Qozoqboy yoldoshev, valijon qodirov, jalolbek yoldoshbekov



Download 0,77 Mb.
bet83/186
Sana22.04.2022
Hajmi0,77 Mb.
#575104
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   186
Bog'liq
9 adabiyot word

6.
7.
8.

10.



Nazariy ma’lumot
BADIIY ADABIYOTDA RUHIYAT TAHLILI
Ruh — o‘ta murakkab tushuncha. Ruhiyatga daxldor narsalarni bilish qiyin, ko‘ngil bilan tuyish mumkin, xolos. Demak, ruh odamning ko‘ngliga tegishli hodisa ekan. Inson aqli ruhni to‘la tushunishga ojiz- lik qiladi. Qur’oni Karimda ham ruhning izohini odam tushunolmasligi ta’kidlangan.
Qachondir qilingan ish, bildirilgan fikr, so‘zlangan so‘z es- kirishi mumkin, lekin inson ruhiyatining xususiyatlari hech qachon eskirmaydi. Shuning uchun ham badiiy ijodda odam ruhiyati tasvi­riga katta e’tibor qaratiladi. Siz badiiy asarlarda inson ruhiyatining tushuntirish mumkin bo‘lmagan jihatlari tasviriga ko‘p marta duch kelgansiz. Chunonchi, raqibini yiqitolmagan Alpomishga qarata Oybarchin tomonidan aytilgan: “Qizlar sizni narmoda deb ayta- di, Qizlarning aytgani menga botadi. Mardlar olishmaydi, siltab otadi, Maydon bo‘lsa, ish ko‘rsatib ketadi” so zlari yigit ruhiyati- ni ostin-ustun qilib yuborgani va shu vaqtgacha yiqitolmagan dush- manini ko‘kka otgani sizga ma’lum. Yoki umrida ko‘zidan bir tom- chi yosh chiqmagan Qo‘chqor Alomatning so‘zlari ta’sirida o‘zini
tutolmay, o‘kirib-o‘kirib yig‘laganidan “Temir xotin” komediyasi orqali xabardor bo‘lasiz.
Siz tanishgan “Ulug‘bek xazinasi” romanidagi har bir perso- najning qilgan ishi, aytgan gapi uning ruhiy holatiga muvofiq keladi. Qanchalar yovuz va shuhratparast bo‘lmasin, otasiga tig‘ ko‘tarish Abdullatif uchun ham oson kechmaydi. Asarda o‘g‘liga qarshi kura- shishga majbur otaning ham, ota halokatiga sabab bo‘lgan bolaning ham ruhiyati juda ta’sirli va ishonarli ko‘rsatilgan. Yozuvchi o‘tmishda qanday yomonlik bo‘lganini aytibgina qo‘ymaydi, balki o‘tmishdagi yovuzlikni sodir etganlar yoki undan jabr ko‘rganlar qanday tuyg‘ularni kechirganliklarini, qanday ruhiy holatga tushganliklarini ham ishonarli ko‘rsatib beradi. Ayni shu holat bu romanning ta’sirchanligini ta’min- lagan.
Badiiy asarni qiziqarli voqea tasvirining o‘zi qimmatli qilolmay- di. Sababi, qaydadir va qachondir yuz bergan voqealar, qanchalar muhim va qiziqarli bo‘lmasin, eskiradi, lekin o‘sha voqealarni kechir- gan obrazlarning ruhiy holatlari hech qachon eskirmaydi. Ularning haqqoniy tasviri barcha davrlardagi kishilarga ta’sir ko‘rsataveradi.
Abdulla Oripov 1941- yilning 21-mart — ayni Yilboshi bayra- mi kuni Qachqadaryo viloyati Koson tumanidagi Neko‘z qishlog‘ida tug‘ildi. Qishloq Qo‘ng‘irtov etagiga o‘rnashgan, oqar suv taqchil bo‘lsa-da, seryomg‘ir kelgan yillarda ko‘kat-u maysalarga ko‘milib qoladigan kengish joyda edi. Ana shunday go‘zal maskanda tug‘ilib o‘sgan bo‘lajak shoirning otasi Orifboy Ubaydulla o‘g‘li ishbilarmon dehqonlardan bo‘lib, jamoa xo‘jaligi raisi edi. Onasi Turdixol momo ko‘pchilik o‘zbek ayollari singari sarishta, mehnatkash, mehribon, g‘oyat ta’sirchan va ezgulikka tashna ayol bo‘lgan. Oilada to‘rt o‘g‘il, to‘rt qiz bo‘lib, Abdulla o‘g‘illarning kenjasi edi.
Bolaligi qishloqdagi boshqa tengdoshlariniki qatori o‘tdi: qo‘y boqdi, suv tashidi, pichan o‘rdi, yantoq chopdi, somon to‘pladi. Ayni vaqtda, u boshqacharoq ham edi: qandaydir xayolchan, ta’sirchan, o‘ychil, kitobga haddan tashqari ko‘ngil qo‘ygan. Abdulla hali mak- tabga bormay turib, qandaydir so‘zlarni bir-biriga uyqash qilib aytib yurishni xush ko‘rar, so‘zning mazmunidan ko‘ra ohangi uni qattiq bezovta qilardi. Buni shoir keyinchalik shunday eslaydi: “...birinchi she’rlar yoza boshlaganimga nima turtki bo‘lganini aniq bilmayman. Har holda so‘zlarni qofiyalashga ishqiboz bo‘lib qolganim esimda. Balki zerikkanimdan, balki zavqim toshib nimadir yozgim kelaverardi. Fikr esa yo‘q. Yozmaslikning ham iloji yo‘q”
Abdulla o‘z qishlog‘idagi yetti yillik maktabda o‘qiy boshladi. 1958- yilda qo‘shni Tayzan ovulidagi o‘rta maktabni oltin medal bilan bitirgan o‘spirin Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) “O‘zbek
filologiyasi” fakulteti jurnalistika bo‘limiga o‘qishga kirib, uni 1963- yilda imtiyozli diplom bilan bitirdi. A.Oripov oliy maktabni tugatgach, Toshkentdagi “Yosh gvardiya” nashriyotiga muharrir bo‘lib ishga ki- radi. Bu yerda to‘rt yil ishlagach, 1967—1974- yillarda G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyotda dastlab muharrir, so‘ng katta muharrir bo‘lib xizmat qiladi. 1974—1976- yillarda “Sharq yulduzi” jurnalida nazm bo‘limini boshqaradi.

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish