QO‘SHRABOT TUMAN XALQ TA’LIMI BO‘LIMI MUDIRINING
BUYRUG‘I
Qo‘shrabot tuman xalq ta’limi bo‘limi qoshidagi “Dilmunchoq” yosh qalamkashlar ijodiy klubining O‘zbekiston Qahramoni va Xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston – Vatanim manim!” mavzusidagi viloyat seminarini o‘tkazish to‘g‘risida
O‘zbek adabiyoti va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan atoqli shoir, taniqli jamoat arbobi, O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi muallifi, O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripovning betakror ijodiy merosi, uning Vatanga muhabbat, vafo va sadoqat tuyg‘usini, olijanob insoniy fazilatlarni madh etgan yetuk badiiy asarlari, sermazmun hayoti va ijtimoiy faoliyatining xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish, yosh avlod tarbiyasidagi beqiyos o‘rni va ahamiyatini inobatga olib hamda tavalludining 80 yilligini munosib nishonlash va xotirasini abadiylashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Qahramoni va Xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi 2020-yil 2-dekabrdagi PQ-4906 sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 4-fevraldagi “Abdulla Oripov va O‘tkir Hoshimov tavalludining 80 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 16-son yig‘ilish bayoni ijrosini ta’minlash bo‘yicha Samarqand viloyat Xalaq ta’limi boshqarmasining 22-fevraldagi 02-15 sonli buyrug‘i ijrosi hamda Tuman xalq ta’limi bo‘limi qoshida tashkil etilgan “Dilmunchoq” yosh qalamkashlar ijodiy klubi faoliyatini rivojlantirish orqali iste’dodli o‘quvchilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish maqsadida buyuraman:
“Dilmunchoq” yosh qalamkashlar ijodiy klubining O‘zbekiston Qahramoni va Xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston – Vatanim manim!” mavzusidagi viloyat seminari 2021-yil 16-mart kuni tuman madaniyat bo‘limi, 5-son Musiqa va san’at maktablari bilan hamkorlikda maktabning tadbirlar zalida o‘tkazilishi belgilab qo‘yilsin.
“Dilmunchoq” yosh qalamkashlar ijodiy klubining O‘zbekiston Qahramoni va Xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston – Vatanim manim!” mavzusidagi viloyat seminariga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish ishlarini tashkil qilish mudir o‘rinbosari (I.Jiyanqulov), o‘quv tarbiyaviy jarayonini metodik ta’minlash kichik guruhi metodisti (D.Toshboyev) va ona tili va adabiyot fani metodisti (S.Axmedov), Ijodiy klub badiiy rahbari (M.Musaqulov) zimmasiga yuklatilsin.
“Dilmunchoq” yosh qalamkashlar ijodiy klubining O‘zbekiston Qahramoni va Xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston – Vatanim manim!” mavzusidagi viloyat seminarining chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
“Dilmunchoq” yosh qalamkashlar ijodiy klubining O‘zbekiston Qahramoni va Xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston – Vatanim manim!” mavzusidagi viloyat seminarida tuman “Barkamol avlod bolalar maktabi” ko‘rgazma vositalari bilan ishtirok etishini taminlash BABM direktori N.O‘tashev zimmasiga yuklatilsin.
Tumandagi barcha umumta’lim maktablari direktorlariga:
- “Dilmunchoq” yosh qalamkashlar ijodiy klubining O‘zbekiston Qahramoni va Xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston – Vatanim manim!” mavzusidagi viloyat seminarida har bir maktabdan bir nafar ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi va bir nafar ijodkor o‘quvchining ishtirok etishini ta’minlash;
- Ijodkor o‘quvchilarning mustaqil ijodiy ishlari hamda tanlovlarda rag‘batlantirish uchun berilgan Diplom va Faxriy yorliqlari bilan ishtirok etishini ta’minlash vazifalari yuklatilsin.
6. “Dilmunchoq” yosh qalamkashlar ijodiy klubining O‘zbekiston Qahramoni va Xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston – Vatanim manim!” mavzusidagi viloyat seminarida faol ishtirok etgan ishtirokchilarni rag‘batlantirish fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi tuman bo‘limi raisi A.To‘xtarov hamda “Ma’rifatparvarlar” tuman kengashi o‘rinbosari N.Umarovlardan so‘ralsin.
7. Ushbu buyruqning ijrosini ta’minlash mudirning birinchi o‘rinbosari I.Jiyanqulov zimmasiga yuklatilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |