47
IV bob. Bolalarda sog’lom turmush tarzini shakllantirish.
4.1. Sog’lom turmush tarzi tushunchasi.
Sog’lom turmush tarzi – baxtli hayot kechirishning manbaidir.
Sog’lom turmush tarzi omillarini bolalarga o’rgatish mustaqil davlat
manfaati
va
aholining
osoyishta
mehnat
qilishi,
yashashini
ta’minlashdir. Bunda jismoniy tarbiya va sportning o’rni, mohiyatini
barcha kishilar bilishi, amalda bajarishlari zarur.
Ijtimoiy turmush madaniyatda sog’lom turmush tarzi asosiy
omillardan biridir. Qaysi mintaqa, mamlakat va millat (elat) bo’lmasin,
48
sog’lom turmush darajasiga erishish uchun bir umr mehnat qiladi.
Buning mazmuni va negizida quyidagi jihatlar mujassamlashadi, ya’ni:
1. Sihat-salomatlik.
2. Kasb-hunarga ega bo’lish uchun o’qish, ta’lim-tarbiya olish.
3. Oila qurish, oilaning tinch-osoyishta yashashi.
4. Bevosita mehnat orqali moddiy boylikka (mulk) ega bo’lish.
5. Madaniy va ma’naviy bilimlarga ega bo’lish.
6. Milliy va xorijiy tillarni chuqur bilish.
7. Ma’naviy va jismoniy jihatdan xordiq chiqarish.
8. Qavmlar, qo’shnilar bilan ahil yashash va o’zgalarning mol-
mulkiga xiyonat qilmaslik.
9. Vatan oldidagi burch va mas’uliyatlarni sezish, ularga amal qilish,
atrof-muhitni toza saqlash (ekologiya).
10.
Huquqiy, psixologik, iqtisodiy, tibbiy va boshqa sohalar
bo’yicha bilimlarga ega bo’lish.
11.
Zamonaviy texnik vositalar (televideniye, kompyuter,
internet, mobil telefonlar va boshqalar)dan maqsadli foydalanish.
12.
Jismoniy tarbiya vositalari (o’yin-mashqlar, sport, turizm,
xalq milliy o’yinlari va boshqalar)dan salomatlikni yaxshilash
hamda jismonan chiniqish maqsadida doimiy ravishda foydalanish.
Ta’kidlash lozimki, mazkur jarayonlar bilan bog’liq bo’lgan boshqa
juda ko’p ijtimoiy-tarbiyaviy amallar bo’ladi. Qisqa va lo’nda qilib
aytganda, sog’lom turmush tarzi doimo sog’lom bo’lish, kasb-hunar
asosida mehnat samarasiga erishish, bilim doiralarni kengaytirish,
oilaviy osoyishtalik va farzandlarni o’qitish, ularning axloq-odobini
49
ta’minlash, doimiy ravishda jismoniy tarbiya va mehnat bilan
shug’ullanish tushuniladi.
Mazkur jarayonlar o’z-o’zi bilan osonlikcha amalga oshirilmasligi
barchaga ayon, ya’ni hayot va turmushdagi ko’p qirrali va keng
qamrovli ijtimoiy-madaniy va ma’naviy tarbiyalar orqaligina ularga
erishish mumkin. Bu jihatlarni ilk bolalikdan o’rgatish, ta’lim-
tarbiyaning natijalarini kuzatish, nazoratga olish va amaliy yordam
berish asosiy faoliyatni tashkil etadi.
E’tirof etish joizki, bolalarga sog’lom turmush tarzi haqida tushuncha,
tasavvur, bilimlar berishda oilada ota-onalar namuna bo’lishi shart.
Maktabgacha bolalar tarbiya muassasalari va umumta’lim maktablarning
boshlang’ich sinflarida (I-IV) tarbiyachi, fan o’qituvchisi va sinf
rahbarlari har tomonlama namuna ko’rsatishlari zarur. Ayniqsa kiyinish,
yurish-turish,
muomlada
ibratli
so’zlar, iboralar, mulohazalar
bolalarning havasini uyg’otishi lozim.
“Qush uyasida ko’rganini qiladi” deb aytilgan naqlda katta ma’no
bor. Oila, bog’cha, maktab, mahalla, qishloq (ko’cha, o’yin maydonlari,
turli tadbirlar) sharoitida ijtimoiy turmush madaniyati yuksak darajada
bo’lsa, bolalar kichikligidan odob-axloqli bo’lishni o’rganadi.
Agar oila, qo’ni-qo’shni, ko’chalar, hatto turli marakalarda noo’rin
harakatlar (do’q, po’pisa, aldash va boshqalar) yoki odatdan tashqari
muomala (so’kish, g’iybat, tuhmat, firibgarlik va h.k.) sodir bo’lsa,
ularni ko’rgan va eshitgan kichik yoshdagi (3-5 yosh) bolalar qulog’iga
singib qoladi. 7-12 yoshdagi bolalar esa ko’rgan va eshitganlarini oilada,
ko’cha-ko’yda, hatto dars jarayonlarida ham ishlatishi mumkin.
50
“Devor oldida gapirma, orqasida odam (qo’shni) bor” degan naql ham
bejiz aytilmagan.
Insoniyat borki, hamma ham birdek odob-axloqqa doimo rioya
qilavermaydi. U yoki bu sabablar bilan katta-kichik, mehmonlar oldida
ham noo`rin, hatto haqoratli so’zlarni ishlatilishi uchrab turadi. Bunga
yo’l qo’ymaslikning birdan-bir chorasi bolalarni yoshlikdan axloq-
odobli qilib tarbiyalashdir. “Qovun-qovundan rang oladi” deganlaridek
aldamchi, beodob bolalarning hatti-harakati maktab sharoitlarida
tanaffuslar paytida, ayniqsa darsdan keyingi bo’sh paytlarda ko’cha,
o’yin maydonlarida birgalashib o’ynaganda yaqqol ko`rinadi. Buning
uchun oilada bolalarning hatti-harakatlarini nazorat qilish, nojo’ya
harakatlarga barham berish lozim bo’ladi.
Bu mulohazalardan xulosa shundaki, sog’lom turmush tarzining eng
murakkab tomonlaridan biri bo’lgan axloq-odob tarbiyasini bolalarga
chuqur singdirish va o’z vaqtida nojo’ya harakatlarning oldini olish.
Yuqorida aks ettirilganidek, sog’lom turmush tarzining ilk
boshlanishi va asosiy mazmuni sihat-salomatlik hisoblanadi.
Sihat-salomatlik tabiiy jarayon bo’lsada, (sog’lom tug’ilish,
anatomik, fiziologik, psixologik rivojlanish va h.k.), u tarbiyaga
muhtojdir. Ya’ni to’g’ri ovqatlanish, uyqu, dam olish, gigiyenik
qoidalarga rioya qilish, doimiy amaliy harakat va boshqalar tanada
salbiy o’zgarishlar yuz bersa, dardga chalinish, shikastlanish va shunga
o’xshash jarayonlarda tibbiy xizmat asosiy o’rinda turishini inkor qilish
mumkin emas. Eng muhimi esa, yuqorida zikr etilgan omillar va
usullarni qo’llash, ulardan maqsadli foydalanishni bolalarga ota-onalar,
51
tarbiyachilar va o’qituvchilar o’rgatish bilan bir qatorda, ularning
ijrosini kuzatish, talab etish muhim ahamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |