Qosimova R. A. Boltayev Z. B


 Sog’lom turmush tarzi tarbiyasida jismoniy ta’limning o’rni



Download 1,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/99
Sana29.06.2021
Hajmi1,1 Mb.
#104654
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   99
Bog'liq
jismoniy tarbiya asoslari va metodikasi 2

4.2. Sog’lom turmush tarzi tarbiyasida jismoniy ta’limning o’rni 
va ahamiyati. 
 
“Sog’  tanda  sog’lom  aql”  kechagi  va  bugungi  kunning  oddiy 
shiorigina  emas,  balki  kelajak  avlodning  ma’naviy  va  jismoniy 
barkamolligidir. Bu esa sog’lom turmush tarzini bolalarda shakllantirish 
va katta yoshdagi kishilarning mehnat qobiliyatini oshirish, mudofaa va 
favquloddagi  holatlarda  tez  yordam  berish  hamda  ijtimoiy  turmush 
sharoitlarda  uchraydigan  salbiy-ijobiy  hodisalarda  faol  ishtirok  etishda 
muhim o’rinda turadi.  
Barkamol  avlodni  tarbiyalab  yetishtirishda  jismoniy  tarbiya  va 
sportning  o’ziga  xos  o’rni  va  ahamiyati  ancha  ustuvordir.  Ma’lumki, 
jismoniy  tarbiyada  juda  ko’p  va  o’ta  murakkab  amaliy  harakatlar 
mavjud.  Amaliy  harakatlarning  ilmiy-nazariy  hamda  pedagogik 
amaliyotda sinov-tajribalardan o’tkazilgan natijalargina bolalar jismoniy 
tarbiyasida 
qo’llaniladi. 
Yuqorida 
ta’kidlanganidek, 
jismoniy 
tarbiyaning  eng  muhim  vositalari  darslar  va  darsdan  tashqari 
sog’lomlashtirish tadbirlarida qo’llaniladi.  
Takror  bo’lsada,  bolalarda  sog’lom  turmush  tarzini  shakllantirish 
maqsadida  jismoniy  tarbiyaning  ba’zi  bir  omillari  va  usullaridan 
foydalanish haqida mulohazalar yuritiladi, ya’ni: 
1. Ertalabki sog’lomlashtirish gimnastika o’yin-mashqlari. 
Uyqudan  turgan  tana  a’zolarini  harakatlantirish  yo’li  bilan 
bolalarning  amaliy  faol  harakatlarini  kuchaytirish,  bu  bilan  kundalik 


 
52 
tartibdagi  (rejim)  tadbirlar  va  amallarni  bajarish  (yuvinish,  ovqatlanish, 
o’quv  qurollarini  yig’ishtirish,  kiyinish,  maktabga  ketish  va  boshqalar) 
zamin tayyorlaydi. 
Ertalabki  gimnastika  o’yin-mashqlarining  turlari,  ularni  bajarish 
usullarini  ota-onalar  yaxshi  bilishlari  lozim.  Bu  jarayonlarni  tashkil 
qilish,  o’yin-mashqlarni  har  5-6  kunda  yangilab  turish,  ularning 
me’yoriy talablarini boshlang’ich ta’lim tizimida tahsil oluvchi o’quvchi 
yoshlar  va  talabalar  o’quv  jarayonlarida  to’la,  mukammal  ravishda 
o’rganishlari, amaliy malaka hamda nazariy bilimlarni egallashlari shart 
bo’ladi. 
I-IV  sinflarda  dars  jarayonlarida  va  oila  sharoitida  ota-onalar 
bolalarning  tana  tuzilishi,  qon  aylanish  tizimi  va  nafas  olish  va 
chiqarishga  doir  bo’lgan  tushunchalarini  bolalarda  shakllantirish  va 
tobora  mukammallashtirish  usullarini  ham  alohida  e’tiborga  olishlari 
lozim  bo’ladi.  Oilada  va  sinflarda  ta’lim-tarbiya  berishda  bolalarga 
nasihat  sifatida:  “Sog’  odam  zo’r  bo’ladi”,  “Zo’r  odam  yaxshi  mehnat 
qiladi”,  “Yaxshi  mehnat  qilgan  kishi  badavlat  bo’ladi”,  “Gimnastika 
o’yin-mashqlarini  ertalab bajarsa sog’lom bo’ladi”, “Sog’lom bola zo’r 
futbolchi  yoki  kurashchi  bo’ladi”,  “Zo’r  sportchilar  musobaqalarda 
chempion  bo’ladi,  chempionlar  medal  egasi  bo’ladi”  kabi  ibora  va 
tushunchalarni  bolalar  ongiga  singdirib  borishlari  muhim  ahamiyatga 
egadir.  
Ta’kidlash  lozimki,  bu  kabi  nasihat  va  maslahatlar  faqat  so’z 
bilangina  qanoatlanib  qolmasligi  zarur,  ya’ni  ota-onalar,  aka-opalar 
ishtirokida  ertalabki  gimnastika  o’yin-mashqlar  (harakatli  o’yinlar, 


 
53 
sakrashlar, yugurishlar, futbol, badminton, tennis o’yinlari va boshqalar) 
bajarilishini amaliy jihatdan ijro etish zarurdir.  
I-IV  sinf  o’quvchilarining  jismoniy  jihatdan  rivojlanishida 
jismoniy 
tarbiya 
darslari, 
tanaffuslardagi 
o’yin-mashqlar, 
to’garaklarning sport mashg’ulotlari, turli xil o’yin-musobaqalar muhim 
o’rinda  turadi  va  shu  asosda  bolalarda  sog’lom  turmush  tarzining 
shakllanishi  amalga  oshiriladi.  Bu  jarayonlarda  ham  odam  tanasi 
tuzilishi, o’sish va rivojlanishda ijobiy ta’sir etuvchi turli omillar haqida 
nazariy  tushunchalar  berish,  ayniqsa,  bolalarning  o’zi  tana  a’zolaridagi 
o’sish,  kuchlanish,  tezlashish  kabi  fazilatlarni  sezishi,  ularni  kuzatib, 
o’lchab, sinab borish yo’llarini o’rgatish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu 
esa  sog’lom  turmush  tarzi  haqidagi  tushunchalarni  kengaytirishga 
xizmat qiladi.  

Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish