Qo’lyozma huquqida


Raxbar ayollar tipologiyasi va ularni muammolarni hal qilish usullari



Download 404,88 Kb.
bet17/32
Sana22.07.2022
Hajmi404,88 Kb.
#836518
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   32
Bog'liq
Maloxotoyimposhsha diss tekkizlangan

3.2 . Raxbar ayollar tipologiyasi va ularni muammolarni hal qilish usullari

Ilmiy tadqiqot ishining yuqori qismida rahbar ayollardagi stress holatlari diagnostika qilindi. Shundan so’ng rahbar ayollar bilan birgalikda 2021-yil avgust oyining 2-xaftasidan boshlab, 2022-yil mart oyining 3-xaftasiga qadar stressga bardoshlikni oshiruvchi trening mashg’ulotlari va individual suhbatlar o’tkazildi. Suhbatlar davomida rahbar ayollar o’z vazifalaridan ortib oilasiga yetarli vaqt ajrata olmayotganliklari, ularda ma’suliyatli vazifalarning ko’pligi, ba;zan ishga chegarasiz ko’milib ketishlari haqida so’zlab berishdi. Bog’cha mudirasi bo’lgan A.K. ismli respondentning so’z e’tiborimni tortdi. U kunning asosiy qismini ish vaqtida o’tkazgani sababli, xodimlar bilan qanday munosabatda bo’layotgan bo’lsa, uyda, oila a’zolari bilan ham shunday munosabatda bo’layotganligini aytdi. Bu jarayon beixtiyor amalga oshayotganligi sababli o’zidagi bu o’zgarishni o’zi boshara olmayotganligidan shikoyat qildi. Boshqa bir rahbar ayol S.A.ning so’zlariga ko’ra u ba’zan o’zi o’ylayotgan, hayolida aylanayotgan muammolarni bir oz muddatga bo’lsa ham o’ylamaslikni hozlaydi ammo buni uddalay olmaydi. Ular bilan olib boriladigan trening mashg’ulotlari individual suhbatlardan kelib chiqib tanlandi. Bu mashg’ulotlar sirasiga “Tezkor yozuv” trening mashg’uloti ham kiradi. Mashg’ulot guruhiy psixokorrektsion faoliyatda hamda individual psixokorrektsion faoliyatda qo’llanilishi mumkin bo’lib emotsional-hissiy sohadagi buzilishlarni, qadriyatlar tizimida yuzaga kelgan buzilishlarni, xarakter aktsentuatsiyasini psixokorrektsiya qilishda, shuningdek, motivatsion sohani rivojlantirishda va psixologik resurslarni shakllantirishda, shaxslar aro (guruhiy, oilaviy, ota-ona va farzand) munosabatlaridagi buzilishlarni korrektsiya qilishda yaxshi samara beradi.


Bu mashg’ulot ishtirokchilardan mas’uliyat va javobgarlik hissi bilan yondoshuv talab qilganligi uchun, trener bunga o’smirlarni tayyorlashi hamda undan avval emotsiyalarni qo’zg’atuvchi, kulguli mashqlar o’tkazmagani ma’qul. Ishtirokchilarga quyidagi savollar beriladi va ularning har biriga 30 sekund davomida javob berish so’raladi.
1. Hayotda erishmoqchi bo’lgan 3 ta eng asosiy maqsadingizni yozing? (30 sekund vaqt beriladi yozishga)
2. Agar umringiz tugashiga 6 oy qolganligini bilsangiz nimalarni amalga oshirgan bo’lar edingiz? (30 sekund vaqt beriladi yozishga)
3. Hayotda sizni qiynaydigan 3 ta muammoni yozing? (30 sekund vaqt beriladi yozishga)
Trener: Hozir siz bilan birga “Tezkor yozuv” texnikasidan foydalandik. Uning o’ziga xosligi shundaki, inson shoshilganida ong faoliyati jadallashadi hamda eng kerakli ma’lumotlarni tabiiy tarzda yuzaga chiqaradi. Bunda insonning haqiqiy qadrli va muhim hayotiy maqsad hamda qadriyatlari oydinlashadi.
Diqqat: Bunda har bir savolning javobini trener o’smir bilan muhokama qilishi hamda kerakli joyda muntazam unga konstruktiv (bunyodkorona) yo’nalish berishi kerak.
1-savolning javobida keltirilgan maqsadlar insonning asl maqsadlaridir. Inson o’sha maqsadlarga ko’ra boshqa maqsadlarini qo’yishi maqul. Sababi bular insonning chin dildan istagan maqsadlaridir. Asl maqsadlar sari intilgan odam charchamaydi, kichik yutuqlar ham unga zavq bag’shlaydi…mamnun va baxtli qiladi. Muhimi o’zini o’zi aldashiga yo’l qo’ymaydi. Gohida inson asl maqsad va qadriyatlar tizimiga kirmaydigan muammolarni ko’p o’ylab, tashvishlanib yuradi. Shunday paytda inson muhim bo’lmagan narsalar bilan fikrini chalgitayotganini shu 30 soniyada yozgan maqsadlariga qiyosan anglab etishi ham mumkin.
2-savolning javobida insonning asl qadriyatlari namoyon bo’ladi. Inson har qanday holatda ham ushbu qadriyatlarini yodda tutishi kerak. Sababi asl qadriyatlar insonning to’laqonli hayotini ta’minlaydi, hissiy jihatdan barqaror qiladi, quvvat manbai bo’ladi… Muhimi o’zini o’zi aldashiga yo’l qo’ymaydi.
3-Inson muammosiz yashamaydi, doim va hammada muammo bo’lgan…insonning ishonchi, intilishlari, iroda kuchi bilan muammolarni bartaraf qiladi…bundanda avval inson shuni bilib olishi kerakki “muammo aslida muammo emas, muammoga bo’lgan munosabatning o’zi muammodir”. Har qanday amalga oshirmoqchi bo’lgan tadbiringizda eng muhim omil bu-pozitsiya yoki munosabatdir. Munosabatning noto’griligidan noto’g’ri xulosalar va inson istamagan natijalar yuzaga keladi. Munosabat misli fonar(chiroq) u qizil bo’lsa u qaratilgan narsa ham qizil bo’lib ko’rinadi… shunday ekan inson o’z munosabati bilan butun dunyoni zulmatga yoki nurga to’ldirishi mumkin.
Trener o’zining bildirgan fikrlariga ishtirokchilardan qayta aloqa so’rashi va ularning munosabatlarini bilishi hamda ular bilan birga tahlil qilishi kerak. Agar, ularda biror-bir destruktiv fikr payqasa, uni konstruktiv talqin va tahlil qilish chorasini ko’rish joiz.
Ishtirokchilarda yaxshi taassurot qoldirgan treninglardan yana biri bu “Bog’dagi gullar” psixogimnastik trening mashg’ulotidir Mashg’ulot tavsiya guruhiy psixokorrektsion faoliyatda hamda individual psixokorrektsion faoliyatda qo’llanilishi mumkin bo’lib emotsional-hissiy sohadagi buzilishlarni, shuningdek motivatsion sohani rivojlantirishda va psixologik resurslarni shakllantirishda tavsiya etiladi.
Mazkur mashg’ulot ishtirokchilarda ruhiy engillikni vujudga keltirish, stressdan halos qilish, ijobiy kayfiyatni hosil qilishda yaxshi samara beradi, hamda mayin yoqimli musiqa sadosi ostida o’tkazish maqsadga muvofiq bo’lib, shunda mashg’ulot relaksatsion xususiyat kasb etadi.
Jarayon quyidagicha amalga oshiriladi: ishtirokchilardan erkin holda turib olish so’raladi va ularga quyidagicha buyruqlar beriladi: “Ko’zlaringizni yumib tasavvurni ishga soling, sizlar barchangiz bog’dagi gulsizlar, o’zingizni o’zingizga eng yoqqan nafis, hushbo’y gul sifatida tasavvur eting. Faraz qiling, hozir bog’ uzra quyosh charaqlab turipti va gullar quyoshga qarab kulib turibdilar va sekin mayin shamol esa boshladi, gullar sekin tebranmoqda; shamol tezlasha borib yomg’irning ilk tomchilari barglaringiz uzra oqib barcha sizdagi chang va g’uborlarni yuvib erga tushmoqda; shamol juda tezlashib gullarni chunonan silkitmoqda; momoqaldiroq va keskin yomg’ir yog’a boshladi; bog’da gullar va yomg’ir yog’ishidan hosil bo’lgan hid ob-havoni sof holga keltirmoqda; shamol to’xtab sekin yomg’ir tinib bulutlar orasidan quyosh o’zining ilk zarrin nurlarini tarata boshladi; his qiling gullar barglaringizdan yomg’irning so’nggi tomchilari dumalab-dumalab engil oqib tushmoqda; sizdan ajoyib hushbo’y islar taralmoqda va kapalaklar atrofingizda go’zalligingizga mahliyo bo’lib uchib yurishibti; osmondagi butun zaminga qarab kulib turgan quyoshga siz ham ko’zlaringizni ochib tabassum bilan boqib turipsiz!”
Bu mashg’ulotda psixolog trenerdan chiroyli, ravon, bir me’yordagi nutq, ovoz toni ya’ni uning baland pastligiga e’tibor qaratish va har bir buyruq orasida 2-3sekund pauza qilish to’xtash talab etiladi. Har bir mashg’ulot ishtirokchisidan nimalarni his qilganini ta’riflash, nimalarni tasavvur qila olganini aytib berishni so’rash kerak. Mashg’ulot yakunida barchadan ushbu his qilgan engilliklarini va yuzlaridagi tabassumni doimo yodda saqlash so’raladi.
Individual shakilda shug’ullanish uchun “Mening hayotdagi shiorim” trening mashg’uloti tavsiya etiladi. Mashg’ulot individual psixokorrektsion faoliyatda qo’llanilishi mumkin bo’lib emotsional-hissiy sohadagi buzilishlarni, qadriyatlar tizimida yuzaga kelgan buzilishlarni, xarakter aktsentuatsiyasini psixokorrektsiya qilishda, shuningdek motivatsion sohani rivojlantirishda va psixologik resurslarni shakllantirishda yaxshi samara beradi.
Ishtirokchilarga hayotda unga doimo olg’a intilishga, kuch va g’ayrat topa olishga, kelajakka ishonchini kuchaytirishga har vaqt yordam bera oladigan hayotiy motivatsion (ilhomlantiruvchi) shior o’ylab topish topshirig’i beriladi. Shunga e’tibor berish so’raladiki, o’sha shiorni siz doimo ko’rinib turadigan joylarga yozib qo’ya oladigan bo’ling va uni ko’rganda sizda beixtiyor hayotga nisbatan motivatsiya(qiziqish va intilish) paydo bo’lsin. O’ylab ko’rish uchun 5-10 daqiqa vaqt berilish mumkin. Ijodiy, o’ziga xos yondoshish so’raladi. Shundan so’ng hamma o’zining shiorini o’qib eshittiradi.
Ishtirokchilardan ushbu shiorlarini yozib olishlari, doimo yodda tutishlari tavsiya etiladi. Chunki ushbu shior bevosita mazkur trening bilan bog’liq barcha bilim-ko’nikmalarni yodga tushishini va saqlanishini ta’minlaydi. Trener ishtirokchilarning shiorlarini diqqat bilan tahlil qilishi hamda o’rni kelsa ularni psixologik tahlil qilib ushbu shior uning o’ziga yoki boshqalarga qanday ijobiy va salbiy ta’sir qilishi mumkinligini aytib o’tishi lozim. Chunki, gohida o’quvchilarda destruktiv printsiplar hayotiy shiorga aylanib qolishi ko’zatiladi, psixologning vazifasi o’quvchilardagi shunday destruktiv, shaxs shakllanishiga salbiy ta’sir qiluvchi omillarni bartaraf qilishdan iborat. Bu mashg’ulot orqali o’quvchining dunyoqarashi va tafakkur tarzini ham o’ziga xos ravishda diagnostika va korrektsiya qilish imkoni yuzaga keladi.



Download 404,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish