III Bob yuzasidan hulosa……………………………………………..................87
Xulosa va tavsiyalar………………………………………………………..……88
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati……………………………….……………91
Ilova………………………………………………………………………………95
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Mamlakatimiz prezidenti Sh.Mirziyoyevning har doim diqqat e’tiborlarida turadigan eng muhim masalalardan biri bu mustaqil Respublikamizdagi turli darajadagi rahbarlar va mutaxassislarning ma’naviy qiyofasi, ularning shaxsiy fazilatlari, rahbarlarning o’z qo’l ostidagilarga munosabati masalalaridir. Prezidentimiz izchil ravishda, har bir nutqlarida bosqichma-bosqich hozirgi zamonaviy mutaxassis shaxsi tuzilishi, jamiyat a’zolari psixologik qiyofasini belgilab berishga alohida axamiyat qaratganlar. Ayniqsa mamlakatimizdagi raxbar ayollar va ularning psixologik salomatligi ,boshqaruv uslublari , hodimlar bilan munosabatlari kabi masalalarga zamonning dolzarb masalalaridan biri ekanligini ,yurtimiz istiqboli shu muammolar bilan bog’liq ekanligini doimo o’z nutqlarida gapirib o’tganlar . Xar bir soxada ayniqsa raxbar ayollarning o’rni oshib borayotganligi yurtimizda gender tenglik mavjud ekanligidan dalolat beradi .
Yurtboshimiz muhtaram SH. Mirziyoyevning so’zlagan nutqlari va bildirayotgan fikrlarining tub negizi ham aynan yurt ravnaqi va istiqboli bilan bog’liq bo’lib , buning uchun raxbar hodimlar xalq uchun nechog’li zarur ekanligini doimo takidlaydilar.
Bugun O‘zbekiston ayollari har bir jabhada o‘z o‘rniga ega bo‘lib borayotganini barchamiz bevosita amalda ko‘rib, chuqur his etmoqdamiz. O‘tgan yili yurtimiz tarixida birinchi marta milliy parlamentda ayollar soni bugungi ko‘rsatkichga ko‘tarilgani ham buning yorqin tasdig‘idir. Gap shundaki, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylangan 150 nafar deputatning 48 nafari yoki 32 foizini xotin-qizlar tashkil etdi. Senatda esa bu ko‘rsatkich qariyb 25 foizga yetdi. Mahalliy Kengashlar deputatlarining 31 foizi ham jonkuyar, faol ayollardir. Ana shunday natijalar tufayli O‘zbekiston parlamenti ayol deputatlar soni bo‘yicha dunyodagi 190 ta milliy parlament o‘rtasida 37-pog‘onaga ko‘tarildi. Holbuki, bundan 5 yil ilgari 128-o‘rinda edik. Bunday keskin ijobiy o‘zgarishlar parlament saylovlari shunchaki o‘tkazilmagani, “Yangi O‘zbekiston — yangi saylovlar” shiori hayotda bevosita o‘z inʼikosini topganini anglatadi. Bu ko’rsatkichlar esa ayol raxbarlarga nisbatan extiyoj ortayotganligini ko’rsatadi . O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmonida ham xotin-qizlarimizning haq-huquqlarini himoya qilish, ularni oliy taʼlimga yana-da ko‘proq qamrab olishga alohida eʼtibor qaratilgani ham bejiz emas.
Forobiy, Ibn Sino, Amir Temur, Navoiy kabi buyuk zotlar qoldirgan boshqarish ilmining salmoqli merosi mavjud. Ayni paytda ilg’or rivojlangan mamlakatlarda to’plangan tajriba ham borki, ular zamonaviy ish tashkil qilishning eng samarali vositasi sifatida qabul qilingan.1
Mustaqillik yillaridanoq mamlakatimizda davlat boshqaruvi tizimi tashkil topdi. Bu tizim bugungi kunda ham o’z faoliyatini to’la muvofiqlashtirish va takomillashtirish yo’lidan bormoqda. Ham tizim vakillarining, ham oddiy fuqarolarning huquqiy, siyosiy va iqtisodiy ongi o’sib bormoqda. Bu esa o’z navbatida boshqaruv faoliyatiga hususan raxbar shaxsiga va raxbar ayollarga katta ma’suliyat yuklaydi. Shu o’rinda ularning psixologik salomatligi masalasi ham muhim ahamiyat kasb etadi ,sababi yurtimiz istiqboli , ravnaqi va yanada farovon bo’lishi raxbar hodimlarga bevosita raxbarlik faoliyatidagi ayollarga bog’liq, shaxslararo munosabat va raxbar hodim o’rtasidagi o’zaro munosabatlarda raxbarning psixologik salomatligi va raxbarlik lavozimidagi ayollarning ish bilan bog’liq stresslarni oldini olish uning ijtimoiy – psixologik omillarini aniqlash katta axamiyatga ega bo’lib mavzumizning dolzarbligini ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |