QO‘SHRABOT TUMAN XALQ TA’LIMI BO‘LIMI MUDIRINING
BUYRUG‘I
O‘zbekiston Qahramoni va Xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston – Vatanim manim!” mavzusidagi 48-81-maktablar jamoalari o‘rtasida adabiy-ma’rifiy ko‘rik-tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida
O‘zbek adabiyoti va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan atoqli shoir, taniqli jamoat arbobi, O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi muallifi, O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripovning betakror ijodiy merosi, uning Vatanga muhabbat, vafo va sadoqat tuyg‘usini, olijanob insoniy fazilatlarni madh etgan yetuk badiiy asarlari, sermazmun hayoti va ijtimoiy faoliyatining xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish, yosh avlod tarbiyasidagi beqiyos o‘rni va ahamiyatini inobatga olib hamda tavalludining 80 yilligini munosib nishonlash va xotirasini abadiylashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Qahramoni va Xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi 2020-yil 2-dekabrdagi PQ-4906 sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 4-fevraldagi “Abdulla Oripov va O‘tkir Hoshimov tavalludining 80 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 16-son yig‘ilish bayoni ijrosini ta’minlash bo‘yicha Samarqand viloyat Xalaq ta’limi boshqarmasining 22-fevraldagi 02-15 sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman:
1. O‘zbekiston Qahramoni va Xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston – Vatanim manim!” mavzusidagi adabiy-ma’rifiy ko‘rik-tanlovi 2021-yil 15-mart kuni 48-81-maktablarning jamoalari ishtirokida 82-maktab bilan hamkorlikda maktabning faollar zalida o‘tkazilishi belgilab qo‘yilsin.
2. O‘zbekiston Qahramoni va Xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston – Vatanim manim!” mavzusidagi adabiy-ma’rifiy ko‘rik-tanloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish ishlarini tashkil qilish mudir o‘rinbosari (I.Jiyanqulov), o‘quv tarbiyaviy jarayonini metodik ta’minlash kichik guruhi metodisti (D.Toshboyev) va ona tili va adabiyot fani metodisti (S.Axmedov), 48-81-maktablar MMIBDO‘lari zimmasiga yuklatilsin.
3. O‘zbekiston Qahramoni va Xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston – Vatanim manim!” mavzusidagi adabiy-ma’rifiy ko‘rik-tanlovining chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Ko‘rik-tanlovning hakamlar hay’ati 2-ilovaga asosan tasdiqlansin.
5. O‘zbekiston Qahramoni va Xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston – Vatanim manim!” mavzusidagi adabiy-ma’rifiy ko‘rik-tanlovida faol ishtirok etgan ishtirokchilarni rag‘batlantirish fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi tuman bo‘limi raisi A.To‘xtarovdan so‘ralsin.
6. Ushbu buyruqning ijrosini ta’minlash mudirning birinchi o‘rinbosari I.Jiyanqulov zimmasiga yuklatilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |