Ta’lim tizimida faoliyat olib boruvchi rahbar ayollarning Frayburgning “Shaxs xususiyatlarini o’rganish” so’rovnomasi bo’yicha tadqiqotgacha natijalari
1-diagramma
Yuqoridagi jadvalda ko’rinib turibdiki, sinaluvchilarning 52 foizida “o’z o’zidan paydo bo’ladigan tajovuzkorlik” shkalasi bo’yicha yuqori natija aniqlandi. “Ruhiy siqilish” shkalasi bo’yicha 55 nafar sinaluvchilarda yuqori natija aniqlandi. “Serjahil, serzarda, jizzakilik” shkalasi bo’yicha 37 foiz sinaluvchilarda yuqori natija aniqlandi. “Muloqotchanlik” shkalasi bo’yicha 35 foiz sinaluvchilarda yuqori natija aniqlandi. “Og’irlik, vazminlik” shkalasi bo’yicha 20 foiz sinaluvchilarda yuqori natija aniqlandi. “O’ta tajovuzkorlik” shkalasi bo’yicha 13 foiz sinaluvchilarda yuqori natija aniqlandi. “Tortinchoqlik” shkalasi bo’yicha 10 foiz sinaluvchilarda yuqori natija aniqlandi. “Ta’sirchanlik o’zgaruvchanlik” shkalasi bo’yicha 18 foiz sinaluvchilarda yuqori natija aniqlandi. “Mardlik, nazokatlik” shkalasi bo’yicha 23 foiz sinaluvchilarda yuqori natija aniqlandi. “Asabiylashganlik” shkalasi bo’yicha 80 foiz sinaluvchilarda yuqori natija aniqlandi
Quyidagi 2-jadvalda xususiy tadbirkorlik bilan shug’illanuvchi 40 nafar raxbar ayollarda o’tkazilgan Frayburgning “Shaxs xususiyatlarini o’rganish” so’rovnomasining har bir shkalasi bo’yicha natijalari umumlashtirilib, ishtirokchilar soniga bo’linganidagi chiqqan umumiy o’rtacha natijalari keltirilgan.
Tadbirkorlik bilan shug’illanuvchi raxbar ayollarda
2-jadval
So’rovnoma shkalasi
|
Ball
|
Respondentlar soni
|
Asabiylashganlik
|
11
|
26
|
O’z-o’zidan paydo bo’ladigan tajovuzkorlik
|
8
|
24
|
Ruhiy siqilish
|
10
|
18
|
Serjahllik, serzardalik, jizzakilik
|
6
|
14
|
Muloqotchanlik
|
12
|
14
|
Og’irlik, vazminlik
|
7
|
5
|
O’ta tajovuzkorlik
|
5
|
4
|
Tortinchoqlik
|
5
|
3
|
Ochiqlik, oshkoralik
|
6
|
3
|
Ta’sirchanlik, o’zgaruvchanlik
|
9
|
5
|
Mardlik-nazokatlik
|
9
|
17
|
Yuqoridagi 1-jadvalda keltirilgan Farg’ona shaxar ta’lim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan 40 nafar rahbar ayollarda o’tkazilgan Frayburgning “Shaxs xususiyatlarini o’rganish” so’rovnomasining har bir shkalasi bo’yicha natijalariga ko’ra “asabiylashganlik” shkalasi bo’yicha 26 nafar sinaluvchida yuqori natija aniqlandi. Ular to’plagan ballning o’rtachasi 11 ballni tashkil etadi. Ushbu sinaluvchilar asabiylashganlik holati tez tez yuz beradi, asabni boshqarish holati ba’zan qiyin kechadi. Ular ba’zan asabi kasalmand kishidek, biror bir holatdaq chiqib ketolmaydigan holatga tushib qolishadi. Ularda o’z hissiyotlariga berilib ketish tez tez uchrab turadi. Sinaluvchilarning 24 nafarida “o’z o’zidan paydo bo’ladigan tajovuzkorlik” shkalasi bo’yicha yuqori natija aniqlandi. Ular to’plagan ballning o’rtachasi 8 ballni tashkil etadi. Ularda o’z-o’zidan paydo bo’ladigan , spontan tajovuzkorlik ko’zga tashlanadi. Bu tajovuzkorlik beixtiyor yuzaga kelishi mumkin. Ular soddadil bo’lsalarda tez-tez chiqisha olmaydigan, murosasiz holatga kelib qoladilar. Sinaluvchilarning 18 nafarida “ruhiy siqilish” shkalasi bo’yicha yuqori natija aniqlandi. Ular to’plagan ballning o’rtachasi 10 ballni tashkil etadi. Bu esa ularda ruhiy siqish emotsional holatda, o’ziga va ijtimoiy muhitga bo’lgan munosabatlarida namoyon bo’lishini bildiradi. Ularda ta’bixiralik, tortinchoqlik, ishonchsiz, g’amginlik, ichki azoblanish kabi xususiyatlar uchrab turadi. Sinaluvchilarning 14 nafarida “serjahl, serzarda, jizzakilik” shkalasi bo’yicha yuqori natija aniqlandi. Ular to’plagan ballning o’rtachasi 6 ballni tashkil etadi. Ushbu sinaluvchilarda jizzkilik emotsional turg’unlikni shakllantirgan. Ularda chidamsizlik, beixtiyor asabiylashish, jiddiylik, injiqlik tez-tez uchrab turadi. Sinaluvchilarning 14 nafarida “muloqotchanlik” shkalasi bo’yicha yuqori natija aniqlandi. Ular to’plagan ballning o’rtachasi 12 ballni tashkil etadi. Bu esa ularda muoqotga nisbatan ehtiyojni ta’minlashda doimiy tayyorlikni va muomala ehtiyojining borligidan dalolat beradi. Sinaluvchilarning 5 nafarida “og’irlik va vazminlik” shkalasi bo’yicha yuqori natija aniqlandi. Ular to’plagan ballning o’rtachasi 7 ballni tashkil etadi. Bu esa ularda kelajakka ishonch va faollikning kuchli ekanligini anglatadi. O’ziga ishonchning kuchli darajasi, odatdagi hayotiy holatlarda ruhiy zarba omillari ta’siridan yaxshi himoyalanganligini anglatadi. Sinaluvchilarning 4 nafarida “o’ta tajovuzkorlik” shkalasi bo’yicha yuqori natija aniqlandi. Ular to’plagan ballning o’rtachasi 5 ballni tashkil etadi. Bu esa ularda yuqori baholarga ega bo’lish, ustunlikka intilishni va ijtimoiy muhitga tajovuzkorona munosabatni ifodalaydi. Reaktiv tajovuzkorlik bu o’z qarashlarini tajovuzkorona himoya qilish, o’z fikrini himoya qilish, xudbinlik, manmanlik, obro’ga, yuqoriga, ustunlikka intilish demakdir. Sinaluvchilarning 3 nafarida “tortinchoqlik” shkalasi bo’yicha yuqori natija aniqlandi. Ular to’plagan ballning o’rtachasi 5 ballni tashkil etadi. Bu esa ularda insonning xayotiy vaziyatlarda o’zini passiv himoya qilish xususiyatiga moyillikni aniqlaydi. Bu kuchsiz himoyalangan turda o’tadi. Ularda xavotirlilik, ishonchsizlik tortinchoqlik xususiyatlarini tez-tez kuzatiladi, bular esa o’z navbatida ijtimoiy munosabatlarga kirishishni qiyinlashtirladi. Sinaluvchilarning 3 nafarida “ochiqlik, oshkoralik” shkalasi bo’yicha yuqori natija aniqlandi. Ular to’plagan ballning o’rtachasi 6 ballni tashkil etadi. Ularda o’z-o’zini tanqid darajasi yuqori. Ushbu shkala bo’yicha baholar sinalayotganning berilgan savolnoma bilan ishlayotganda u yoki bu darajada javoblarning samimiyligini tahlil qilishga imkon yaratadi, bu esa boshqa savolnomlarning yolg’on shkalalariga to’g’ri keladi. Samimiylik xususiyati o’z-o’zini tanqid, oshkoralik, shaxsiy kamchiliklarni va xatolarni tan oladi. Sinaluvchilarning 5 nafarida “ta’sirchanlik, o’zgaruvchanlik” shkalasi bo’yicha yuqori natija aniqlandi. Ular to’plagan ballning o’rtachasi 9 ballni tashkil etadi. Bu esa ularda yetarli darajada o’zini idrok qilmaslik, serjahllik, yuqori qo’zg’aluvchanlik, kayfiyatning tez-tez o’zgarishi yuz beradi. Sinaluvchilarning 23 nafarida “ta’sirchanlik, o’zgaruvchanlik” shkalasi bo’yicha yuqori natija aniqlandi. Ular to’plagan ballning o’rtachasi 10 ballni tashkil etadi. Bu esa ularda ba’zan o’zini yetarli idrok qilmaslik, serjahllik, yuqori qo’zg’aluvchanlik, kayfiyatning tez-tez o’zgarishi kuzatilihini anglatadi. “Mardlik va nazokat” shkalasi bo’yicha 17 nafar sinaluvchida yuqori natija qayd etildi. Ular to’plagan ballning o’rtachasi 9 ballni tashkil etadi.Bu esa ularda ruxiy faoliyatning, xususan, erkaklarga xos belgilari borligidan dalolat beradi. Qolgan sinaluvchilarda ayollarga xos nazokat borligi aniqlangan. “Asabiylashganlik” shkalasi bo’yicha 26 nafar sinaluvchida yuqori natija qayd etildi. Ular to’plagan ballning o’rtachasi 11 ballni tashkil etadi. Yuqoridagi natijalar quyidagi diagrammada foizlarda keltirilgan (2-diagramma).
Do'stlaringiz bilan baham: |