Lazer spektroskopiya usulining bu imkoniyatlari ionlanish energiyasidan yuqorida joylashgan avtoionizatsion holatlarni o’rganishda ham ancha qulaylik tug’diradi. Avtoionizatsion holatlarning energiya qiymatlarini, yarim kengliklarini va ularning shakllarini aniq tadqiq qilish dolzab masalalardan biri hisolanadi.
Ishning maqsadi. Nodir-yer element atomlarning ridberg va avtoionizatsion holatlarini bosqichma-bosqich lazer nurlari yordamida yuqori o’yg’ongan holatlarga o’yg’otish, keyin esa qisqa elektr impulslari yordamida o’yg’ongan atomlarni ionlashtirish usuli bilan ularga tegishli bo’lgan kvant holatlarning energiya qiymatlari va kvant defektlarini; ossillyator kuchlari va Eynshteyn koeffitsentlarini; kvant holatlarning radiatsion yashash vaqtlari va nozik struktura qiymatlarini xamda atomlarning ionlanish potensiallarini aniq o’lchashdan iborat. Yuqori uyg’ongan Ridberg holatlarining ushbu parametrlarni aniqlash, atomlarning ionlanish chegarasi atrofidagi kvant holatlaridagi, tashqi maydon ta’siri yoki ichki spin-orbital o’zaro ta’sir bilan bog’liq bo’lgan o’ta nozik spektroskopik effektlarni o’rganishga imkon beradi.
Ishning ilmiy yangiligi. Tadqiqotlar natijasida Nodir-yer element atomlarida ionlanish chegarasi atrofidagi avtoionizasion energetik holatlarning hosil bo’lishi mexanizmlari tug’risidagi tushunchaga birmuncha aniqlik kiritildi:
1.Og’ir element atomlarida avtoionizasion holatlarning ionlanish chegarasiga yaqin joyda hosil bo’lishi, atomning asosi bilan kuchsiz bog’langan valent elektronlarning ikki karrali yoki kupkarrali o’yg’onishi bilan tushuntiriladi.
2. Shu bilan birga, yengil element atomlari avtoionizasion holatlarning chegaradan ancha uzoqda va keng spektral qiymatda hosil bo’lishi, atom ichki qobig’idagi elektronlarning ko’p fotonli o’yg’otish bilan tushuntiriladi.
Ishning ilmiy va amaliy ahamiyati. Nodir-yer element atomlarida avtoionizatsion holatlarini fotoionizatsiya usul bilan o’rganish mexanizmlariga aniqlik kiritildi.Ikkinchidan avtoionizasion holatlar orqali yuz beradigan fotoionizasiya jarayonlarining samarali kechishi uchun ularga mos keladigan maksimal spektral qiymatga ega bo’lgan kvant o’tishlarni tanlash maqsadga muvofiq. Bu esa lazer fotoionizasion jarayonlarining amaliyotda qullanilishi sohalarini kengaytiradi. Nodir-yer elementlari ishlab-chiqarishning turli sohalarida turli maqsadlarda ishlatilmoqdi. Masalan: radioelektronikada, asbobsozlikda, atom texnikasida, mashinasozlikda, ximiya sanoatida, metallurgiya va boshqa sohalarda keng qo’llanilmoqda. Shisha sanoatida yorug’likni yutadigan deraza oynalarini yasashda ko’p qo’llanilmoqda, chunki bunday oynalar IQ nurlarni yaxshi o’tkazib, UB nurlarni yutib qoladi. Nodir-yer elementlarining monokristallik birikmalari lazer texnikasida ularning aktiv moddasi sifatida keng qo’llaniladi. Opto-elektronikada, nochiziqli optikada, optik tolali nur o’tkazgichlar tayyorlashda ishlatiladi. Nodir-yer elementlaridan tayyorlangan qotishmalar turli xil magnit xususiyatlariga ega. Shu sabab magnito-optika va magnito-elektronika kabi yangi sohalar rivojlanishiga katta xissa qo’shdi.