Qozoqboy yoldoshev, valijon qodirov, jalolbek yoldoshbekov


Hayratga tushgan Ali Qushchi ko‘ngli g‘alati bo‘lib oldinga o‘tdi



Download 0,77 Mb.
bet72/186
Sana22.04.2022
Hajmi0,77 Mb.
#575104
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   186
Bog'liq
9 adabiyot word

Hayratga tushgan Ali Qushchi ko‘ngli g‘alati bo‘lib oldinga o‘tdi.

  • Vaalaykum assalom, buzrukvor!

  • Borakallo, mavlono! Qani, yuqori o‘t!

Ko‘zlari qorong‘iga o‘rgangan Ali Qushchi atrofiga qiziqsinib qa­radi.
Ular kirgan joy baland tepalikning yonbag‘riga o‘yib kirilgan
katta g‘or bo‘lib, ikki yonida yana ikkita kichikroq ungurlar ko‘rinar edi. Yo‘lakdan kirgan joydagi ungurda temirchilik asbob-uskunalari, bosqon va sandon, uning tagida og‘ir bolg‘a va cho‘kichlar, uzun temir qisqichlar, omburlar yotar, chap tomondagi g‘orda qozon-tovoq, qumg‘on, choydish, har xil obdastalar va boshqa ro‘zg‘or buyumlari terib qo‘yilgan edi. Katta g‘orning to‘rida, po‘stak yozilgan supada, boshiga chambarak kigiz qalpoq kiygan, ko‘pdan beri qaychi teg- magan qalin soqoli ko‘ksiga tushgan bir chol... qo‘y terisidan tikilgan keng po‘stinga o‘ranib, chordana qurib o‘tirardi.
Cholning orqasidagi, tekis chopilgan devorga ikkita qilich va qalqon osilgan, qilichlarning o‘rtasidagi tokchada qandaydir eski kitoblar ko‘rinardi... G‘orga hayrat bilan tikilib qolgan Ali Qushchining esiga... nogahon Urgut tog‘larida Mirzo Ulug‘bek bilan ov qilib yur- ganlarida ko‘rgan bir g‘or tushdi. U ham xuddi mana shunga o‘xshar, zimiston, kambar lahimdan qo‘rqmay o‘tib borilsa, xuddi shunday keng g‘orga kirilardi. G‘orning devorlari va qubbasimon shifti go‘yo inson qo‘li bilan yasalganday silliq, oppoq marmar toshlardan barpo bo‘lgan edi. To‘satdan Ali Qushchining miyasida bir narsa “yarq” et- ganday bo‘ldi:
Xazinani o‘sha g‘orga yashirmoq darkor!”
Uning xayolini cholning:

  • Nechun talmovsirab qolding, mavlono? — degan ovozi bo‘ldi. — Qani, o‘t buyoqqa! — Chol o‘ng tomonidagi ustiga po‘stak tashlangan katta to‘nkani ko‘rsatdi. — Tortinmay o‘ltirgaysen, mav­lono. Bu to‘nkada osiy bandaning adashi, sohibqiron Amir Temur o‘lti- rib, mana bu kosada... — chol qo‘lini cho‘zib kitob terilgan tokchaning ostidan katta mis kosani oldi, — mana shul kosada faqirga boda tut- gan. Faqir esam...

Ali Qushchi endigina usta Temur Samarqandiy degan mashhur temirchining g‘orida turganini tushundi. Amir Temur lashkarida xizmat qilgan bu odam to‘g‘risida Ali Qushchi ko‘p g‘alati hangomalar eshit­gan, lekin o‘zini ko‘rmagan edi.

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish