Qo’lyozma huquqida udk: 535. 338



Download 2,57 Mb.
bet14/22
Sana24.06.2022
Hajmi2,57 Mb.
#699742
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
Bog'liq
Ergashov F. MD1

2d sinφ = mλ (2.1)
m - difraksiya tartibi, d -difraksiya panjarasining davri, φ — difraksiya burchagi. Burchak dispersiyasi:
(2.2)
Difraksion panjarali rezonatordan chiqqan lazer nurlanishining spektral kengligi quyidagicha aniqlanadi:
(2.3)
Difraksiya panjaraning ajrata olish qobiliyati qn>yidagiga teng:
(2.4)
N - generasiyada qatnashayotgan difraksiya panjarasining chiziqlar soni. Bu formuladan Δλ ni topamiz:
(2.5)
yoki
(2.6)
Difraksiya panjarasining chiziqlari soni N, rodamin bo'yoq lazerining to’lqin uzunligi λ=600nm, difraksiya tartibi m=1. Teleskop yordamida difraksion panjaraning yuzini yoritayotgan yorug'lik dastasining o'lchami D1 61 -rasmda keltirilgan sxemadan topsak:
D1=D0cosφ (2.7)
(2.8)
(2.9)


D0 - difraksion panjaraning chiziqlari o'rnatilgan qismning uzunligi d=1/1600mm, D0=30mm, D1=25mm bo'lsa, lazer nurining spektral kengligi dvgen = 1,0sm-1 teng bo'ladi.
Keyingi yillarda bo'yoq lazeri rezonatorida teleskop o'rnida prizmali kengaytiruvchi samarali ravishda qo'llanilmoqda. Prizmali kengaytiruvchining teleskopga nisbatan ustunligi bor. Prizmaning yonlariga dielektrik qatlam o'rnatib, prizma yonlaridan yorug'likning qaytishini kamaytirish mumkin. Prizmaning yonlariga Bryuster burchagi ostida nur yuborib, lazer nurining to'la o'tishini ta'minlash mumkin. Prizmalardan yorug'likning qaytishini kamaytirish lazer nurlanishidagi yo'qotish koeffisiyentini kichiklashtirishga olib keladi va generasiyaning effektivligi oshadi.
2.2- rasmda prizmali kengaytirish asosida ishlaydigan dispersiyali bo'yoq lazerining sxematik ko'rinishi ifodalangan Rezonatorda yassi to’lqinni hosil qilish uchun bitta sferik linzani rezonatorga kiritilali. O'sha linzadan keyin oltita uch yonli shisha prizma o'rnatiladi. Prizmalarga kiruvchi yorug'lik dastasining diametri D quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
(2.10)
a - lazer kyuvetasidan chiqayotgan nur dastasining radiusi, f -linzaning fokus masofasi (odatda a=0,lmm; λ=600nm). Qutblangan lazer nuri bitta uch yonli prizmadan o'tishida nurning chiziqli kattalashishi sxematik ravishda ko'rsatilgan. Lazer nuri prizmaga Bryuster burchagi ostida tushadi.
Prizmaning chiziqli kattalantirish koeffisiyenti prizmaning sindirish ko'rsatkichiga proporsionaldir:
, (2.11)
yoki
, (2.12)
Olti prizmaning kattalashtirishi esa
(2.13)
Prizmali kengaytiruvchiniig kattalantirishi 27,6 ga teng. Agar shu tipdagi rezonatorga Fabri-Pero interferometrini kiritsak, lazer nurlanishining spektri juda ham tor bo'ladi.
Demak, dispersiyali rezonatorlar bo'yoq lazeridan qisqa spektral kenglikdagi lazer nurlanishini hosil qilish imkoniyatiga ega.
Rezonatorga Fabri-Pero interferometri kiritilsa, plastinaning o’tkazish konturi bir-birida oraliqda joylashadi. Bo'yoq lazeri generasiyasining spektrini Fabri-Pero interferometri yordamida qisqartirish mumkin. Δvgengenerasiya spektral kengligiga Fabri-Pero plastinasining bitta o’tkazish konturi joylasha oladi va generasiya spektri juda qisqaradi, monoxromatikligi juda oshadi. Qityidagi hisoblashdan spektral kenglik aniqlanadi: interferometr ko'zgularining qaytarish koeffisiyenti R1=R2=:0,9 ko'zgular orasidagi masofa L=0,3sm, . Fabri-Pero interferometrining o’tkazish spektral kengligi quyidagi formuladan aniqlanadi:
(2.14)
Demak, difraksion panjara va Fabri-Pero interferometri yordamida bo'yoq lazeri spektrini birmuncha qisqartirish va lazer nurlanishining monoxromaglik darajasini oshirish mumkin.
Dispersiyali rezonator yordamida bo'yoq lazeri nurlanishining chastotasini (to’lqin uzunligini) uzluksiz o'zgartirish mumkin. energetik sathli moddalaorda kvant o'tishlarini qaraganda o'sha sathlarni lazer nurlanishi hosil qiladigan ishchi energetik sathlar degan edik. Agar modda faqat ikki energetik sathdan iborat bo'lsa, u holda moddada inversion ko'chganlikni hosil qilib bo'lmaydi, shu jumladan damlash yo'li bilan ham hosil qilib bo'lmaydi. Ikki energetik sathli modda asosida ishlaydigan lazer asbobi ham yo'q, chunki bunday aktiv modda mavjud emas. energiyasi yetarli darajada katta bo'lsa, ko'pchilik atomlarni ε2 sathda to'play oladi. ε2 sathda atomlar soni ε1 sathga nisbatan ko'p bo'ladi va moddada inversion ko'chganlik hosil bo'ladi. Atomlar ε2 sathdan ε1 sathga o'tganda hv21 kvant nurlanishini hosil qiladi. Lekin to'rt energetik sathli moddalarda inversion ko'chganlikni hosil qilish ancha yengil va katta damlash energiyasini talab qilmaydi. Sababi: to'rt energetik sathli moddaning birinchi energetik sathi hamisha bo'sh, chunki atom ε3 dan ε2 ga va ε1 dan ε0 ga kvant o'tishlar juda katta tezlik bilan sodir bo'ladi. Bu kvant o'tishlar nurlanishsiz sodir bo'ladi. ε 1® ε0 , ε3® ε2 o'tish ehtimoli ε2 dan ε1 ga o'tish ehtimoliyatiga nisbatan ancha kattadir. Shu sababli lazer nurlanishini hosil qiladigan birinchi energetik sath doim bo'sh bo'lib, neodim shishasi kabi moddalar misol bo'la oladi.Buning uchun difraksion panjara va interferometr rezonator o'qiga nisbatan uzluksiz ravishda burchaklarga burilishi zarur. Dispersion elementlar burulganda rezonator o'qiga burchak hosil qilib qaytgan nurlar rezonatordan chiqib yo'qoladi va rezonator o'qiga parallel qaytganlari esa generasiyada ishtirok etib .kuchayadi va lazer nurlanishini hosil kiradi. Shu usulda generasiya tulqin uzunligi uzluksiz o'zgarib boradi.

Download 2,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish