O`ZBEK TILINING BOYISH MANBAI
O`zbek tili leksikasi bir qancha manba asosida boyib, rivojlanib boradi. Uni, eng avvalo, ikki katta guruhga ajratish mumkin: 1) ichki imkoniyat; 2) tashqi imkoniyat.
Birinchisi ichki manba, ikkinchisi tashqi manba deyiladi: 1. O`zbek tili lug`at tarkibining birinchi yo`l bilan boyib borish imkoniyati juda keng. Masalan: a) ilgari qo`llanib, keyin iste’moldan chiqib ketgan so`zdan yangi tushunchani ifodalash uchun foydalanish: vazir, hokim, viloyat, shirkat, noib, tuman kabi; b) yasovchi qo`shimcha yordamida yangi so`z yasash: uyali (telefon), omonatchi, pudratchi, bojxona, auditchi (auditor), dizaynchi (dizayner) va boshqa; d) shevaga xos so`zni faollashtirish: mengzamoq (Xorazm) «o`xshatmoq», «tenglashtirmoq», «qiyoslamoq» ma’nosida. 2. O`zbek tili lug`at tarkibi tashqi manba asosida ham boyib bormoqda. Dunyoda ichki imkoniyati asosidagina rivojlanadigan til yo`q. Faqat ma’lum zarurat tufayli yangi tushunchani tilimizning ichki imkoniyati asosida ifodalab bo`lmagandagina tashqi manbaga murojaat qilish foydali. Mahmud Koshg`ariy, Alisher Navoiy ham shunga da’vat qilgan. Keyingi davrda tilimizga Yevropa tillaridan bir qancha so`z yangi tushuncha bilan birgalikda kirib keldi. Masalan: monitoring, diler, skaner kabi. Buning hammasi o`zbek tili leksik imkoniyatini kengaytirib, boyitmoqda.
Sheva– faqat muayyan hududga xos ayrim belgini o`zida namoyon qilgan til shakli. Dialekt so`zi gohida sheva, gohida lahja atamasi o`rnida keladi: Toshkent dialekti (shevasi), qipchoq dialekti (lahjasi) kabi. Adabiy til lahja va sheva negizida umumlashtirish, qat’iy me’yorni ishlab chiqish yo`li bilan hosil qilinadi va undan oziqlangan holda muttasil rivojlanib boradi. Shuning uchun adabiy til xalq shevasidan uzilgan emas. Adabiy til uchun sheva boyishning ichki manbasi hisoblanadi.
Sheva so`zi fanda dialektizm deb ham yuritiladi.
Sintaksis yunoncha so‘z bo‘lib, “tuzish, qo‘shish” degan ma’nolarni ifodalaydi. Shunga ko‘ra bu bo‘limda gap tarkibidagi so‘zlarning bir-biriga qo‘shilishi natijasidagi sintaktik birliklarning tabiati, bir so‘zning boshqa bir so‘z bilan sintaktik munosabatga kirishish usullari, vositalari, so‘zlarning bir-biriga qo‘shilishidan hosil bo‘lgan so‘z birikmalari va unung turlari, gap bo‘laklari va ularning turlari, gap va uning boshqa sintaktik birliklaridan farqi, gapning turlari kabi masalalar o‘rganiladi. Tobelanishda uch xil sintaktik a’loqa mavjud. Boshqaruv, moslashuv, bitishuv aloqalari.
Boshqaruv. Bosh so‘zning talabi bilan ergash so‘zning ma’lum grammatik vositani olishi boshqaruv deyiladi. Boshqaruvda tobe so‘z oldin, bosh so‘z keyin qo‘llaniladi. Masalan: uyga ketish, shaharda yashash, sayr haqida suhbat, sayohat to‘g‘risida gapirish.
Moslashuv. Bosh so‘z bilan ergash so‘zning shaxs-sonda moslashuvidir. Bunda bosh va ergash so‘z qaratqich kelishigi hamda egalik qo‘shimchasi yordamida birikadi. Masalan: qalbim mening, do‘stimning yuragi, ukamning kitobi, maktab hovlisi. Nutqimizda uchraydigan a’zoiyi badan, oynai jahon kabi fors-tojik tilidan kirgan birkmalar bir so‘z sifatida qo‘llanilaveradi.
Bitishuv. Ergash so‘zning bosh so‘z bilan grammatik vositasiz, faqat ma’no jihatdan yoki so‘z tartibida birikishi bitishuv deyiladi. Bitishuvda doimo ergash so‘z avval, bosh so‘z keyin keladi: tiniq suv, katta ko‘cha, qizil gul, tez yurmoq va hakozo
Matn har qanday og‘zaki va yozma nutq parchasi matn (makromatn) hisoblanadi. Matn mikromatnlarning o‘zaro mazmuniy va grammatik bog‘lanishidan hosil bo‘ladi.
Bir necha gaplarning o‘zaro grammatik va mazmuniy bog‘lanishidan tashkil topgan, mazmuniy yaxlitlikka ega bo‘lgan qo‘shma gaplarga nisbatan yirikroq yozma va og‘zaki nutq parchasi mikromatn hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |