Asosiy qismda bir daqiqa jarayonida sekin yugurish. 30 m.
masofani vaqtga (nazorat) yugurish. Joydan turib to’pni uzoqqa otish.
Yakunlovchi qismda o’quvchilarning tayyorgarlik darajalarini
baholash va e’lon qilish. Uyga vazifa sifatida 30 soniya davomida
arqoncha bilan sakrash. Eng yaxshi ko’rgan sportchilarning nomlarini
aniqlash.
Boshlang’ich ta’lim metodikasi IV bosqich talabalarining 8-
semestrda o’quv amaliyotini (ped.praktika) o’tkazilishini inobatga olgan
holda II va III-IV sinflarda IV chorakda o’tkaziladigan ba’zi bir
darslarni namuna qilib ko’rsatish ma’qul bo’ldi.
II sinf. IV chorak (№62-dars).
Kirish. Bir qatorga saflanish. O’quvchilarning mustaqil ravishda
yurish va sekin yugurishlarini o’tkazish.