Qo‘qon xonligida kitobat va kutubxonachilik tarixi bob. Qo‘qon xonligida ijtimoiy-siyosiy va madaniy jarayonlar


Muhammad Yusuf Qilqalam Xo‘qandiy



Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/28
Sana07.11.2022
Hajmi0,86 Mb.
#861755
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   28
Bog'liq
QO‘QON XONLIGIDA KITOBAT VA KUTUBXONACHILIK TARIXI

Muhammad Yusuf Qilqalam Xo‘qandiy
56

Xo‗qandning eng mashhur 
xattotlaridan biri. 1835 yilda kotib oilasida tavallud topgan. Otasi Abulqosim Kotib 
Xo‗qandning xushnavis xattotlaridan bo‗lgan. Muhammad Yusuf yoshligidan 
otasidan tarbiya, ilm va ma‘rifat hosil qildi. Ayniqsa, suls, nasx va nasta‘liq xatlarini 
alohida ixlos bilan o‗rgandi. Taroqchilik mahallasidagi Daloyilxona madrasasidan 
hujra olib, o‗sha erda xattotlik bilan shug‗ullandi. Nasx va nasta‘liq xatida ko‗p 
qo‗lyozmalarni ko‗chirgan. YOzgan kitob, noma, qit‘a va boshqa qo‗lyozmalari 
nihoyatda go‗zal va nafis bo‗lganligi tufayli ―Qilqalam‖ degan sharafli faxriy 
unvonga sazovor bo‗ldi. Ko‗pgina shogirdlarga husnixat ta‘limini bergan. Mavlono 
Muqimiy va Mavlono Furqat uning eng iste‘dodli shogirdlaridan bo‗lganlar. 
Muhammad Yusuf Mavlono Muqimiyni ham moddiy, ham ma‘naviy tomondan 
qo‗llab – quvvatlab, o‗ziga kelgan buyurtma ishlar: kitob ko‗chirish, maktub, hujjat, 
duo, qit‘a yozib berish kabilardan bir qismini u kishiga berib, shoirning tirikchiligiga 
katta yordam bergan. Muhammad Yusuf 1919 yilda sakson to‗rt yoshda vafot etdi. 
Rahmatullo Mahdum, No‗‗mon Mahdum kabi o‗g‗illari ham xushnavis xattot 
bo‗lganlar. Rahmatullo Mahdumning o‗g‗illari Ibodulloxon Domullo Rahmatullaev 
shahar fozillaridan bo‗lib, shahar gazetasida bosh muharrir, Qo‗qon shahar 
o‗lkashunoslik muzeyida direktor lavozimlarida xizmat qilganlar. 
Najmiddin Xoja Xo‘qandiy
57
mashhur xattot, ustoz. Najmiddin Xoja 
Xo‗qand shahrining CHitgarlik mahallasida mashhur ustoz va xattot Atoulloh Xoja 
Xo‗qandiy xonadonida tavallud topdi. Xattotlik san‘ati va adabiyotni otasida o‗qidi. 
56
Murodov A. O‘rta Osiyo xattotlik san‘ati tarixidan. Toshkent: 1971. 136-b. 
57
Muhammad Yahyoxon Xo‗qandiy. ―Xo‗qandi latif tarixi‖ (Tazkira). Toshkent: 2021. 


Otasining vafotidan so‗ng Xo‗jandga ko‗chib ketdi. Fors va o‗zbek adabiyotini 
yaxshi bilar edi. Xo‗jandda fors adabiyotining bilimdoni Domullo Muhammad Amin 
va boshqa fozillarning majlislaridan bahramand bo‗lgan. O‗zi xush majlis, ochiq 
chehrali kishi edi. Toshkentda matbaachilik ishlari boshlangach, uerga ko‗chib kelib, 
Kamolon mahallasida istiqomat qiladi. Juda ko‗p talabalarga husnixat mashq qildirar 
edi. Abdusalom Abdurrahmon o‗g‗li, Xojiakbarxon Kotib Muhiddinxon o‗g‗li, 
Nuriddinxon SHamsiddinxon o‗g‗li, Karim Qori Xattot Hojimuhammad Amin o‗g‗li, 
Sayyid Maqsudxon, Fathullo Abdullohoji o‗g‗li, Abbosxon Anvarxon Qori o‗g‗li, 
Mahmudjon Muhammadjon o‗g‗li, Murod Shams, Umar Qori Abbos Qori o‗g‗li 
kabilar Najmiddin Xojaning shogirdlaridandir. Nasta‘liq xatida ko‗chirgan ko‗p 
kitoblari Toshkentdagi G‗ulom Hasan Orifjonov, Laxtin, Kaminskiy, Ilin, Porsev 
matbaalarida chop etilgan, xalq qo‗lida qo‗lyozma kitoblari ham bor. 

Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish