon etilgan? Uning o‘z yori kechinmalarini bunchalik yaqin his etishining sababi nimada deb o‘ylaysiz?
“Menga ne yor-u ne oshiq havasdir, Agar men odam o‘lsam, ushbu basdir” baytidagi yuksak ma’naviy dunyoqarashni izohlang. Xusravning so‘zlaridan uning shaxsiyatiga xos bo‘lgan qaysi jihatlarni angladingiz?
Farhodning Xusravga bergan tanbehiga qo‘shilasizmi?
Uning so‘zlariga munosabat bildiring.
0*1
8.
9.
10.
Farhod va Xusrav dialogidagi har bir aytishuvni o‘rtoqlaringiz bilan tahlil qiling. "Majnun”, "majnunluq” so‘zini qanday izohlaysiz? Ularning sinonimini keltiring.
“Dedi: - “Qay chog'din” tarzida aytilgan baytdan kelib chiqib, Farhodning oshiqligi qachondan boshlanganligi haqida fikr yuriting. “Dedi: — Vaslig‘a borsen orzumand?Dedi: — Bormen xayoli birla xursand” dialogi orqali ifodalangan ishqda tama’ va beg‘ara- zlik, ishqibozlik va oshiqlik ziddiyatini sharhlang.
Farhodning javoblarini eshitgan Xusravning “Bu ishq tarki yaxshiroqdur” degan xulosaga kelganligi sababini tushuntiring. Xusrav va Farhod dialogini yod oling.
O‘zini Farhoddan ishqda zabun, kuchda ojiz va ma’naviyat- da tuban ekanligini anglagan Xusrav uni yuzma-yuz olishuvda hech jihatdan yengolmagach, makr-hiyla bilan mahv etmoqchi bo‘ladi. Bir hiylagar kampirni yollab, Farhodning oldiga yubora- di. U yigitning ishonchini qozongach, shunday yolg‘on xabarni yetkazadi: “Mehinbonu bilan Xusrav yarashdi. Xusrav uylan-
ish haqida og‘iz ochgan edi, Mehinbonu jiyanini unga berishga rozi bo‘ldi. Lekin Shirin bundan norozi bo‘lib, o‘zini-o‘zi o‘ldirdi. Chunki Farhod degan yigitni sevar ekan. Oxirida ham “Farhod! Farhod! deya jon berdi”.
Bu xunuk xabar Farhodning bag‘riga go‘yo o‘tkir pichoq urdi. Fig‘on tortib, o‘rnidan turmoqchi bo‘ldi, lekin holsizlanib yiqildi. Toshlar uzra talpinmoqqa - emaklashga tushdi, badani- dagi suyaklar qisirlab, sinmoqqa tushdi, boshlarini toshlarga urib, yig‘ladi. Uning holiga hatto tog‘ bilan vodiy ham majnun- vor yig‘ladi.
Shundan keyin Farhod bu o‘tkinchi dunyoning o‘zi bilan bog‘liq barcha jihatlari: - sahro, vodiy, tog‘, osmon, metin, te- sha atrofidagi darrandalar-u parrandalar bilan vidolashdi, ular- dan bergan azoblari uchun uzr so‘radi, hamdardlik, hamnafaslik qilganlari uchun ularga minnatdorchilik bildirdi. Umri tugab bo- rayotganini fahm etib, yurtini, ota-onasi-yu yaqinlarini yod etdi:
Tugangan fahm etib umri baqosin,
Sovug‘ oh urdi yod aylab atosin.
Anosi ham ko‘zi oldig‘a keldi,
Ko‘zidin ikki qonlig‘ rud1 ochildi.
Falak boshig‘a urdi bir katora2
Ki, to ko‘ksiga - bo‘ldi ikki pora.
Dedi: - “Ne hol erur, hayhot-hayhot,
Netar jonimni olsang, ey ajal, bot?!
O‘lardin burna3 yuz o‘lmak nedur bu?!
Boshim yuz tig‘ ila bo‘lmak nedur bu?!
Kuyuk tang‘a yolin4 urmoq ne erdi?!
Momug‘5 uzra choqin urmoq ne erdi?!
Bular fikri ichimdin urmayin bosh,
Boshim tufroq aro kirgay edi, kosh.
1Rud - ariq, soy; 2Katora - o‘tkir qilich; xanjar; 3Burna - burun, ilgari; 4Yolin - yolqin, alanga; 5Momuq - chigitsiz paxta, chigiti olingan paxta.
Buzug‘luq, ey falak, ko‘rguzdung oxir! Buzulg‘an xotirimni buzdung oxir!
Bu ne insof edi, ey soqiyi dahr,
O‘lar chog‘da qadah tutmoq to‘la zahr?!
O‘luk boshig‘a tig‘ urmoq ne ya’ni,
Bir-o‘q bas, bedarig‘ urmoq ne ya’ni?!
Chu bu sho‘robag‘a yetti nihoyat,
Dedi achchig‘-achig‘ yig‘lab bag‘oyat.
Ki: “Ey bodi sabo,tengri uchun qo‘p,
Yetib Chin-u Xito mulkiga yer o‘p!
Deman, xoqon qoshida bu o‘g‘uldin Ki, g‘urbat ichra o‘lgan xasta quldin.
Quyundek sadqa qil avval o‘zungni,
Chu bo‘lding sadqa, mundoq de so‘zungni:
Kim, ul ovorai bexonumoning,
Bag‘ir xunobidin bir qatra qoning,
Itib, olamda hirmon1 birla o‘ldi,
Yuzungni ko‘rmay armon birla o‘ldi.
Ne qonlar yuqti bag‘ridin yoshig‘a,
Ne ishlar tushdi gardundin boshig‘a.
Bo‘lub afsun-u makr-u hiylatangez,
Anga ne zulmlarkim qildi Parvez.
Agar tuzluk bila topsa hisobin,
Berur erdi ming andoqning javobin.
Va lekin egrilikni aylab oyin,
Yasab yuz nav’ yolg‘on, o‘ylakim chin.
Do'stlaringiz bilan baham: |