nuv qon tomirlari; 5) hajmli qon tomirlar; 6) ulovchi (shuntlovchi) qon tomirlar.
Bu tomirlarga aorta, o‘pka arteriyasi va ularga yaqin katta arteriyalarning qismlari
kiradi. Bu tomirlar juda qayishqoq bo‘lganidan sistola vaqtida qon bosimining
keskin ko‘tarilib ketishiga, diastola vaqtida esa 0 darajagacha tushib ketishiga yo‘l
arteriolalar, qisman kapillyarlar va venulalar kiradi. Arteriyalar oxiri va arteriolalar
yeki prekapillyar tomirlar devorida silliq muskul qavati yaxshi rivojlangan,
diametri nisbatan kichik. Bu tomirlar qon oqimiga hammadan ko‘p qarshilik
ko‘rsatadi. Silliq muskul qisqarishi va bo‘shashishi tufayli ro‘y beradigan tomirlar
ko‘ndalang kesimining o‘zgarishi qon bosimini o‘zgartiradi. Tananing a‘zo va
qismlaridan oqib o‘tadigan qon hajmi (qon oqimining hajm tezligi) ko‘proq shu
Ko‘proq venulalarning qisqarishi va bo‘shashishi qon oqimiga bo‘lgan
postkapillyar qarshilikni belgilaydi. Pre-kapillyar bosim bilan postkapillyar bosim
nisbati kapillyarlardagi gidrostatik bosimga tasir etadi va shu yo‘l bilan
kapillyarlarda filtrlanish va qayta so‘rilish tezligini o‘zgartiradi.
Sfinkter (jumrak) tomirlar — prekapillyar arteriolalarning oxirgi qismi. Bu
tomirlar qisqarganda ishlab turuvchi (teshigi ochid, qon o‘tkazuvchi)
kapillyarlarning soni kamayadi. Ular bo‘shashsa, bunday kapillyarlarning soni
oshadi; modda almashinuvi yuzasi o‘zgaradi.
Kapilyarlar modda olmashinuvida ishtirok etadigan tomirlarga kiradi.
Ahamiyati juda katta bo‘lgan diffo‘ziya va filtrlanish jarayonlari faqat kapillyar
devori orqali sodir bo‘ladi. Kapillyarlar qisqaruvchi unsurlarga ega bo‘lmaganidan
faol qisqara olmaydi. Ammo ularning diametri pre- va postkapillyar bosim
o‘zgarishi bilan sfikter tomirlarning holatiga qarab, sust o‘zgaradi.
Hajmli tomirlar — bular asosan venalardir. Venalar juda cho‘ziluvchan
bo‘lganidan ko‘p mikdordagi qonni o‘ziga sig‘dirib, saqlab turishi va qon
aylanishiga qayta chiqarishi mumkin. Shuning uchun ham venalar qon zadirasi
vazifasini bajaradi. Bazi venalar qon zadirasi sifatida ancha ko‘p hajmga ega.
Bularga jigar venalari, qorin bo‘shlig‘i, yirik teri venalari kiradi. Bu venalardagi
mavjud qon miqdori 1 l chamasida ko‘payib-kamayib turishi mumkin.
Ulovchi (shuntlovchi) tomirlar arteriovenoz anastomoz lardan iborat. Bu
tomirlar ochiq vaqtida kapillyarlar orqali qon oqish kamayadi, butunlay to‘xtab
qolishi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: