vazifasi qonning kapillyarlardagi uzluksiz xarakatini taminlash uchun doimiy
kapillyarlarda qon oqimi uchratadigan qarshilikka (R) bog‘liq . Bu bog‘lanish
ko‘tarilib -tushib turadi. Qonli usulda qayd qilingan bosimning egri chizig‘ida
bog‘liq bo‘ladi (38-rasm). Xar bir sistola vaqtida ma‘lum miqdordagi qon
arteriyalarga chiqib, ularning elastik cho‘zilishini oshiradi. Qorinchalar sistolasi
vaqtida aorta va o‘pka artsriyasiga keladigan qonning miqdori ketadigan qon
miqdoridan ko‘p bo‘ladi, shuning uchun ularda qon bosimi ko‘tariladi. Diastola
vaqtida qorinchalardan arterial tizimga qon chiqishi to‘xtaydi, yirik
arteriyalardan qon oqib ketishda davom etadi, arteriyalarning cho‘z ilishi
kamayadi va qon bosimi pasayadi. Sistola natijasida arteriyalarda bosimining
ko‘tarilishi sistolik bosimni ifodalaydi. Diastola vaqtida bosimning pasayishi esa
eng kam yoki diastolik bosimni ifodalaydi. Sistolik bosim bilan diastolik bosim
orasidagi farq, yani bosimning o‘zgarish amplitudasi p u l s bosimi,, .deb
ataladi.
Puls—-bosimi yurakka yaqin
arteriyalarda eng yuqori. Yurakdan
o‘zoqlashgan sari puls bosimi pasaya boradi, yani sistolik va diastolik bosimlar
orasidagi farq sekin-asta kamayadi. Arteriola va kapillyarlarda qon bosimining
puls to‘lqinlari yo‘q ularda bosim turg‘un bo‘ladi, sistola va diastola vaqtida
o‘zgarmaydi.
Sistolik, diastolik va puls bosimidan tashqari,o‘rtacha bosim ham tafovut
qilinadi. O‘rtacha bosim maksimal bosim bilan minimal bosim o‘rasidagi miqdor
bo‘lib, qonning uzluksiz xarakat energiyasini ifodalaydi. Markaziy, yirik arteriyada
o‘rtacha bosim diastolik bosim va puls bosimining yarmi yig‘indisiga teng:
Periferik
arteriyalarda
o‘rtacha
bosim
diastolik
bosim
va puls bosimining uchdan biri yig‘indisiga teng:
Rur=ro+~~Ch—size\2.
sh odamning ko‘tariluvchi aortasida sistolik bosim
simob ustunining 120 mm ga teng, diastolik bosim esa —80 mm. Bunda puls
bosimi 40 mm s. u., o‘rtacha bosim esa 80 mm+^^=100 mm s. u. ga teng bo‘ladi.
Aortaning ko‘krak qafasidagi va qorin bo‘shlig‘idagi soxalarida bosim sal
kamayadi. Arteriyalarning oxirgi tarmodlarida va arteriolalarda esa qon bosimi
keskin pasayadi va arteriolalarning oxirida 30—35 mm s. u. ni tashkil qiladi.
Qon bosimining egri chizigida puls to‘lqinlaridan tashqari, nafas
xarakatlariga bog‘liq ikkinchi tartibdagi to‘lqinlar ham kuzatiladi; shuning uchun
ularni nafas to‘lqinlari deyishadi: nafas olganda qon bosimi pasayadi, nafas
chiqarganda esa ko‘tariladi..
Qon bosimining egri chizig‘ida bazi uchinchi tartibdagi to‘lqinlarni kuzatish
mumkin. Ularning kelib chiqishi tomirlarni xarakatga, keltiruvchi markaz
tonusining o‘zgarishiga bog‘liq .