Tadqiqot obyekti . Tadqiqot ob'ekti sifatida Mendeleyev davriy sistemasidagi Nodir-yer element atomlari tanlab olingan. Sababi bugungi kunda kupchilik lantanoidlarning yutilish spektrlari juda murakkab bo’lsada yozib olingan. Spektrlari asosan VUB, UB va KK sohalarda yotibdi. Muammo shundaki, ularni to’g’ri va to’liq identifikatsiyalash juda qiyin kechmoqda. Hozirgacha spektrining bir qismi identifikatsiya qilingan. Lantanoidlarning avtoionizatsion spektrlari itterbiy, evropiy va tuliy element atomlari uchun qisman o’rganilgan. Ularda asosan keng avtoionizatsion spektrlar ko’zatilgan. Ridberg holatlar haqida ma’lumotlar umuman yo’q darajada.
I BOB. LAZER FOTOIONIZATSION METODNING ASOSIY HARAKTERISTIKALARI
1.1 Asosiy parametrlari
a) Metodning sezgirligi juda yuqori bo‘lib, bitta atom yoki bitta molekulani qayd qilish imkoniyatiga ega. Lazer nurining bir impulsi davomida ma’lum kvant holatda joylashgan bir turdagi atom yoki molekulalarni qayd qilish mumkin. Yakka atomni qayd qilish bugungi kunda fotoionizatsion metod uchun oddiy bir holga aylandi. Bu metodda tajriba qurulmasiga malum talablar quyiladi xolos, yani har bir bosqichda kvant holatlarining energetik to‘yinishini taminlash kifoyadir.
Bunday ish rejimida uyg‘ongan atomlarning 50-100% ion holatga o‘tkaziladi. Metodning yuqori sezgirlik darajasi ko‘zatish oblastida atomlarning fluktuatsiyasini kuzatish imkoniyatini beradi, ya’ni bevosita moddaning atomistik, korpuskulyar strukturasini o‘rganish imkoniyatini beradi.
b) Metodning spektral ajrata olish qobiliyati, asosan atom va molekulalarni ko‘p pog‘onali uyg‘otuvchi lazerlarning generatsion spektral kengligi bilan va qo‘llanilayotgan atomlar dastasining (dopplercha kengayishdan holi bo‘lgan), tabiiy spektral kengligi bilan aniqlanadi. Hozirda mavjud bo‘lgan lazer spektroskopiya metodlari yordamida atomlar spektridagi dopplercha kengayishni yo‘qotish va bir jinsli tabiiy spektral kenglikka ega bo‘lish mumkin. Shu narsani qayd qilish mumkinki, metodning yuqori sezgirlik qobiliyati bilan, spektrlarni ajrata olish qobiliyatini birlashtirish natijasida analitik ximiyada amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan muhim qo‘llanilish sohalarini ko‘rsatish mumkin.
v) Metodning vaqtli ajrata olish qobiliyatini eng yuqori chegaraviy qiymatlarigacha yetkazish mumkin. Buning uchun ionlarni qayd qilish lazer nurining bir impulsi davomida amalga oshiriladiki, bu impulsning davomiyligi, kvant holatlarning yashash vaqtidan bir muncha kichik. Bu vaqt atomlarda bir necha ~10ns bo‘lsa, molekulalarda, asosan aralashma molekulalarda ~1 ns atrofida. Shu sababli, atomlarni uyg‘otish va ionlashtirish uchun bunday qisqa impulsli lazerlarning qo‘llanilishi, metodning vaqtli ajrata olish qobiliyatini uyg‘ongan holatning relaksatsiya vaqti darajasigacha oshiradi. Agar atomlarning bir jinsli spektral kengligi, ularning relaksatsion vaqti bilan bog‘liq bo‘lgan spektral kenglikdan katta bo‘lsa, prinsipial jihatdan eng yuqori chegaraviy vaqtli ajrata olish qobiliyatiga erishiladi.
g) Metodning selektivlik darajasi. Odatdagi spektroskopiyada selektivlik darajasiga, chegara qo‘yadigan holat, ikkita o‘zaro yaqin joylashgan spektral chiziqlarning kengligi tufayli bir-biriga kirishish hodisa ekanligini yaxshi bilamiz. Shu sababdan odatdagi spektroskopiyada, masalan, uglerod 12S atomi spektridan radiouglerod 11S spektrini alohida ajratib ko‘rsatishning iloji yo‘q, chunki ularning spektral chiziqlari o‘zaro juda yaqin joylashgan. Bu noqulayliklarga qaramasdan lazer fotoionizatsion usul bilan bu qiyinchilikni osonlashtirib, 11S radiouglerod spektrini alohida qayd qilishga erishilgan.
Bosqichma-bosqich ionlashtirishning muxim qulayligi shundaki, umumiy fotoionizatsiya jarayonidagi selektivlik har bir bosqichdagi selektivliklar ko‘paytmasiga teng. Shu sababli umumiy selektivlik darajasini nazariy jihatdan ~1017¸1020 qiymatlargacha yetkazish mumkin.
d) Va nihoyat metodning universalligi shundaki, uni istalgan atom yoki molekulaga nisbatan qo‘llash mumkin. Yutilish spektrlari lazerlarining generatsiya sohasida yotgan murakkab tuzilishdagi atomlarga ham muvaffaqiyat bilan qo‘llash mumkin. Ba’zi bir qiyinchiliklar mavjud vodorod, geliy, galogenlar, inert gaz atomlarini uyg‘otishda. Chunki, ularning birinchi rezonans holati vakuum ultrabinafsha oblastida yotibdi.
Atomlarni rezonans ionlashtirish bir nechta usullar asosida amalga oshirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |