Qozoqboy yoldoshev, valijon qodirov, jalolbek yoldoshbekov



Download 0,77 Mb.
bet13/186
Sana22.04.2022
Hajmi0,77 Mb.
#575104
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   186
Bog'liq
9 adabiyot word

1 Mukarrar - takror.
Haqiqatan ham, Nizomiydek nazm sheri bo‘lgan maydonda tur- moq oson emas. U bilan bahslashish (panjasiga panja urmoq) uchun sher yoki hech bo‘lmasa yo‘lbars (palang) bo‘lmog‘i darkor. Navoiy sher bilan tenglashadigan sher bo‘ldi. U og‘ir va mas’uliyatli vazi- fani muvaffaqiyat bilan ado etdi. Nihoyat qisqa bir muddat - ikki yil (1483-1485) davomida 51 ming misradan ortiq besh dostonni yozib tugalladi. U 1483- yilda “Hayrat ul-abror” falsafiy-ta’limiy dostonini, 1484- yilda uch asarni: “Farhod va Shirin” hamda “Layli va Majnun” ishq qissalarini, “Sab’ayi sayyor” ishqiy-sarguzasht dostonini, 1485- yili esa “Saddi Iskandariy” qahramonlik dostonini yaratdi. Dostonlar, butun Sharq mumtoz adabiyotida bo‘lganidek, an’anaviy muqaddi- ma - hamd va na’t qismlari bilan boshlanadi. Hamd - Yaratuvchimiz Allohni ulug‘lash, unga shukronalik, na’t esa payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) alqovidir.
Navoiy “Xamsa”si yaxlit asardir. Buyuk shoir unda zamonasi- ning barcha dolzarb masalalarini qalamga oladi. Besh doston bir-bi- ri bilan ich-ichidan mustahkam bog‘langandir. Masalan, “Hayrat ul-abror”da shoir umr, uning mazmuni, tabiat, jamiyat va inson mu- nosabatlariga doir savollarni qo‘yadi, keyingi dostonlarda muayyan taqdirlar, voqealar misolida ularga javob berishga harakat qiladi. Beshlikni sinchkovlik bilan o‘qigan kitobxon “Hayrat ul-abror”da beril- gan 20 maqolatdagi diniy-falsafiy, axloqiy, ma’rifiy mohiyat keyin­gi dostonlar syujet va kompozitsiyasiga yuksak mahorat bilan sing- dirib yuborilganligiga iqror bo‘ladi. Shu nazar bilan “Hayrat ul-abror” tuzilishi va mavzulariga diqqat qilaylik. Doston o‘ziga xos qurilishga ega. U falsafiy-ta’limiy doston bo‘lganligi uchun mavzu biror voqeani hikoya qilish asosida emas, balki muallif fikr-mulohazalarining ba- yoni tarzida yoritiladi. Shuningdek, maqolatlar shu dostongagina xos bo‘lib, adibning boshqa asarlarida uchramaydi. Har bir maqolatda insonning kundalik hayoti bilan bog‘liq diniy, falsafiy, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy biror mavzu bayon etiladi, uning mazmun-mohiyati ochib be- riladi. Maqolat so‘ngida mavzuni dalillash, uni hayotiy asoslash maq- sadida hikoya yoki masal keltiriladi. Mazkur hikoya va masallarning bosh qahramoni asosan tarixiy shaxslar, mashhur din va davlat ar- boblaridir. Ularda shoir islomiy me’zonlar, umuminsoniy qadriyatlar- dan kelib chiqib Olam va Odam to‘g‘risidagi o‘z mulohazalarini yuk-
sak badiiy shaklda ifoda etadi. Masalan, birinchi maqolat iymon haqi- da. Maqolatning birinchi baytidanoq shoir iymonning inson hayoti, in- soniylik mohiyatida tutgan o‘rnini belgilab beradi:
Kimki jahon ahlida inson erur,
Bilki, nishoni anga iymon erur.
Ya’ni kim bu dunyoda inson deb atalibdi, insonligining belgisi iymondir. Iymonsizni odam deb atab bo‘lmaydi. Inson bilan hayvon orasidagi farqni nutqda - odamni so‘zlay bilish qobiliyatidagina deb bilish xatodir. Chunki odamda nutq ham, boshqa maxluq - hayvon- larda bo‘lgan bir qator jihatlar ham bor. Shuning uchun asosiy me’zon iymondir, deydi Navoiy.
Hukmdorlarga bag‘ishlangan “Salotin bobida” nomli uchinchi maqolat adibning adolat haqidagi qarashlarini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega. Maqolatda shoirning tenglik, ozodlik, adolatli jamiyat borasidagi qarashlari o‘z ifodasini topgan. Uning fikricha, mamlakat- da juda ko‘p narsa davlat boshlig‘iga bog‘liq. Shoh odil, oqil, orif va el-yurtga g‘amxo‘r bo‘lishi kerak. Shuning uchun shoir shohga qarata: raiyat (xalq) poda bo‘lsa, sen cho‘ponsan, u mevali daraxt bo‘lsa, sen

  • bog‘bon, agar cho‘pon qo‘ylarini asramasa, ular och bo‘rilarga yem bo‘ladi. Podani bo‘rilardan asra, bog‘ni suv berib yashnatgin, deydi. Hukmdor kim bo‘lmasin, mamlakat va xalqning taqdiri uning faoliyati, xatti-harakatiga bog‘liq:

Shohki ish adl ila bunyod etar,
Adl buzuq mulkni1 obod etar.
Kofiri odil ani obod etib,
Mo‘mini zolim ani barbod etib.
Karam va saxovat haqidagi beshinchi maqolatda Navoiy bu fazilatlarni baxillik bilan yonma-yon qo‘yib, ularning mohiyatini yorita boradi. Saxovat qanchalik yuksak insoniy fazilat bo‘lsa, baxillik shun- chalar tuban illatligini adib tazod vositasida ochib beradi: “Buxl erur borcha sifatdin xasis, Lek saxo javhari asru nafis”. Lekin saxovat kim to‘g‘ri kelsa yoki o‘ziga tanish odamlargagina ehson qilish emas.
1Mulk - mamlakat.
Saxiy kishi ehtiyojmandlarga ko‘maklashishi, muhtoj odamlarga be- minnat qo‘l cho‘zishi lozim. Zarurati bo‘lmagan kishilarga saxiylik qi- lish aqldan emas. Bunday odamlarga shoir “O‘yla bulutdekki quruq bog‘ uza Yog‘may o‘tub, suvni to‘kar tog‘ uza” deb tashbih ish- latadi. Kishilar saxovatiga ko‘z tikishdan ko‘ra o‘z mehnati bilan kun kechirishni Navoiy saxovatdan ham ulug‘ himmat deb biladi.
Keyingi maqolatda odob masalalari yoritilgan. Adib unda kishi­lar bilan munosabat va muomala madaniyati, o‘zini tuta bilish, bola tarbiyasi va boshqalar to‘g‘risida o‘z mulohazalarini bildiradi. Odob, tavozeni alqaydi, o‘zini tuta bilmaslik, o‘rinsiz kulgi kabi salbiy xis- latlarni qattiq qoralaydi. Inson munosabatlarda har bir kishining ah- voliga yarasha muomala qilishi, kattalarga xizmat, kichiklarga shafqat etishi lozim deb uqtirgan shoir: “Har kishining tavrig‘a loyiq kerak, Surati holig‘a muvofiq kerak. Kimki ulug‘roq anga xizmat ker­ak, Ulki kichikroq, anga shafqat kerak” deb ta’lim beradi. Tanosub san’ati asosiga qurilgan quyidagi misralarni esa har bir farzand o‘ziga dasturi amal deb bilishi kerak:
Boshni fido ayla ato qoshig‘a,
Jismni qil sadqa ano boshig‘a.
Tun-kunungg‘a aylagali nur fosh Birisin oy angla, birisin quyosh.
Maqolatlardan birini Navoiy elga manfaat yetkazish masalalari- ga bag‘ishlaydi. Insonning hayoti jamiyatda, odamlar orasida kechadi. Dunyo insonlarning xayriyati (yaxshiliklari) bilan, jamiyat ezgu ish- lar bilan obod bo‘ladi. Shuning uchun har bir shaxs qaysi yo‘l bilan bo‘lmasin: mehnati yo mablag‘i bilan, shirin so‘zi yoki maslahati bi­lan el-yurtga foyda yetkazishi kerak. Jamiyat a’zolarining mana shun­day umumga keltirgan naflari ayni paytda o‘zlariga ham manfaat- lidir: “Naf’ing agar xalqqa beshak durur, Bilki bu naf’ o‘zungga ko‘prak durur”. Aksincha, agar inson jamiyatga, xalqqa zarar yet- kizsa, yomonlik qilsa, bu ham uning o‘ziga qaytadi: “Ulki zarar she- vasini tavr etar, Elga demakim, o‘ziga javr etar”. Shuning uchun haqiqiy inson yurt tashvishi bilan, el g‘ami bilan yashaydi:
Odamiy ersang, demagil odami,
Oniki yo‘q xalq g‘amidan g‘ami.
ki
Navoiy har bir tushunchaga mukammal ta’rif va tavsif berar ekan, fikrni go‘zal va nafis badiiyat libosiga o‘rab, o‘quvchiga taqdim qiladi. Uni o‘qir ekansiz, ifoda go‘zalligi Sizni maftun qiladi, so‘zlar ji- losi uchun adibga tahsinlar o‘qiysiz. Birinchi dostonda tilga olingan mazkur mavzular, masalalar keyingi dostonlarda o‘ziga xos tarzda va talqinlarda bir-biridan go‘zal va teran qissalar orqali kitobxon ongi va shuuriga yetkiziladi.

4. XV asrda turkiy tilda “Xamsa” yozish o‘ziga xos ijodiy jasorat bo‘lganligini asoslashga urining.


Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish