Yuqoridagi 3-jadvalda keltirilgan Farg’ona shaxar ta’lim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan 40 nafar rahbar ayollarda o’tkazilgan Frayburgning “Shaxs xususiyatlarini o’rganish” so’rovnomasining har bir shkalasi bo’yicha natijalariga ko’ra “asabiylashganlik” shkalasi bo’yicha tadqiqotgacha 32 nafar sinaluvchida yuqori natija aniqlandi. Tadqiqotgacha ular to’plagan ballning o’rtachasi 12 ballni tashkil etdi. Tadqiqotdan so’ng esa ularning soni 15 nafarga kamaydi. O’rtacha ballari esa 6 ballni tashkil etmoqda. Sinaluvchilarning 21 nafarida “o’z o’zidan paydo bo’ladigan tajovuzkorlik” shkalasi bo’yicha tadqiqotgacha yuqori natija aniqlandi. Tadqiqotgacha ular to’plagan ballning o’rtachasi 10 ballni tashkil etdi. Tadqiqotdan so’ng esa ularning soni 7 nafarga kamaydi. O’rtacha ballari esa 6 ballni tashkil etmoqda. Sinaluvchilarning 22 nafarida “ruhiy siqilish” shkalasi bo’yicha yuqori natija aniqlandi. Tadqiqotgacha ular to’plagan ballning o’rtachasi 11 ballni tashkil etadi. Tadqiqotdan so’ng esa ularning soni 8 nafarga kamaydi. O’rtacha ballari esa 5 ballni tashkil etmoqda. Sinaluvchilarning 15 nafarida “serjahl, serzarda, jizzakilik” shkalasi bo’yicha tadqiqotgacha yuqori natija aniqlandi. Tadqiqotgacha ular to’plagan ballning o’rtachasi 8 ballni tashkil etdi. Tadqiqotdan so’ng esa ularning soni 6 nafarga kamaydi. O’rtacha ballari esa 6 ballni tashkil etmoqda. Sinaluvchilarning 14 nafarida “muloqotchanlik” shkalasi bo’yicha yuqori natija aniqlandi. Tadqiqotgacha ular to’plagan ballning o’rtachasi 12 ballni tashkil etadi. Tadqiqotdan so’ng esa ularning soni 8 nafarga kamaydi. O’rtacha ballari esa 7 ballni tashkil etmoqda. Sinaluvchilarning 8 nafarida “og’irlik va vazminlik” shkalasi bo’yicha tadqiqotgacha yuqori natija aniqlandi. Tadqiqotgacha ular to’plagan ballning o’rtachasi 9 ballni tashkil etdi. Tadqiqotdan so’ng esa ularning soni 8 nafarga kamaydi. O’rtacha ballari esa 8 ballni tashkil etmoqda. Sinaluvchilarning 5 nafarida “o’ta tajovuzkorlik” shkalasi bo’yicha tadqiqotgacha yuqori natija aniqlandi. Tadqiqotgacha ular to’plagan ballning o’rtachasi 7 ballni tashkil etdi. Tadqiqotdan so’ng esa ularning soni 1 nafarga kamaydi. O’rtacha ballari esa 4 ballni tashkil etmoqda. Sinaluvchilarning 4 nafarida “tortinchoqlik” shkalasi bo’yicha tadqiqotgacha yuqori natija aniqlandi. Tadqiqotgacha ular to’plagan ballning o’rtachasi 5 ballni tashkil etadi. Tadqiqotdan so’ng esa ularning soni 2 nafarga kamaydi. O’rtacha ballari esa 5 ballni tashkil etmoqda. Sinaluvchilarning 11 nafarida “ochiqlik, oshkoralik” shkalasi bo’yicha yuqori natija aniqlandi. Ular to’plagan ballning o’rtachasi 7 ballni tashkil etadi. Tadqiqotdan so’ng esa ularning soni 15 nafarga ko’paydi. O’rtacha ballari esa 9 ballni tashkil etmoqda. Sinaluvchilarning 7 nafarida “ta’sirchanlik, o’zgaruvchanlik” shkalasi bo’yicha tadqiqotgacha yuqori natija aniqlandi. Tadqiqotgacha ular to’plagan ballning o’rtachasi 11 ballni tashkil etdi. Tadqiqotdan so’ng esa ularning soni 3 nafarga kamaydi. O’rtacha ballari esa 7 ballni tashkil etmoqda. “Mardlik va nazokat” shkalasi bo’yicha 23 nafar sinaluvchida tadqiqotgacha yuqori natija qayd etildi. Tadqiqotgacha ular to’plagan ballning o’rtachasi 10 ballni tashkil etdi. Tadqiqotdan so’ng esa ularning soni 8 nafarga kamaydi. O’rtacha ballari esa 7 ballni tashkil etmoqda. Ular orasida ayollarga xos nazokat sohibalari kopaydi. Yuqoridagi natijalar quyidagi diagrammada foizlarda keltirilgan (1-diagramma).
Yuqoridagi 3-jadvalda keltirilgan Farg’ona shaxar ta’lim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan 40 nafar rahbar ayollarda o’tkazilgan Frayburgning “Shaxs xususiyatlarini o’rganish” so’rovnomasining har bir shkalasi bo’yicha natijalari umumlashtirilib, ishtirokchilar soniga bo’linganidagi chiqqan umumiy o’rtacha natijalari dastlabki natijalari bilan solishirilib, diagrammaga solindi va quyidagicha ko’rinishga ega bo’ldi(4-diagramma).