Qoraqalpoq davlat universiteti


Ommabop (publisistik) uslub



Download 3,72 Mb.
bet118/159
Sana07.04.2022
Hajmi3,72 Mb.
#533704
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   159
Bog'liq
O\'ZBEK TILI-2021-2022

Ommabop (publisistik) uslub. Tashviqot-targ`ibot ishini olib borishda qo`llanadigan uslub, ya’ni matbuot uslubi – ommabop uslub. Bu uslubda ijtimoiy-siyosiy so`z ko`p qo`llanadi. Nutq ta’sirchan bo`lishi uchun ta’sirchan so`z va birikmadan, maqol va hikmatli so`zdan keng foydalaniladi. Bunday uslubda gap bo`lagi odatdagi tartibda bo`ladi, kesim buyruq va xabar maylidagi fe’l bilan ifodalanadi, darak, his-hayajon va ritorik so`roq gap, yoyiq undalma, takroriy so`z va birikma unumli qo`llanadi: Azamat paxtakorlarimiz mo`l hosil yetishtirish uchun fidokorona mehnat qilishyapti.
Badiiy uslub. Badiiy asar badiiy uslubda bo`ladi. Bunday asar kishiga ma’lumot berish bilan birga, timsol (obraz) vositasida estetik ta’sir ham ko`rsatadi: O`lkamizda fasllar kelinchagi bo`lmish bahor o`z sepini yoymoqda. Badiiy uslubda qahramon nutqini jonli berish oddiy nutq so`zi, sheva, vulgarizmdan ham foydalaniladi. Badiiy asar uslubi aralash uslub hisoblanadi. Unda so`zlashuv uslubiga, kitobiy uslubga xos o`rin ham uchraydi.
Tasviriy ifoda – predmet, voqea va hodisani o`z nomi bilan emas, balki muhim xususiyatini tasvirlash orqali ifodalovchi birikma: oq oltin – paxta, oq oltin ijodkori – paxtakor, kumush tola – pilla, zangori kema kapitani – mexanizatorva hokazo.
Uslubiyat– nutq uslubi va uning turi, til vositasining nutqda qo`llanish imkoniyati, leksik, frazeologik va grammatik sinonimiya masalasini tekshiradi va o`rgatadi.

O`ZBEK TILI LEKSIKASI


Har qanday til o`z so`z boyligiga ega. Tilning lug`at tarkibi ma’nosida leksika atamasi ham qo`llanadi. Leksika muayyan tildagi barcha so`zlar yig`indisi. Hozirga qadar biror bir tilning lug`at tarkibida qancha so`z borligi to`liq aniqlangan emas. Bu borada taxmin bor, xolos. Jumladan, tilshunos Elbek Navoiy davridan to 1930-yilga qadar o`zbek tilida 40–45 ming so`z bo`lgan deb taxmin qiladi. Tilshunos G`.Abdurahmonov hozirgi kunda o`zbek tili so`z miqdori 80 mingdan ortiq deb ko`rsatadi. Akademik E.Fozilov esa o`zbek tilidagi so`zlar miqdorini yuz­ikki yuz mingdan ortiq deb taxmin qiladi. Tildagi taxminiy so`z miqdorini lug`atdan ham bilsa bo`ladi. 1981-yil nashr etilgan «O`zbek tilining izohli lug`ati»da 60 ming, 1976-yil nashr qilingan «O`zbek tilining imlo lug`ati»da 65 ming so`z qayd etilgan. Buning ham to`liq emasligi o`z­o`zidan ravshan.

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish